VF.1
bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir
ko’rsatadi.
O’zbеkiston milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining YaIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (1-jadval).
1-jadval. O’zbеkiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)2
Ko’rsatkichlar
|
2000 yil
|
2008 yil
|
mlrd. so’m
|
%
|
mlrd. so’m
|
%
|
Yalpi ichki mahsulot
|
3194,5
|
100,0
|
36839,4
|
100,0
|
Ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati
|
1614,2
|
50,5
|
16725,1
|
45,4
|
Ko’rsatilgan xizmatlar qiymati
|
1173,9
|
36,8
|
16688,2
|
45,3
|
Sof soliqlar
|
406,4
|
12,7
|
3426,1
|
9,3
|
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan — birinchi va ikkinchi bo‘linmalardan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo‘lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo‘linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |