2.Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. . Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o„ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko„rsatkichlarni alohida-alohida o„rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o„ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi. Agregatlash, ya‟ni bir qancha iqtisodiy ko„rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko„rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko„rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko„rib chiqish mumkin bo„ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo„lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko„rsatkichlari emas, balki agregat ko„rsatkichlar hisoblangan baholarning o„rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko„rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo„ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to„lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o„rtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko„rsatkichdan foydalaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko„rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.