Reja: 1 Tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o‘rni va ahamiyati



Yüklə 140 Kb.
səhifə1/16
tarix26.09.2023
ölçüsü140 Kb.
#148678
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Iqt tahlil1-mavzu4-kursiqtisod


1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, asosiy vazifalari va tamoyillari. Iqtisodiy tahlilning metodlari
REJA:
1.1 Tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o‘rni va ahamiyati.
1.2 Iqtisodiy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari.
1.3 Iqtisodiy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
1.4 Iqtisodiy tahlil: ichki Iqtisodiy tahlil, tashqi Iqtisodiy tahlil.
Iqtisodiyotning globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham zamonaviy biznes qoidalariga mos tarzda takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki, manfaatlar ustuni sifatida tan olingan bozor modeli avvalo, aniq hisob-kitoblar algoritmini, ularni baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi
XXI asr – dunyo iqtisodiyotining yangicha shakllanish asridir. Bu dunyo insoniyatni, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotning o‘zgarishini, iqtisodiy modellar transformatsiyasini, xalqaro munosabatlarni, globallashuv va yangi geoiqtisodiy qurilishining shakllanishini anglatadi. Bugungi iqtisodiyot aybni o‘zgalardan axtaradigan, muammolar yechimiga osongina kelinadigan, hammaning boshini bir xilda silaydigan, istagancha mol-mulkka ega bo‘lishda ilmni, bilimni talab qilmaydigan, o‘zgarish va rivojlanishda cheksiz imkoniyatlarni ochib beruvchi, tahlikalardan holi bo‘lgan iqtisodiyot emasligini tan olish kerak. Zamonaviy iqtisodiyot avvalo chuqur tahliliy yechimlar asosida doimo o‘zini yangilab boruvchi, tartibga soluvchi va turli tahlikalarga ta’sirchan murakkab tizimga aylanib bormoqda. Xo‘sh iqtisodiyotda, uning makro va mikro ko‘lamdagi boshqaruvida tahlilning roli, o‘rni va ahamiyati nimada?
Makroko‘lamda tahlil fan sifatida shakllanmagan. Lekin bu bilan makroko‘lamda tahlil amalga oshirilmaydi degani emas. Uning muhim jihatlari boshqa fanlar (iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, marketing, statistika va h.k.) doirasida amalga oshiriladi. Mikroko‘lamda esa tahlil oldiga bir qator murakkab vazifalar qo‘yiladi va ularni hal etish orqali quyi bo‘g‘in hisoblangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatining tashxisi qo‘yiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o‘rganish va tahlil etish orqali ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni o‘stirish imkoniyatlarini baholashda, korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurslarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‘stirishda foydalanish darajalariga, raqobatdoshlik, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‘jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo‘llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.
Moliyaviy raqobatdoshlikka va to‘g‘ri moliyaviy siyosatni yuritishga korxona foydasini maksimallashtirish, kapital tarkibini optimallashtirish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, mulkdorlar (qatnashchilar, ta’sischilar), investorlar va kreditorlar uchun moliyaviy holatning jozibadorligini oshirish, korxona boshqaruvi yuzasidan samarali mexanizmni shakllantirish, shuningdek, moliyaviy resurslarni jalb etishda bozor mexanizmining barcha imkoniyatlaridan foydalanish orqaligina erishish mumkin.

Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin