Adabiy til va shevalar munosabati


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 455,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix27.02.2023
ölçüsü455,04 Kb.
#85786
1   2   3   4   5   6
118-123

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–18_Issue-1_December_2022 
122 
gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning 
yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga 
bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar 
kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q. 
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, 
ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma 
shakllari mavjud. 
Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar 
tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni 
tovush), leksik (ya’ni so‘z) va grammatik (ya’ni qo‘shimchalar va gap qurilishi) 
jihatdan farq qiladi. 
Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud. Shevalarning bir-biriga yaqin 
bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini 
birgalikda ifodalaydi). O‘zbek milliy tili tarkibida uchta lahja bor: 
Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh). 
Qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh). 
O‘g’uz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh). 
Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, 
Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik 
belgilari quyidagilar: 
so‘z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray; 
o lashish yuz beradi: aka – oka, nahor – nohor; 
bu lahjada qaratqich kelishigining qo‘shimchasi yo‘q bo‘lib, uning o‘rniga ham 
tushum kelishigi qo‘shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari. 
Qipchoq lahjasi shevalari O‘zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular 
asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, 
Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari). 
Belgilari quyidagilar: 
y o‘rniga j ishlatiladi: yo‘l – jo‘l, yo‘q – jo‘q; 
g’ o‘rniga v ishlatiladi: tog’ – tov, sog’ – sov va b.; 
k, q tushiriladi: quri(q), sari(q). 
O‘g’uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp
Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi. Belgilari: 
unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism); 
t tovushi d, k esa g tarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi; 
-ning qo‘shimchasi -ing tarzida, -ga qo‘shimchasi esa -a, -na tarzida aytiladi: 
yorimga – yorima. 



Yüklə 455,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin