1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari


 Banklarning iqtisodiyotdagi roli



Yüklə 294,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix02.01.2022
ölçüsü294,01 Kb.
#38687
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
9-МАВЗУ (Маъруза)

10.4. Banklarning iqtisodiyotdagi roli 

 

 



Banklarning  mohiyati  va  funksiyalari,  shuningdek,  bajaradigan  operatsiyalari 

va  ko‘rsatadigan  xizmatlari  ularning  iqtisodiyotdagi  rolini  belgilab  beradi. 

Banklarning  iqtisodiyotdagi  roli  deganda  asosiy  e’tiborni  ularning  vujudga  kelish 

omillari,  rivojlanish  jarayonlari  va  bajaradigan  operatsiyalariga  qaratish  lozim. 

Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. 

Banklar  mulkiy  jihatdan  qanday  shaklda  tashkil  topgan  bo‘lishidan  qa’tiy  nazar, 

iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiyalarni bajaradi. SHu bois ham 

banklar  qanday  mulkiy  shaklda  yoki  ixtisoslikda  tashkil  topgan  bo‘lishidan  qa’tiy 

nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. 

 

Banklarning  iqtisodiyotdagi  roli  xususida  so‘z  ketganda,  dastlab  jamiyatda  ularning 



bajaradigan  operatsiyalarini  zarurligi  va  turlari,  shuningdek,  xo‘jalik  yurituvchi 

sub’ektlar  va  aholining  ularga  bo‘lgan  ehtiyoji  doirasida  so‘z  yuritish  maqsadga 

muvofiq. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyatini anglatadi. 

 

Albatta,  banklarning  iqtisodiyotdagi  ahamiyati  juda  ko‘pqirrali  bo‘lib,  ularning 



asosiylari quyidagilardan iborat: 

 

 



jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga 

jalb etadi; 

 

 

qo‘shimcha  moliyaviy  mablag‘larga  ehtiyoji  mavjud  xo‘jalik 



 

235 



15 

 

yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va 



ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi; 

 

 



milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash 

doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi

 

 

pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi



 

 

iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob 



 

– kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi; 

 

 

bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga 



oshiradi; 

 

 



aholiga  va  mijozlarga  trast  va  depozitar  xizmatlarini  taklif  etadi.  Banklarning 

iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi 

 

vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini  jamg‘arish  asosida  ularni  iqtisodiyotning 



tegishli  tarmoqlariga  qayta  taqsimlashda  namoyon  bo‘ladi.  Ma’lumki,  jamiyatda 

faoliyat  yurituvchi  xo‘jalik  sub’ektlarining  asosiy  maqsadi  iqtisodiy  foyda  olishga 

qaratilgan.  SHu  bilan  birga,  ishlab  chiqarish  jarayoni  turli  tarmoqda  turlicha 

bo‘lganligi  bois,  ma’lum  davrda  ayrim  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  ishlab 

chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj 

tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli 

–  tumanligi  (qishloq  xo‘jaligi,  qayta  ishlovchi  korxonalar,  qurilish  sanoati  va 

boshqalar)  sababli,  moliyaviy  mablag‘lar  vaqtinchalik  ishlab  chiqarish  jarayonidan 

chetlashtiriladi.  Bu  jarayonda  bir  tomondan  bir  guruh  iqtisodiyot  tarmoqlarida 

qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, 

iqtisodiyotning 

boshqa 


tarmoqlarida 

mablag‘larning 

ishlab 

chiqarishdan 

chetlashishini keltirib chiqaradi. 

 

Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida 



banklar  maydonga  chiqadi.  Birinchi  guruh  iqtisodiyot  tarmoqlarining  vaqtinchalik 

bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji 

bo‘lgan  ikkinchi  guruh  iqtisodiyot  tarmoqlariga,  ya’ni  qo‘shimcha  moliyaviy 

resurslarga ehtiyoj sezgan xo‘jalik sub’ektlariga qayta taqsimlab beradi. 




16 

 

Bizningcha,  ushbu  munosabatlarni  bankdan  bo‘lak  birorta  moliyaviy  tashkilot 



samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o‘ziga xos jihati iqtisodiyotdagi 

rolini belgilaydi. 

 

Banklarning  iqtisodiyotda  bajaradigan  yana  bir  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri,  bu 



ularning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga 

oshiriladigan  hisob  –  kitoblarni  tashkil  etishi  va  ularning  ustidan  tegishli  nazorat 

ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik 

sub’ektlari  o‘rtasida  har  kuni  bir  necha  yuz  minglab  pul  o‘tkazmalari  amalga 

oshiriladi.  Bularning barchasi banklar  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  tartibga  solib 

turiladi. 

 

Banklarning  iqtisodiyotdagi  rolini  yuqori  yoki  pastligiga  qator  omillar  ta’sir  qiladi. 



Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 

 


Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin