doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko„rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to„xtovsiz o„sib borishi shart. Bu vazifa budjet-soliq siyosati vositalari bo„lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o„zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida pul massasini o„zgartirish orqali bajariladi.
Xulosa
Makroiqtisodiyot» fani umumiy iqtisodiy nazariyaning ikki muhim bo‘limidan biri bo‘lib, iqtisodiyotni bir butun holda o‘rganadi va ishsizlik, inflyasiya, iqtisodiy o‘sish, to‘lov balansi barqarorligi, davlat byudjeti, davlat qarzi kabi hozirgi zamon iqtisodining barcha muhim muammolarini tadqiq qiladi. Iqtisodchi olimlar tomonidan makroiqtisodiy tahlil elementlari XVIII asrdanoq qo‘llanila boshlagan bo‘lsada makroiqtisodiyot fani XX asrning o‘rtalariga kelib mustaqil fan sifatida shakllanib bo‘ldi va uning asoschisi deb J.M. Keyns tan olinadi. Makroiqtisodiy tahlilning o‘ziga xos xususiyati unda agregat ko‘rsatkichlardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub'ektlarini tashkil etadi. Makroiqtisodiy tahlilda matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishidagi makroiqtisodiy modellardan foydalaniladi. Iqtisodiyotdagi barcha muammolarni o‘rganish imkonini beradigan yagona model mavjud emas. Shuning uchun ham makroiqtisodiy tadqiqotlarda o‘zaro bir birini to‘ldiradigan ko‘pgina modellardan foydalaniladi. Davlatning iqtisodiy tizimning barqarorligini va iqtisodiy o‘sishni ta'minlash borasidagi hatti-harakatlari iqtisodiy siyosat deb ataladi. “Resurslar - tovarlar va daromadlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning