1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari



Yüklə 294,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix02.01.2022
ölçüsü294,01 Kb.
#38687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
9-МАВЗУ (Маъруза)

Uchinchi  funksiyasi,  xo‘jalik  sub’ektlari  pul  hisob    kitoblarini  amalga  oshirish 

hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari kun davomida bir 

necha  yuz  minglab  turli  darajadagi  pul  aylanmalarini  (asosan  naqdsiz  pul 

ko‘rinishida)  amalga  oshiradi.  Banklarning  bevosita  ishtiroki  natijasida  ushbu 

o‘tkazmalar  jo‘natuvchidan  oluvchiga  etib  boradi.  SHuningdek,  banklar  pul 

o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit 

liniyalari  ochadi.  Bularning  barchasi  banklarning  pul  hisob  –  kitoblarni  amalga 

oshirish funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi. 

 

Banklarning  pul  aylanmasini  tartibga  solish  funksiyasi  orqali  Markaziy  bank 



iqtisodiyotdagi  tovar  massasi  va  pul  massasi  o‘rtasidagi  o‘zaro  muvozanatlikni 

ta’minlaydi.  Ma’lumki,  ushbu  muvozanatning  buzilishi  iqtisodiyotda  inflyasiya 

darjasini  ortib  ketishi  yoki  pul  taqchilligini  vujudga  kelishiga  olib  keladi.  SHu  bois 

ham Markaziy bank o‘zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun 

zarur bo‘lgan to‘lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi. 

 

To‘lovni  amalga  oshirishda  vositachilik  qilishi  banklarning  to‘rtinchi  funksiyasi 

hisoblanadi.  Banklar  iqtisodiy  munosabatlarga  kirishuvchi  tomonlar  o‘rtasida 

to‘lovlarni  amalga  oshirish  orqali  vositachilik  ishlarini  amalga  oshiradi.  Banklar 

orqali  bank  mijozlarining,  aholining,  davlatning  moliyaviy  mablag‘lari  o‘tadi,  bank 

ular o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa sifatida vositachilik 

vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funksiyasi orqali nafaqat pullarni bir 

xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan ikkinchisiga o‘tkazadi, balki iqtisodiyotdagi moliyaviy 

kapitalni  bir  tarmoqdan  ikkinchisiga  o‘tishini  nazorat  qilib  boradi  va  ushbu 

tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

Kredit  mablag‘larni  muomalaga  chiqarish  banklarning  beshinchi  funksiyasi 

hisoblanadi.  Ta’kidlash  joizki,  ushbu  funksiyani  barcha  banklar  bajarish  huquqiga 




 

ega  emas.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  muomalaga  kredit  pullarni  chiqarish 



Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul 

massasini 

mamlakatda 

yaratilayotgan 

tovar 

massasiga 



nisbatan  

muvozanatligini  ta’minlashga  e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu  funksiyani 

samarali  bajarayotganligi  milliy  valyutaning  sotib  olish  qobiliyatini  mustahkamligi 

va inflyasiya darajasining pastligi belgilaydi. 

 

Demak,  tijorat  banklari  kredit  pullarini  muomalaga  emissiya  qilish  huquqiga  ega 



emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi 

pul massasining hajmini  o‘zgarishiga tijorat banklari bevosita  ta’sir qila olmaydilar, 

bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir. 

 

Iqtisodiy  va  moliyaviy  maslahatlarni  berish  banklarning  oltinchi  funksiyasi 

hisoblanadi.  Banklar  iqtisodiyotdagi  moliyaviy  muassasa  sifatida  mulkiy  shaklidan 

qa’tiy  nazar  mamlakatdagi  barcha  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarga  o‘zlarining 

huquqiy  imkoniyatlaridan  kelib  chiqib,  turli  darajadagi  iqtisodiy  va  moliyaviy 

maslahatlarni  beradi.  Albatta,  ushbu  maslahatlar  mijoz  va  bank  o‘rtasida  tuzilgan 

tegishli shartnomalar yoki o‘zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 

 

Xulosa  qilib  aytganda,  banklarning  funksiyalari  ularning  mohiyatini  va  bajaradigan 



operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning funksiyalari turli 

iqtisodiy  adabiyotlarda  turlicha  talqin  etilishining  asosiy  sababi  ijtimoiy  –  iqtisodiy 

hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda 

yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi.

 

 


Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin