2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash; Tijorat banklar faoliyatida asosiy o’rinni korxona, tashkilot-larni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayo-nini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o’ynaydi. U bo’sh turgan mablag’larni jalb qiladi va o’z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo’jaligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo’ladi 3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish. Muomalaga kredit pullarni chiqarish funktsiyasi tijorat bank-larini boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida, pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi 4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish. Tijorat banklarining muhim funktsiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi. Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham shug’ullanishi mumkin. 5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish. tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin. 6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xiz-matlarini ko’rsatish. Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi: -passiv operatsiyalar; -aktiv operatsiyalar; -bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari; -bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradila