Oy mavzusi:Kuz bo’yoqlari. Hafta mavzusi:Non hammaga sarkor. Qurish va konstruksiyalash markazi Mavzu:Mazaikadan kulcha yasash.
Maqsad:Shakl va rang haqidagi bilimlardan foydalanadi,mozaikadan kulchani yasaydi,nonni uvol qilmaslikni biladi.
Jixoz va materiallar: Non mozaikasi bo’laklari.
Faoliyatning borishi: 1.Non haqidagi tushinchalarni boyitish va shakllantirish.
2.Non suratini ko’rish.
3.Kulcha nonning yasalishi.
B olalar oldiga har xil nonlar suratlari beriladi.Bolalar nonlarning orasidan kulcha nonni ajratib oladi. Non haqida kim she’r biladi,marxamat,Nozima?
Oyim hamir qordilar
Non yopmoqchi bo’ldilar
Yonlarida men borman
Yumush bo’lsa tayyorman.
S itora:Oyim yopar shirmoy non
Men ham qarab turmayman
Gul solaman xamirga
O’t yoqaman tandirga
Non haqida maqollar:
Non ham non ,ushog’i ham non.
Nonsiz yashab bo’lmas
Gapni oshab bo’lmas.
Bir boshoq don ,
Bir savat non.
Bolalar kulcha non bo’laklarini o’rinlariga qo’yib butun holdagi kulchalarni hosil qiladilar.
N on tabiat inom qilgan eng aziz ne’mat.Bu aziz ne’matning qadriga etish,uning ushog’ini erga to’kmaslik, uvol qilmaslik kerakligini tushintirish.
Non –quyoshga o’xshaydi :issiq, xushbo’y hidli,to’yimli,mazali.
Qo’shimcha qism :Nonvoy mehnati haqida suhbat.
E’tiborga molik jihati: Bolalar aqliy qobiliyatini charxlash,fikrlash qobiliyatini o’stirish.
San’at markazi: Mavzu :Kulcha rasmini chizish.
Maqsad: qo’l motorikasini, tafakkurini rivojlantiradi, qo’l ostidagi narsalardan foydalanib chizish ko’nikmasini egallaydi.Mayda motorika va tasavvurning shakllanishiga, gigienik normalarga amal qilishi va toza ishlashiga.
Jixoz va materiallar:mavzuga oid asm va plakatlar ,kulcha non rasmi, AKT,oddiy qalam,oq qog’oz va rangli qalamlar.