Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidan –universal va
ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. Universal banklar banklar bajaradigan barcha
operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat banklarini keltirish mumkin.
Ixtisoslashgan banklar esa iqtisodiyotning ma’lum tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va
shu tarmoqni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Mamlakatimiz
mustaqilligining dastlabki yillarida qator ixtisoslashgan banklar (O‘zmevasabzavot,
Zaminbank, Engilsanaot, G‘allabank, Paxtabank) tashkil etildi. Milliy iqtisodiyotning
rivojlanishi va bozor munosabatlarining chuqurlashuvi natijasida ushbu banklar
universal banklarga aylantirilib, bir – biriga qo‘shib yuborildi yoki universal tijorat
banklariga aylantirildi.
SHuningdek, ixtisoslashgan banklar, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni bajarish,
investitsion faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Biroq mamlakatimizda, alohida
tarmoqqa xizmat ko‘rsatadigan yoki operatsiyalarni bajaradigan ixtisoslashgan
banklar mavjud emas.
SHu bilan birga banklarning faoliyati xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari, filiallarining
soni, xizmat ko‘rsatish doirasi, kapitalining hajmi nuqtai nazaridan ham tasniflanadi.
|