Reja: Kirish Asosiy qism “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob‟ekti



Yüklə 86,45 Kb.
səhifə1/8
tarix02.06.2023
ölçüsü86,45 Kb.
#123854
  1   2   3   4   5   6   7   8
Makro


MUSTAQIL ISH

Makroiqtisodiyot
Makroiqtisodiyotning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi. Аsosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy taxlili.

Bajardi: Ergashov Akmal


Qabul qildi: Shaymanov Javlon


Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob‟ekti.
2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.
3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli.
Xulosa
Foydalanilgan manba

Kirish
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina
kiritilgan bo‘lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta'siri xos
bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya
qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene
jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo‘lladi.

Asosiy qism
1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va
ob'ekti
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Val'ras,
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi deb ta'kidlash
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o‘zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror
ishlab chiqarish sxemasi, V.Leon'tev esa o‘zining tarmoqlararo balansi bilan
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi
uchun mustahkam asos yaratishdi. Djon Meynard Keyns (1883- 1946) esa o‘zining
“Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu
jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns
makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o‘z predmeti va tadqiqot usullariga ko‘ra
mustaqil fan sifatida XX asrning o‘rtalariga kelib shakllanib bo‘ldi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‘limi hisoblanib, unda
milliy xo‘jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot;
b) normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning
aloqadorliklarini o‘rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki
nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‘nalishlarini taklif etadi.
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo‘limi sifatida
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o‘zaro farqlab
olishimiz zarur.
Mikroiqtisodiyot predmeti bo‘lib “belgilangangan” iqtisodiy shartsharoitlarda uy xo‘jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish
mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil ob'ekti bo‘lib alohida tovarlar
bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda
milliy iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o‘zaro
munosabatlari va o‘zaro ta'sirini tahlil qilinadi.. hisoblanadi.1 Mikroiqtisodiy tahlil ob‟ekti bo„lib alohida tovarlar bozorlari, resurslar
bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot
darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o„zaro munosabatlari va
o„zaro ta‟sirini tahlil qilinadi.
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya‟ni mikroiqtisodiy
tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan ko„pgina ko„rsatkichlar, jumladan
iste‟molchilarning daromadlari, jamg„armalari, foiz stavkasining dinamikasini va
buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o„sishini, resurslarning
to„liq bandliligini, inflatsiyaning past sur‟atlarini va to„lov balansining muvozanatini
ta‟minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va
uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o„rganadi.2
Keltirilgan ta‟rifdan ko„rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o„zaro
bog„liq uch jihatni ajratib ko„rsatish mumkin. Bular:
1) milliy iqtisodiyot;
2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;
3) jahon xo„jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti
bilan o„zaro munosabatlari masalasi

Yüklə 86,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin