Adabiy til va shevalar munosabati



Yüklə 455,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.02.2023
ölçüsü455,04 Kb.
#85786
  1   2   3   4   5   6
118-123



JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–18_Issue-1_December_2022 
118 
ADABIY TIL VA SHEVALAR MUNOSABATI 
Habiyeva Zebo.
Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiy til, uning bugungi kundagi o`rni, 
rivojlanishi, va shuning bilan birga adabiy tilning shevalar bilan qiyosiy tasviri yoritib 
berildi. 
Kalit so`zlar: adabiy til, shevalar, lingvistik xususiyatlari, konservativ 
yondashuv, yozma til, til muhiti 
Annotation: In this article, the literary language, its place today, its development, 
and, therefore, the comparative image of the nervous language with dialects were 
highlighted. 
Key words: literary language, dialects, linguistic features, conservative approach, 
written language, language environment 
Аннотация: В данной статье были освещены литературный язык, его место 
сегодня, его развитие, а, следовательно, и сравнительный образ нервного языка 
с диалектами. 
Ключевые слова: литературный язык, диалекты, языковые особенности
консервативный подход, письменность, языковая среда. 
Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlashtirilgan, 
mazkur tilda so’zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. 
“Qayta ishlangan” tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda adabiy til 
o’zgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham adabiy til turli davrda turlicha bo’lgan 
(masalan, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi o’zbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq 
uchun boshqa bir xalq tili adabiy til vazifasini o’tagan. Masalan, fors va turkiylar uchun 
mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin 
tili va boshqalar. Adabiy tilning ikki — og’zaki va yozma ko’rinishi mavjud. Har 
qanday adabiy til xalq og’zaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni 
umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi. Rivojlangan 
adabiy tilsiz boy madaniyatga ega xalq bo’lishi mumkin emas. Shu ma’noda adabiy til 
jamiyatning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli 
ko’rinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma adabiy til va og’zaki adabiy 
til hamda badiiy adabiyot tili bilan adabiy tilni ayni bir deb bo’lmaydi. Adabiy til o’z 
mezonlarini egallagan shu tilda so’zlashuvchilar barchasi uchun birdek. U ham yozma, 



Yüklə 455,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin