KIRISH………………………………………………………………………………
I-BOB.
20-ASR BOSHLARIDA BOLANI RIVOJLANISHI NAZARIYALARI
1.1.
Frantsuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va nomativ
yo’nalishlarni
asoschisidir
…………………………………………………………………………………
..
1.2.
10.Ta’lim –
tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan
iboratdir
……………………………………………………………………………………………………………
..
II-BOB.
BOLALAR PSIXOLOGIYASIDA SUB’EKTIV, YA’NI O‘Z–O‘ZINI
KUZATISHDAN FOYDALANILMAYDI.
2.1.
Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija
beradi
2.2.
Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, tuliq javob olish kerak.
3.
XULOSA………………………………………………………………………..
4.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………..
20-ASR BOSHLARIDA BOLANI RIVOJLANISHI NAZARIYALARI
Frantsuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va nomativ
yo’nalishlarni
asoschisidir.
Frantsuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va nomativ
yo’nalishlarni asoschisidir. Bine bolalarda tafakkur rivojlanishining darajalarini
eksperimental tadqiq etdi. Ularni oldiga tushunchalarni aniqlash topshirig`ini
qo’ygan holda (“stul” nima, “ot” nima va boshqalar). Turli yoshdagi bolalarning
javoblarini umumlashtirib 3 yoshdan 7 yoshgacha u bolalar tushunchalarini
rivojlanishini 3 bosqichini aniqladi-sanoq bosqichi, ta`riflash bosqichi va
interpretatsiya bosqichi. Har bir bosqich ma`lum yosh bilan tenglashtirilgan va Bine
intellektual rivojlanishini ma`lum normativlarini mavjudligi haqida xulosa qildi.
Ta`lim vazirligi talabiga ko’ra Bine rivojlanishda normadan og`ishgan va shu tariqa
yordamchi maktabda ta`lim olishga muhtoj bo’lgan bolalarni ajratib oluvchi metodni
ishlab chiqdi. Keyinchalik u 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarni intellektual
rivojlanishini umumiy diagnostika qilish uchun testlar ishlab chiqdi. Har bir yosh
davri uchun Bine mos topshiriqlarni tanlab oldi murakkablik darajasi bo’yicha
variatsiyalari bilan intellektual rivojlanishini turli tomonlarini tadqiq etuvchi
topshiriqlarni. Ularga so’z boyligini, sanoqni xotirani, umumiy bilimini, makoniy
mo’ljalga olishni,mantiqiy tafakkurni va boshqalarni tekshiruvchi topshiriqlarni
kiritilgan.bine g`oyasiga ko’ra, topshiriqlar bu yoshdagi barcha bolalarga xos
bo’lgan minimal malakaga yo’naltirilgan. Faqat shundagina teng diagnostik
sharoitda tug`ma yuqori intellektual darajali bolalar ya`ni qobiliyatli va o’rgatilgan
bolalar bo’ladilar. Binening shogirdi T.simon tomonidan tuzilgan maxsus shkala
yordamida bolaning aqliy yoshi hisoblangan.
Keyinroq aniqroq diagnostika qilish uchun nemis psixologi V.SHtern intellekt
koeffitsentini kiritishni taklif etdi. Bine intellekt darajasi tug`ma qobiliyat sifatida
hayot mobaynida o’zgarmaydi va turli topshiriqlarni bajarishga yo’naltirilgan.
Intellektual norma 70dan 130% koeffitsent deb hisoblangan. SHunga ko’ra aqlan
qoloq bolalar 70% dan past ko’rsatkichlarni olganlar, iqtidorlilar 130% dan yuqori
ko’rsatkichni olganligini ko’rishimiz mumkin.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan etuklik davrigacha inson
psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq
bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va
xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib
o‘rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygungacha o‘sib yetilish davri)
taraqqiyot yo‘li deyiladi.
Bolalar
psixologiyasi
bola
psixikasining
taraqqiyoti
hamda
shaxsiy
xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi. Bolalar
psixologiyasi bu muammolarni hal qilishda mustaqil fan sifatida o‘ziga xos
vazifalarni hal etmog‘i lozim.
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va
amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy
muammolarini echishga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga
quyidagilar kiradi:
Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning
idrokiga, sezgi – tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga,
xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish;
I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli yoshdagi bolalar
psixik prosesslari hususiyatlariniing nerv– fiziologik asoslarni o‘rganish;
Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir kiluvchi omillarni aniqlab berish;
Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish;
Bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish;
Bolani maktab ta’limiga tayyorlash;
Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish;
Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;
Ta’lim – tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish;
10.
Ta’lim – tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning
amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir
bilimlarni tarbiyachilir, o‘qituvchilar, ota – onalar ya’ni jamoatchilar o‘rtasida keng
yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi - keng jamoatchilik bola
ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual
munosabatda bo‘lish yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik
bilimlardan bahramand bo‘lmoqlarini ta’minlashdan iborat. Jamoatchilikni
psixologik bilimlardan xabardor qilish, ro‘znoma va oynomalarga maqolalar yozish,
radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish, ota–onalar bilan
suhbatlashish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, suhbat va bahslar
uyushtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish komil
insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsplar – qoidalarga tayanishi,
ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.
Bu qoidalar quyidagilardan iborat;
1). Ob’ektivlik prinsipi – bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini
aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida “ bola
oynadan tashqariga qarayotgan edi” – deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi
ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Lekin, “bola e’tiborsiz” – deb aytish hodisaning
talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak
chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo‘lsada, tarbiyachining
so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
2). Sababiylik prinsipi – bu bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo‘lishini
ta’minlovchi barcha shart – sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talb qiladi.
Masalan: mashg‘ulot davomida bola tez – tez oyna tarafga qaragan bo‘lsa, bu
hodisaning iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola
e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi? O‘tilayotgan
material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k;
3). Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi – bu bola psixikasini shakllanishi jarayoni,
bunda psixolog va pedogoglar ta’siri sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.
Ushbu prinsiplarga muvofiq oldindan;
a) tadqiqot joyi va qilaladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak:
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim:
s) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oralig‘ida o‘tkazilishini belgilash zarur.
Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir
sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadiqotni bevaqt
tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik prinsipi buzilgan
bo‘ladi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuzatish metodidir.
Kuzatish metodi 2 ga bo‘linadi:
1) ob’ektiv ; 2) sub’ektiv kuzatish metodi.
Bolalar psixologiyasida sub’ektiv, ya’ni o‘z–o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi.
Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri sub’ektiv, ya’ni bolalarni
tashqaridan kuzatib o‘rganish metodidir. Ob’ektiv kuzatish metodi har doim ma’lum
maksadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik protsesslari
hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bunda tarbiyachi va
tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq – atvorlari va xatti harakatlarini ularning turli
– tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzuli tarzda kuzatadi. Ob’ektiv kuzatish
metodi quyidagi koidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) Har kanday
kuzatishning aniq maksadi, rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining
barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini
kuzatish. 2) Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik – sintetik
nuqtai nazardan kuzatish. 3) Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish; 4)
Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini
mutlaqo bilmasliklari kerak. 5)Kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli
sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda namoyon bo‘lishni nazarda tutib)
sistemali tarzda kun sayin o‘rganish kerak.
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli uyin faoliyatlari, didaktik
mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma–xil psixik– protsesslarning va individual
xususiyatning namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin.
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti – vaqti bilan o‘tkazilishi
mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l
– atvorlari va xatti – harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks xolda
o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan
so‘ng to‘plangan ma’lumotlar analiz qilinib, bolaga psixologik xarakteristika
tuziladi, vaqti – vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulq – atvori va hatti
– harakatlari emas, balki faqat ma’lum hatti – harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan
bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turli bolalar taraqqiyotini
sermazmun qirralarini kuzatish va unda olingan dalillarni kundaliklarga yozib borish
o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning
ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so‘ng I.Madыginakote,
N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan sistemali
tarzda olib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar.
Bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladigan yana bir asosiy metod – eksperiment
metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod xisoblanadi.
Eksperiment metodida u yoki bu psixik protsessni kachon yuzaga kelishini kutib
o‘tirmay, bu protsessni eksperimentatorning o‘zi yuzaga keltiradi. Shuningdek
o‘rganilayotgan psixik protsessni bolalarda bir necha marta takrorlab o‘rganish
mumkin, yana kulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singani ko‘p vaqt
talab qilmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo‘linadi: 1) laboratoriya eksperimenti, 2)
tabiiy eksperiment. 3) pedagogik- psixologik eksprement metodi. Laboratoriya
eksperimenti maxsus tashkil kilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan
o‘tiladi. Tabiiy eksperimentda biror psixik protsess o‘rganilayotganda maxsus
sharoit yuzaga keltiriladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala
turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida
foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya
sharoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan
eksperimentlarning farqiga bormaydilar.
II-BOB.
Dostları ilə paylaş: |