Baxmal 2-son pedagogika kollejida o`tkazilgan A.Navoiyga ba`gishlangan “Navoiyni yod etib”hamda Z.M.Boburga bag`ishlangan badiiy kecha
Bayonnomasi 09.02.2023 O `smat sh
Qatnashdi:Baxmal 2-son pedagogika kolleji direktori U.Tuleganov,kutubxonachisi F.Qabulova hamda maxsus fan o`qituvchilarni Sh.Jamolova
Yig`ilish raisi: U.Tuleganov Yig`ilish kotibi: F.Qabulova Kun tartibi: 1.Baxmal 2-son pedagogika kolleji o`quvchilari o`rtasida A.Navoiyga bag`ishlab “Navoiyni yod etib” hamda Z.M.Bobur hayoti va ijodiga bag`ishlangan badiiy kecha o`tkazish.
Eshitildi: Baxmal 2-son pedagogika kolleji direktori U.Tuleganov badiiy kechani ochib berish uchun so`zga chiqdi.U o`z so`zida buyuk bobokalonlarimiz haqida shunday fikrlar bildirib o`tdi:”Biz A.Navoiyni avliyo desak avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri,shoir desak shoirlarning sultonidir,”-deb takidlaydi muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimov “.Z.M.Bobur ham sarkardadir.Biz ularning ijodini o`rganish bilan birga ko`plab ma`lumotlarga ega bo`lamiz.
Shundan so`ng kollej kuyubxonachisi F.Qabulova ijodkorlarimizning ko`plab asarlari,adabiyotlari hamda kitoblarini ko`rgazma sifatida ko`rsatib,ma`lumotlar berib o`tdi.Kutubxonada ijodkorlarimizning kitoblari borligi hamda ulardan unumli foydalanish haqida aytib o`tdi.
Maxsus fan o’qituvchisi Sh.Jamolova so`zga chiqib ijodkorlarimiz hayoti hamda ijodi haqida ma`lumotlar berib o`tdi.Ko`plab g`azallari hamda ruboiylarini ravon qilib o`qib berdi.O`quvchilar o`rtasida ham ruboiy va g`azallarni yod biladiganlar ifodali o`qib berishdi.12-guruh o`quvchisi Abduxalilova Durdona hamda 14-guruhh o`quvchisi O`razaliyeva Guljamol o`rtasida mushoira tarzida g`azal va ruboiylar aytishuvi o`tkazildi.Badiiy kecha ko`tarinki ruhda o`tkazildi.Barcha berilgan ma`lumotlarni o`zlari uchun daftarga yozib olishdi.
Yig`ilish qaror qiladi: 1.Kollej mamuriyati hamda kutubxonachi tomonidan o’tkazilgan A.Navoiyga bag`ishlangan “Naoiyni yod etib” va Z.M.Boburga bag`ishlangan badiiy kecha bo`yicha tuzilgan axborot ma`lumot uchun qabuk qilinsin.
2.Mushoirada qatnashgan o`quvchilar A.Navoiu va Z.M.Boburningkitoblarining elektron varyanti tashlab berilsin.
3.Kollej kutubxonasida A.Navoiy hamda Z.M.Bobur uchun maxsus burvhaklar tashkil etilsin.