makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan (ya‟ni davlat ishtiroki mavjud bo„lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo„jaliklari o„rtasida amalga oshiriladi
Uy xo„jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo„lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so„ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo„nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya‟ni, uy xo„jaliklari o„zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste‟mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar. Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi yalpi taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi yalpi talabni ko„rsatadi Davlat ishtiroki mavjud bo„lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o„zaro teng bo„lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo„jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo„lishi shaklida namoyon bo„ladi. Bu ko„rsatkichlar o„rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflatsiya va ishsizlik darajalarining ko„tarilib ketishiga sabab bo„ladi. Davlat aralauvi mavjud bo„lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko„rinish oladi. Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlarxarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat