3 – Mavzu
.
O‘rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlarining Ritorika
xususidagi ta’limotlari.
Reja:
1.
O‘rta asrlar musulmon Sharqida notiqlik san’atining vujudga kelishi.
2.
Mavorounnaxrda badiiy notiqlik.
3.
Abu Nosir Forobiy: fikrni qanday bayon etish kerak.
4.
Ibn Sino va Beruniyning notiqlik san’atiga qo‘shgan xissasi.
5.
Kaykovus: notiq so‘zining ma’nolari.
6. Navoiy so‘z xususida.
7.
Maktub yozish madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari
8.
Qur’oni Karim va Hadisi sharifda muomala, chiroyli so‘z xususida.
9.
Tasavvufda hilmlik, muloyimlix, shirinso‘zlik to‘g‘risida.
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi ham so‘zga chechan, badiiy didli
kishilarni qadrlab kelganlar. O‘sha davrda ritorika voizlik, notiqlar voizlar, nutq esa
va’z deb atalgan.
O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, IX - XV asrlarda dunyo madaniyati taraqqiyotining
eng oldingi, yetakchi saflarida turish darajasiga ko‘tarila oldi. O‘rta asr fani
madaniyati Xorazmiy, Farg‘oniy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy Maxmud Qoshg‘ariy,
Jomiy, Navoiy kabi ulug‘ siymolarning nomlari bilan xarakterlanadi. Bu mutafakkirlar
yashagan davr Sharq tarixida Uyg‘onish davri deb ataladi. Bu davrda madaniyat ilm-
35
fan ravnaq topdi. Fan va madaniyat targ‘ibotchilari – voizlar yetishib chiqdi.
Voizlikni qadrlovchi fikrlar vujudga keldi. Sharqda, jumladan Mavorounnaxrda badiiy,
ilmiy ijodning tarakiyoti bilan, shuningdek, va’zxonlik, "Qur’on" ni targ‘ib qilish bilan
mushtarak xolda so‘zning ahamiyati, ma’nosi va undan maksadga muvofiq
foydalanish borasida qadimdan ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan. Insoniyatni boshka
maxluqotlardan ajratib turadigan ham
so‘z
bo‘ladi. Insonga fikrini ijro etish uchun
so‘zga ko‘shib aql berdi. Nutq esa til orqali amalga oshadi. Buyuk allomalar Beruniy,
Farobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, Qoshg‘ariy, Zamaxshariy tilga, lug‘atga,
grammatikaga va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa
soxaga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.
Sharqning mashxur mutafakkiri
Abu Nasr Farobiydir.
U iqtisodiy va siyosiy
ziddiyatlar kuchaygan bir davrda yashab ijod etdi. Farobiy ilmning turli soxalarini
mukammal bilgan va ular haqida mustaqil
fikrlar bayon qilgan Buyuk insondir.
Farobiy axloqli kishilarning 12 muxim sifatini ko‘rsatadi va shundan beshinchisi
sifatida tilga olingan notiqlik haqida gapirib:
"so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va
aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin."
– deydi.
Farobiyning chiroyli, tartibli, tasirchan qilib so‘zlash masalalari haqidagi
mulohazalari ritorika, poetikaga oid asarlarida uchraydi. Farobiyning o‘zi esa,
manbalarda zikr ztilishicha, shirin so‘z, xozirjavob, xar qanday qiyin masalalarni ham
bir zumda xal etib beruvchi faylasuf - notiq bo‘lgan.
O‘rta asr sharqining Buyuk allomalari orasida mashxur tabib, faylasuf shoir
Abu
Ali Ibn Sino
alohida o‘rin tutadi. Uning turli soxalar bilan birga ta’lim - tarbiya, axloq
va nutq haqida ham fikrlari mavjudki, ularni o‘rganib chiqish notiqlik sanati tarixi
saxifalarini yana ham boytgan bular edi. Ibn Sino yaxshi tarbiyachi, notiqni yaxshi
do‘st sifatida tilga oladi va notiq kunidagilarga amal qilishi lozim deb biladi:
1.
Nasixat (nutq) ko‘pol ohangda berilishi kerak emas;
2.
Suhbatdoshning ilm darajasini xisobga olish zarur;
3.
Nasixatga ko‘p berilmaslik kerak, uni o‘rtoqlik suhbati tarzida olib borish
kerak;
4.
Nasixatni muloyim ohangda, yolg‘iz olib borish kerak;
36
5.
Agar ta’na kilmoqchi bo‘lsang, boshqalar kamchiligi bilan kiyoslab ta’na
kil;
6.
Agar o‘z e’tiqodingni aytmokchi bo‘lsang, faqat bir ma’lumotga tayanma, balki
ko‘p masalalar bilan isbotla, suhbatdoshingni buni yuragiga Yaqin olishiga, shu
narsa haqida o‘ylashga va xaqiqatni izlashga ishontir.
7. Agar suhbatdoshing sening gaplaringga e’tibor bilan quloq solayotgan
bo‘lsa, suxbatni oxirigacha davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin uning
e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga bur.
1
Ibn Sino suhbat o‘tkazishdan ilgari, suhbat o‘tkazuvchi kishinnig o‘z suhbati
karatilgan predmetni, shaxs faoliyatini chuqur, har tomonlama o‘rganishi, biror
kamchilikin ham
chet lab o‘tmasligi lozimligini, suhbatning tarbiyaviy ahamiyati
katta bo‘lishini aytadi. Suhbat mavzunda e’tibordan chet ta qoldirilgan, lekin aytish
lozim bo‘lgan kamchiliklarni Ibn Sino
"Sirti tuzalgan, lekin ichidan yiringlab ketgan
yara"
ga o‘xshatadi.
"Vaqti bilan yiringga o‘xshab kamchilik kuchga kiradi va
o‘zining yaramas va be’mani qiyofasini ko‘rsatadi"
– deydi u. Ibn Sinoning fikricha
ayniqsa hukmdorlar ana shunday suhbatlarga tortilishi lozim. Odamlar
hukmdorlardan qo‘rqishi tufayli, - deydi Ibn Sino, ularning kamchiligi
ko‘rsatilmaydi.
Buning natijasida ular o‘z qilmishlarini benuqson deb xissoblaydi va xulqlari
buzila boshlaydi. Bu xol davlat ishiga yomon ta’sir qiladi. Bunday paytda
qo‘rqmasdan xatolarni ko‘rsatish davlatning mustaxkamlanishida katta ahamiyatga ega
ekanligini uqtiradi. Bu esa o‘z davrida Ibn Sino notiqlikda demokratik fikrga ega
bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu fikrni aytish ham katta jasoratni talab qilar edi chunki
o‘sha davrda tengsizlik hukmron edi.
Buyuk qomusiy olim
Beruniy
(1973-1048) o‘zining "Geodeziya" asarining
kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib
xar bir fanning inson xayotidagi zaruriy talabi yuzaga kelishini aytadi.
Beruniy nutqning ikki hil nasr, nazm ko‘rinishi borligini ko‘rsatadi. Nutqning bu
turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nazm naxv qonun-qoidalari, nazm aruz
1
М. Baratov. Ibin Sino etikasi. Т.:1969. B 20-21
37
talablariga binoan tuziladi. Aruzga qaraganda naxvning ta’sir doiralari keng, u nasr
uchun ham, nazm uchun ham zarur. Beruniy yozadi:
“Naxv (grammatika) nasrda va
aruz (she’r o‘lchovi) nazmda (aytilgan) so‘zning me’yorini o‘lchovchi va xatosini
aniq ikkita mezon bo‘lib qoladi, lekin naxv bular ikkisining umumiyrog‘idir, chunki u
nasrni ham nazmni ham birgalikda o‘z ichiga hamrab oladi”
1
.
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. Uningcha shaql
mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz xar qanday chiroyli shaql ham el orasida
e’tibor qozonmaydi.
Nutqning nasriy shaklida ham, nazmiy shaklida ham mazmun
bosh mezondir.
Qadimgi sharq notiqlik san’atiga katta xissa qo‘shgan mutafakkirlardan yana
biri
Kaykovusdir.
Uning notiqlik va nutq haqidagi fikrlari
"Qobusnoma"
asarida
bayon etilgan. Kaykovus notiq so‘zning ma’nolarini xar tomonlama o‘rgangan
bo‘lishi kerak deb hisoblaydi.
"Ey farzand so‘zning yuz va orqa tomonnni bilgil,
ularga rioya qilgil, so‘zlaganingda manali gapir, bu notiqlik alomatidir. Agar
gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilsang, qushga
o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar". "Shunday kishini notiq (Suxango‘y)
deymizkim, uning xar so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning xar so‘zi unga
ma’lum bo‘lsin. So‘zlaganda o‘ylab, xar bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko‘z
oldiga keltirib gapirgan notiq pushaymon bo‘lmaydi. "O‘ylamasdan so‘zlama, xar
bir so‘zni o‘ylab gapir, to aytgan so‘zingdan pushaymon bo‘lmagaysan".
"Bilag‘onlik" qilib tildagi so‘zlarni buzib so‘zlamaslikka, hamma vaqt mavjud til
me’yorlariga amal qilishga chaqiradi: "Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham
hech bir so‘zni buzma to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir hil gapir "
2
-
deb uqtiradi alloma.
Kaykovusni «Qobusnoma» asarining «Suxandonlik bilan baland martabali
bo‘lmoq zikrida» deb nomlangan yettinchi bobda suxandonlikning mohiyati,
zarurati, shartlari va xususiyatlari bilan bog‘liq muhim fikrlarni ilgari suradi.
Suxandonlikning muhim shartlari – rostgo‘ylik hamda nomaqbul rostni aytishdan
1
Beruniy to‘la asarlar. Т.:Т.3 1982 B.64
2
Kaykovus. Qobusnoma. Т.:Istiqlol 994. B37
38
tiyilishda, so‘zni g‘oyatda ulug‘ligini xis qilish hamda so‘zni uvol qilmaslikda,
so‘zning o‘rnida qo‘llay olish hamda undan oqilona foydalanishda deb biladi
1
.
Qobusnomada aytilishicha
Dostları ilə paylaş: |