Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning siklik jarayoni
1
Resurslar tahlili
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili
Ishlab chiqarish va sotishni tahlili
Moliyaviy natija tahlili
Likvidlik tahlili
To‘lov layoqati tahlili
Moliyaviy holat tahlili
2
...
...
...
...
...
...
...
3
...
...
...
...
...
...
...
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning asosiy maqsadi –xo‘jalik subyektining muhim (axborot beruvchi) ko‘rsatkichlari orqali faoliyat natijaviyligiga, foyda va zararlarga, pul mablag‘lari oqimiga va moliyaviy holatiga obyektiv baho berish, yo‘l qo‘yilgan xato, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali uni kelgusida yanada yaxshilash choralarini ko‘rishdan iborat.

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin.
Subyektiv (ichki) omillar deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi.