aralashuvi bilan ta‟minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste‟molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat o„z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo„jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to„g„risidagi qarorlari o„zaro mos kelmagan hollarda ro„y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda to„rtinchi makroiqtisodiy sub‟ekt- tashqi dunyo ham paydo bo„ladi. Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg„armalarning investitsiyalarga oqib o„tishi va moliyaviy mablag„larning qayta taqsimlanishini e‟tiborga olsak ko„rib o„tilgan model mukammal emasligiga iqror bo„lamiz. Ammo shu ko„rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo„jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo„lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya‟ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari (ya‟ni pul oqimlari) o„zaro teng bo„lishining asosiy shartidir. Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o„sishiga olib keladi. Bu esa o„z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo„ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog„lanishlari o„rin almashishi tufayli