aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo„lgan ko„p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo„nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya‟ni modelda tayyor kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o„zgaruvchilar hamda modelni yechish natijasida topiladigan ichki-endogen o„zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda ekzogen hisoblangan o„zgaruvchi (ko„rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi mumkin.5 Tarixda ma‟lum bo„lgan birinchi makroiqtisodiy model mavzuning birinchi savolida qayd etilgan “ Kene jadvali” hisoblanadi. Bu modelda F.Kene milliy iqtisodiyot amal qilishini uch sinfning- 5 mlrd. frank qishloq xo„jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dehqonlar, jami 2 mlrd. frank turadigan buyumlar yasashadigan hunarmandlar va 2 mlrd. frank renta olishadigan yer egalarining o„zaro aloqalari sifatida tasvirlaydi. Kene modeliga ko„ra yer egalari olgan 2 mlrd. frank yer rentasining 1 mlrd. frankini qishloq xo„jalik mahsulotlarini sotib olishga, qolgan 1 mlrd. frankini esa hunarmandchilik buyumlarini sotib olishga sarflaydilar. Hunarmandlar dehqonlarga 1mlrd. franklik buyumlarini sotadilar va dehqonlardan o„zlari ega bo„lgan 2 mlrd. frankning 1mlrd frankiga oziq-ovqat mahsulotlari, qolgan 1 mlrd. frankiga esa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo sotib oladilar.
3. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko„rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model