Ko‘rsatkichlarning davriy o‘zgarishlariga baho berish zaruriyati tufayli
Balansni tahlil qilish
Davriy o‘zgarishlarda erishilgan natijalar yoki boy berilgan imkoniyatlarga qarab kelajakni baholash zaruriyatining paydo bo‘lishi bilan
Hisobot tahlili
Moliyaviy hisobot shakllarining sonini ko‘payishi va ularda aks etuvchi elementlarni baholash zaruriyati tufayli
Iqtisodiy tahlil
Barcha iqtisodiy o‘zgarishlarga bo‘lgan talabning kuchayishi bilan
Sotsial-iqtisodiy tahlil
O‘rganiladigan masalalar ko‘lamining faqat iqtisodiy jihatlarini emas, balki ijtimoiy jihatlarini ham o‘rganishga zaruriyatning paydo bo‘lishi bilan
Xo‘jalik faoliyati tahlili
Xo‘jalik faoliyatining barcha qirralarini qamrab olinishiga bo‘lgan talab tufayli
Moliyaviy va boshqaruv tahlili
Buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv hisobi tarkiblanishiga uyg‘unlikda
Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy hisobot tahlili
Rivojlangan davlatlarning umumkasbiy va ixtisoslik fanlar tizimiga uyg‘unlikda
Buxgalteriya hisobi, auditning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi ham iqtisodiy, Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo‘lishiga muhim turtki bo‘ldi deyish mumkin.
Buxgalteriya hisobi, auditning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi ham iqtisodiy, Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo‘lishiga muhim turtki bo‘ldi deyish mumkin.
Uning shakllanishi va rivojlanishiga oid manbalarda italyan matematigi Luka Pochiolining “Schyotlar va yozuvlar haqidagi traktati” alohida o‘rin tutadi.
Tahlil fanining fan sifatida shakllanganligiga uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Unga doir chop etilgan fundamental manbalar XX asrning 20–30-yillariga kelibgina chop etila boshlandi.
Fanlarning yuzaga kelishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Dunyoni bilish nazariyasini iqtisodiyotga bog‘langan so‘rovlarini hal etishda muhim vosita hisoblangan tahlil nafaqat aniq fan sifatida balki barcha fanlarga metodologik asos sifatida ham qaraladi.
Tahlil fanining predmetiga keng ma’noda e’tibor beradigan bo‘lsak, u tahlil qilinayotgan obyekt (firma, kompaniya, konsernlar)ning butun xo‘jalik faoliyatidir. Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida nafaqat sodir bo‘lgan, balki bo‘layotgan va kelgusida bo‘ladigan jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ushbu fan boshqa fanlardan tubdan farq qiladi.