11- mavzu:
Nutqning mantiqiyligi
Reja:
1. Kirish.
2. Suhbat va uning oldiga qo`yilgan talablar
3. Muhokama va uning oldiga qo`yilgan talablar
4. Munozara va uning oldiga qo`yilgan talablar
Tayanch so’z va iboralar
Suhbat, muhokama, munozara,
tashviqiy nutq, tanqidiy nutq, tabrik nutqi.
Fikr suhbat, muhokama, munozara shaklidagi nutqiy faoliyatlar davomida og`zaki
bayon qilinadi. Suhbat – ma’lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida
bo`lib o`tadigan nutqiy muloqot.
Suhbat oldiga qo`yilgan talablar:
1. Mavzudan chetga chiqmaslik
2. Savollarga aniq, qisqa, to`la javob berish.
3. Javob berish jarayonida savolning ahamiyatiga e’tibor berish, dalil va
misollarning ishonarli bo`lishini ta’minlash.
4. Suhbat jarayonida tinglovchilar holati, vaqti qiziqishlari, mavzuning dolzarbligini
hisobga olish.
5. Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish.
6. Suhbat davomida nutqning ifodalilik, ta’sirchanlik, mantiqiylik, to`g`rilik, soflik
kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish.
Muhokama
Muhokama – biror masala yuzasidan ko`pchilikning fikrini to`plash, ma’lum
to`xtamlarga kelishini anglatadi.
Muhokama nutqi oldiga qo`yilgan t a l a b l a r:
1. Muhokama mavzuidan chetga chiqmaslik.
2. Fikrni ixcham, soda, ta’sirli qilib ifodalash.
3. Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik.
4. Fikrga
mos dalil va isbotlarni aniq, lo`nda qilib keltirish.
5. Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik.
6. Fikrni ifodalash davomida o`zgalar fikriga hurmat bilan qarash, o`rinsiz
bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish.
7. Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik. O`zini og`ir tutish.
Munozara
Munozara – biror masala yuzasidan taraflarning bahsini, tortishuvini anglatadi. Bahs
jarayonida har bir ishtirokchi o`zining haq ekanligini isbotlashga intiladi.
Munozarada nutqqa qo`yilgan talablar:
1. Mavzudan chetga chiqmaslik.
2. Mazmunni ochuvchi, fikrni isbotlovchi dalillarning yetarli bo`lishi.
3. Dalillardan mantiqan xulosa chiqarish.
4. Nutqning ifodali tizimli, hayajonli bo`lishi.
5. Nutq shaklining ixcham, qiziqarli bo`lishi.
6. Nutq egasining vazmin, og`ir bo`lishi.
7. Suhbatdosh hurmatning ifodasi bo`lishi, uning shaxsiga tegadigan so`z va
gaplarning bo`lmasligi.
Notiqlik
Aytilayotgan fikrning tinglovchiga yetib borishi va uning ruhi hamda xulqiga ta’sir
etish notiqlik san’atiga bog`liq.
Notiqona nutq maqsadi va xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi:
a)
tashviqiy nutq
b) tanqidiy nutq
c) tabrik nutqi.
1.
Tashviqiy nutq
deb muallif ko`zda tutgan biron
voqea-hodisani bajarishga
tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi.
Tashviqiy nutq oldiga qo`yilgan talablar:
a) mavzudan chetga chiqmaslik
b) mavzu mohiyatini to`la ochib berish
c) mavzu dolzarbligini uqtira olish.
d) Nutqning ta’sirchanligini oshira olish.
e) Ko`chirma va misollarni o`rinli keltira olish.
2. Tanqidiy nutq.
Yuz
bergan hodisalar, shaxslar hatti-harakatlariga e’tirozli munosabatda bo`luvchi
nutq tanqidiy nutq hisoblanadi.
Tanqidiy nutq oldiga qo`yilgan talablar:
a) yuz bergan voqea-hodisalarning mohiyatini ochib berish;
b) tanqid uchun dalillarning yetarli bo`lishi;
c) notiqning o`ta hayajonlanib ketmasligi;
d) haqiqatdan chetlanmaslik;
e)
kishi shaxsiga tegmaslik;
f) nutq shaklining jozibadorligi, ohangdorligi.
To`ylarda, tantanalarda, yubileylarda, tug`ilgan kunlarda so`zlanadigan nutq tabrik
nutqidir. Bu nutq oldiga qo`yilgan talablar.
a) tabriklanuvchi shaxsning ijodi, hayoti, fazilatlaridan asosiy ma’lumotlarni berish;
b)
nutqning ixcham, jozibador, ohangdor bo`lishi;
c) nutqning til vositalariga boy, shaklan qiziqarli bo`lishi.
Til – ma’lum kishilar jamoasi a’zolarining muloqoti uchun muhim va asosiy vosita
hisoblangan o`ziga xos belgilar sistemalaridan biri bo`lib, jamiyatda
tafakkurning
rivojlanishi uchun, madaniy tarixiy an’analarni avloddan-avlodga yetkazish uchun
xizmat qiladi.
Nutq – ifodalangan ma’lumot talabiga mos holda til qoidalari asosida tuzilgan til
belgilarining tartibidir.