1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari



Yüklə 294,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix02.01.2022
ölçüsü294,01 Kb.
#38687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
9-МАВЗУ (Маъруза)



 

9-MAVZU BANKLARNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI 

 

 

 



 

REJA  

 

 



 

1.  Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 

2.  Banklarning funksiyalari 

3.  Banklarning turlari 

4.  Banklarning iqtisodiyotdagi roli 

 

 



 

1.  Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 

 

Banklarning  vujudga  kelishi  tovar  –  pul  munosabatlarining  asosiy  elementlari 



sifatida,  pulning  qiymat  shakli  paydo  bo‘lishi  bilan  bir  davrga  to‘g‘ri  kelgan. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  dastlabki  banklarning  vujudga  kelishi  haqida  aniq 

ma’lumotlar  mavjud  emas.  Ayrim  iqtisodchi  olimlar  banklarni  feodalizm  davrida 

vujudga  kelganligini  ta’kidlashsa,  ularning  ayrimlari  esa  kapitalistik  tuzumning 

dastlabki davrlarida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar 

faoliyatiga xos bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bo‘lganligini 

qayd etadilar. 

 

Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik  –  kichik do‘konlarda  mahalliy pullarni 



xorijiy  pul  birliklariga  ma’lum  darajadagi  to‘lov  evaziga  almashtirib  berishgan. 

SHuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga 

saqlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni 

tegishli  shartlar  asosida  jalb  etib,  ushbu  mablag‘larga  ehtiyoji  bo‘lgan  shaxslarga 

ma’lum to‘lov evaziga bera boshlagan. 

 

Tarixiy  manbalarga  ko‘ra,  dastlabki  banklar  Gretsiyada  paydo  bo‘lgan,  keyinchalik 



xalqaro  savdo  munosabatlarining  rivojlanishi  natijasida  evropa  mamlakatlarida 

banklar vujudga kelgan. SHuningdek, natural xo‘jalikning barham topishi, tovar – pul 

munosabatlarining rivojlanishi natijasida hisob – kitoblar va kreditlarning roli shiddat 

bilan  ortib  bordi.  Bular  o‘z  navbatida  bir  maromdagi  hisob  –  kitob  va  pul 




 

muomalasini  tashkil  etish  zaruriyatini  keltirib  chiqardi.  Bu  jarayon  o‘z  –  o‘zidan 



banklarning tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 

 

Ayrim  iqtisodiy  adabiyotlarda,  dastlabki  banklar  ibodatxona  (butxona)larda  tashkil 



topganligi  ta’kidlanadi 

59

  .  Ibodatxonalar  hukumatning  va  diniy  tashkilotlarning 



zaxira  fondlari  sifatida  xizmat  qilgan.  Ularda  oziq  –  ovqat  zaxiralari  va  boshqa 

qimmatbaho  buyumlar  saqlangan.  Keyinchalik  ibodatxonalar  to‘lov  vositalarini 

bajaradigan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni saqlash bilan birga, pul 

muomalasini tashkil etish jarayonlarida ham bevosita ishtirok etishgan. Bunga 2011 

yil  iyulida  Hindistonning  ibodatxonalaridan  birida  yirik  miqdorda  oltin  va  boshqa 

boyliklarni  topilganligini  misol  sifatida  keltirish  mumkin.  Topilma  juda  katta 

miqdorga teng bo‘lib, qachon va kim tomonidan qo‘yilganligi ma’lum emas. 

 

Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va ularni barqarorligining 



asosiy  sabablaridan  biri,  davlat  va  dindorlarning  asrlar  davomida  ibodatxonalarda 

xizmat  qiluvchilarga  nisbatan  yuqori  darajada  ishonchning  shakllanganligi 

hisoblanadi.  Bu  o‘z  navbatida  boshqalarda  ham  ibodatxonalarda  pul  mablag‘larni 

saqlashga  bo‘lgan  ishonchini  qozongan.  Dastlab  ushbu  an’ana  qadimiy  SHarqda 

vujudga  kelgan  bo‘lsa,  keyinchalik  qadimgi  Gretsiya  va  Rim  hamda  Evropaga 

tarqalgan. 

Qadimgi  Gretsiyada  davlat  va  uning  rasmiy  xodimlari,  zargarlar,  savdogarlar  va 

boshqa  zodagonlar  ibodatxonalarning  (Delfiy,  Deloss,  Samoss,  Efess  kabi 

ibodotxonalar)  alohida  shaxslariga  pul  mablag‘larini  saqlash  va  tegishli 

operatsiyalarni  amalga  oshirishga  ishonch  bildirib,  ularga  pul  mablag‘lari  va 

qimmatbaho metallarni saqlash, shuningdek, ularning topshiriqlariga binoan hisob 

 

– kitoblarni amalga oshirishga ruxsat bergan. Buning barobarida, mamlakatda mehnat 



taqsimoti  va  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishi,  o‘zaro  moliyaviy  ayirboshlash 

hajmining ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul ishlari bilan 

 

shug‘ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi. 



 

Taxminan  eramizdan  oldingi  VII  asrlarda  yirik  ibodatxonalarning  kichik  –  kichik 

moliyaviy  vositachilik  do‘konlariga  aylanib  borishi  natijasida,  shuningdek,  pul 



 

muomalasini tartibga solishda muammolarning vujudga kelayotganligi sababli metall 



tangalarni  muomalaga  chiqarish  va  pul  muomalasini  tartibga  solish  huquqini  davlat 

o‘z qo‘liga ola boshladi. 

 

Hozirgi  kunda,  siz  bilan  biz  bank  sifatida  biladigan  moliyaviy  muassasalarning 



dastlabki ko‘rinishlari XVI asrda Angliyada vujudga kelgan. E’tiborli jihati shundaki, 

dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu – ziynatlar yasaydigan zargarlar yoki 

yirik  savdo  bilan  shug‘ullanadigan  savdogarlar  ichidan  chiqqan.  SHuningdek, 

Florensiya va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga keldi. Keyinchalik banklar 

Amsterdam,  Gamburg,  Miland,  Nyurenberg  kabi  yirik  shaharlarda  tashkil  topa 

boshlagan.  Ushbu  banklar  asosan  yirik  savdogarlarning  oltin  tangalarini  saqlash  va 

ularning to‘lov hisob – kitoblarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan. 

 

Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o‘xshagan bank birinchi marta 



Stokgolmda 1650 yilda, keyinchalik  1694  yilda Angliyada tashkil  topgan  bo‘lib, bu 

bank  pul  emissiyasini  amalga  oshirish,  mamlakatda  tijorat  banklari  faoliyatini 

tartibga solish kabi ishlarni bajargan. 

 

Banklar  yirik  savdogarlar,  zargarlar  va  boshqa  shaxslarning  hisob  –  kitoblarini 



bajarish  bilan  birga,  jamiyatdagi  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini  jalb  qilish 

asosida  juda  yirik  miqdorda  ssuda  kapitalini  jamg‘aradilar,  ushbu  mablag‘  kredit 

sifatida  iqtisodiyotning  turli  bo‘g‘inlariga  yo‘naltiriladi.  SHu  tariqa,  kapitalistik 

jamiyatda  “bank”  deb  yuritiladigan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi 

“korxona”lar tashkil topdi. 

 

Banklarning  mohiyatiga  iqtisodiy  adabiyotlarda  turli  yondashuvlar  mavjud.  “Bank” 



etimologiyasiga  e’tibor  qaratadigan  bo‘lsak,  “bank”  so‘zi  qadimgi  fransuzcha 

“banque”  va  italiyancha  “bansa”  so‘zlaridan  paydo  bo‘lib,  “almashtirish  stoli” 

ma’nosini anglatishining guvohi bo‘lamiz. 

 


Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin