Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko„rsatkichlar va jarayonlar o„rtasidagi miqdoriy, sabab- oqibat bog„lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar ko„rinishida ifodalaydi.4 Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig„ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o„sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o„zida ham grafik ko„rinishda, ham algebraik formula ko„rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar o„am ikki, uch yoki bundan ko„p o„zgaruvchili bo„lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta‟sirida o„zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o„rganilsa, Fillips egri chizig„i yordamida ishsizlik va inflatsiya ko„rsatkichlari o„rtasidagi bog„liqlik tadqiq qilinadi. Yuqorida sanab o„tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qo„llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli iqtisodiy ko„rsatkichlarning o„zaro bog„liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab bo„lmasin, ma‟lum darajada mavhumlikka yo„l qo„yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba‟zan yopiq iqtisodiy tizim, ya‟ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo„lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya‟ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o„rtasidagi bog„liqliklarni to„la-to„kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni