155
MILLIY QADRIYATLARNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI
AHAMIYATI
D.B.Qarshiboyeva-Jizzax davlat pedagogika universiteti umumiy psixologiya
kafedrasi o‘qituvchisi
Po‘latov Ja’farbek Xasanboy o‘g’li- Fizika va astronomiya fakulteti, Texnologik
ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 410-22-guruh talabasi
Annotasiya: Maqolada milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi
o‘rniga bag‘ishlangan ilmiy nazariy adabiyotlar va amaliy empirik yondashuv
asosidagi materiallar tahlil qilingan. Ta’lim-tarbiya jarayoniga milliy
qadriyatlarning ba’zi jihatlarini joriy etish orqali tarbiya ishlarida amalga
oshirish zarurati atroflicha o‘rganilgan.
Kalit sо‘zlar: Milliy qadriyat, diniy qadriyat, pedagogik jihat, pedagogik
sharoit, о‘zlikni anglash, ma’naviy rivojlanish.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni xalqimizning an’analarini,
madaniyati va ilm-fan bobidagi kо‘p asrlik tajribalarini о‘rgatish ijobiy pedagogik
samaralarni beradi. Shuning bilan birga jamiyatimizda yashovchi har bir ongli
kishi, mustaqil va erkin fikrga ega bо‘lgan shaxs va fuqarolik jamiyati
ma’naviyatini shakllantirish va shu asosda rivojlantirish О‘zbekiston Respublikasi
taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu sababli ham о‘qituvchining serqirrali va
murakkab kasbiy faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash,
ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yordamida ilmiy dunyoqarashini
kengaytirish kabi muhim vazifalar yotadi.
Natijada ta’lim va tarbiya dasturlariga milliy qadriyatlar omillarini kiritish
ishlari bosqichma bosqich va sharoitga mos holda puxta amalga oshirildi.
Endilikdai esa, milliy qadriyatlarning zamonaviy ta’lim mazmuniga singdirilishi
va integrasion jarayonning natijalarini ilmiy о‘rganish ilmiy doiralarning asosiy
mavzularidan biriga aylanmoqda. Mavzuga oid adabyotlar tahlili. Milliy
156
qadriyatlarning tarixiy-pedagogik jihatlari va uning turli qirralarini о‘rganish kо‘p
tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot va ilmiy nashrlari doirasida amalga oshirilgan.
Bu borada, ayniqsa, rus olimlari – A.A.Koychuev, YE.A.Rezvan; o‘zbek
olimlaridan – A.A. Bolibekov, D.M.Kenjayevlar tomonidan olib borilgan, milliy
qadriyatlarning pedagogik jihatlari bilan diniy axloqiy qadriyatlarning
mushtarakligi masalasiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarini qayd etish lozim. Ilmiy
qadriyatlarning ideallar shaklida ifodalanishi orzu-umidlar rо‘yobga chiqishi bilan
bog‘liq bо‘lib, u kishilar va jamiyat intiluvchi oliy maqsaddan iborat bо‘ladi.
Demak, donishmandlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan intellektual meros
kо‘proq ilmiy qadriyatlarga tegishli bо‘ladi. Ilmiy qadriyatlar insonlar va insoniyat
uchun ahamiyatli bо‘lgan intellektual mulkdan iborat bо‘ladi.
Kishilik tarixda о‘z istiqboli kelajagiga mos yutuqlarni orzu qilib, bu orzu-
istaklarni nodir qо‘lyozmalarda (muqaddas kitoblar, ertaklar, dostonlar)
ifodalaganlar. Jumladan, ertaklardagi «Oynai jahon» orqali televideniye, «uchar
gilam» orqali samolyotlar, «Avesto» orqali bunyodkorlik g‘oyalari, yozma
manbalar orqali ozodchilik qahramonlari Tо‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna,
Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Mahmud Turobiy, Madali Eshon,
Shirin, Layli, Majnun kabi obrazlarda ifodalangan. Abu Nasr Farobiyning «Fozil
odamlar shahri» asari orqali komil inson ta’limoti, Alisher Navoiy asarlari orqali
adolatli jamiyat haqidagi ta’limoti, tо‘lqinlar tarqalishi qonuniyatlari orqali
radiodan hayotda foydalanish, odamlar qadimdan ot qо‘shmasdan о‘zi yuradigan
arava yasashni orzu qilib, avtomobilni yasash, nutq va boshqa tovushlarni istalgan
masofaga uzatishni orzu qilib, telefonni yasashni, tez hisoblashlarni orzu qilib,
elektron hisoblash mashinalarlarni yaratishni, ma’lumotlarni saqlash vositalarini
izlashda qog‘ozni hosil qilish va shular asosida yozuv va kitoblarni yaratishni,
vaqtni hisob-kitob qilish maqsadida soatning yaratilishi va shu kabilarning hamma-
hammasi insoniyat aqliy faoliyati mahsulidir.
Bu manbalarda milliy qadriyatlarning ta’lim jarayonida tutgan о‘rni haqida
kо‘plab xotiralar mavjud. Shuningdek, о‘rganilayotgan masalaning tahlili uchun
157
N.A.Boborovnikov,
A.Borns,
E.A.Vulfson,
I.Gaspirinskiy,
A.Donish,
V.P.Nalivkin, N.P.Ostroumov, P.I.Pashino, N.Xanikov tomonidan qoldirilgan
asarlar ham ahamiyatlidir. Ularning fundamental asarlari milliy ta’limning turli
jabhalariga oydinlik kiritgan tadqiqotlarning bir qismi sanaladi. Jumladan,
S.Ayniy, V.Bartold kabi olimlarning asarlari tadqiqot natijalarining yaxlit
manzarasni yaratishga yordam berdi. Tadqiqot usullari nazariy, qiyosiy, tarixiy
tahlil, manbalarni о‘rganish usullari, tanqidiy yondashuv, adabiy manbalarni
umumlashtirish, tarixiy dalillarni tizimlashtirishga asoslandi. Chunki ilmiy
adabiyotlar, darsliklar, shuningdek, turli mamlakatlar tadqiqotchilarining fikrlari,
jumladan, tarixiy manbalar о‘zbek, tojik, rus, va ingliz tillaridagi ilmiy izlanishlar,
diniy adabiyotlar, mumtoz adiblar asarlar о‘rganildi. Pedagogik g‘oyalarning
paydo bо‘lishi va shakllanishi tarixda uzoq davom etgan va xalqlar sivilizasiyasida
hayotiy ahamiyatga ega bо‘lgan omil sifatida о‘rin egallagan. Masalan,
zardushtiylar eng yaxshi ta’lim, bu bolalarni о‘rab turgan tabiiy vositalar va
insoniy omillar yordamida ta’lim berishdir, deb hisoblaganlar. Zardusht bolalarni
poklik, notiqlik, mehnatsevarlik, halollik, yomon odamlardan qochish, yomon
xulqatvorlardan saqlanish va yaxshi odamlarga tayanish ruhida tarbiyalagan [1].
Bu borada О‘rta Osiyo xalqlarining ta’lim muammolari, qadim zamonlardan
buyon umumxalq e’tirof etilgan milliy an’analar, ma’naviy asoslar va xulq-atvor
me’yorlari bilan bog‘liq bо‘lgan. Ta’lim va tarbiyaning ilk tashkiliy shakllari
qadimgi maktab prototiplari kо‘rinishida, qabila jamoalarining hayotida, ya’ni
paleolit davrida, kommuna tushunchasi bilan bir paytda paydo bо‘lgan[2]. Demak,
о‘sha davrdayoq ajdodlar hayotidagi ta’lim jarayonida xalqning ma’naviy, axloqiy
va diniy asoslarida ifodalangan milliy qadriyatlari muhim rol о‘ynagan. Shu nuqtai
nazardan, zamonaviy pedagogika fani milliy qadriyatlar va an’analarning
ma’naviy-axloqiy omillarini ta’limda joriy etish holatini о‘rganishga kо‘proq
e’tibor berishi taqozo etiladi. Ayniqsa, ularning bizgacha yetib kelgan yozma
manbalardagi ma’lumotlari ilmiy-amaliy ehtiyoj sifatida ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’lim-tarbiya masalalaridagi milliy qadriyatlarning о‘rnini yoritib beradigan va
158
kitoblar tо‘plami kо‘rinishida, О‘rta Osiyo xalqlari uchun, birinchi tо‘liq manba
―Avestodir. Ushbu kitob, ahamiyat va о‘quvchilarga ta’sir kuchi nuqtai nazaridan
diqqat markazida turadi. Adabiyotlarda nomus va poklik, inson va adolat,
muruvvatliylik va haqgо‘ylik kabi ijobiy fazilatlarga zulm va qabihlik,
tovlamachilik va poraxо‘rlik, muttahamlik va riyokorlik kabi salbiy bid’atlar
qarama-qarshi qilib qо‘yiladi. ―Avestoda pedagogik yondashuvlar, har bir xayrli
ishning samarali hayotiy kuchga erishishi uchun pedagogik omillarning sharhlari
berilgan. О‘rta Osiyo xalqari hayotida bolalarni tarbiyalash azaldan muhim vazifa
ekanligini aynan ―Avesto kitobida о‘qish mumkin. Unda ta’kidlanishicha, agar
bola asosan yetti yoshigacha onasi yonida bо‘lsa, uni 7 yoshidan maktabga
yuborish kerak. ―Agar kichkina bolangiz bо‘lsa, uni maktabga yuboring, chunki
bilim - kо‘zning nuri [3]. Ushbu manbada, ba’zi pedagogik qoidalar singari bolalar
va yoshlarning tarbiyasi va ta’limini yaxshilashga yordam beradigan g‘oyalar
mujassamlashgan hamda ta’lim-tarbiya orqali insonparvarlik, adolat va
mehribonlik kabi insoniy fazilatlarning kamol topishiga ishonch tuyg‘usi bilan
qaralgan. Keyingi asrlar tarixida ham milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya
jarayoniga ijobiy ta’sirini kо‘rish mumkin. Kо‘rinib turibdiki, milliy qadriyatlar
asoslariga tayangan holda yо‘lga quyilgan ham ta’lim va ham tarbiya kо‘p jihatdan
ijtimoiy va ma’naviy barqarorlikka zamin yaratadi va birin-ketin xalq ma’naviy
merosini saqlash maqsadida ta’lim va tarbiya maskanlari kо‘payib boraveradi.
Umuminsoniy qadriyatlar: «Odamzodning yashashi, umrguzaronligi, farzandlari
hayotining ijtimoiy, iqtsodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy
sohalariga taalluqli bо‘lgan umumjamiyat miqyosidagi qadriyatlar butn insoniyat
va jamiyatga tegishli bо‘lganidan, umuminsoniy qadriyatlar, deb ataladi» [4].
Umuminsoniy qadriyatlar о‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal
qilinishi, dunyodagi kо‘plab xalqlar (elatlar, millatlar)ning о‘tmishdagi, hozirdagi
va istiqboldagi (kecha → bugun → ertaga tizimi bо‘yicha) taraqqiyoti bilan uzviy
aloqadorlikda ekanligi, о‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini
ifodalaganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.
159
Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning va millatlarnigina emas, balki
bashariyat (insoniyat)ning mulkidir.
Markaziy Osiyi shaharlarida madrasalar bilan birga, katta va kichik
maktablar tashkil etilib, ular xalqning ilm-fan va ta’limini rivojlantirishga xizmat
qildi. Masalan, tadqiqotchi L.Asrorova Buxoroning kо‘plab madrasalari bilan
mashhurligini ham qayd etadi. Buxoro turli shahar va mamlakatlardan kelgan
talabalar uchun ilmiy ta’lim shahri bо‘ldi. Milliy qadriyatlar saqlanishi va
rivojlanishi zaruratini anglagan О‘rta Osiyo xalqlari farzandlari, qaysi kо‘rinishda
bо‘lishidan qat’i nazar, ta’lim va tarbiya dargohlarini ochish va kо‘paytirishga
intilganlar. Ma’naviy ehtiyoj sifatida, ta’lim masalasi milliy qadriyatlarga shu
qadar mustahkam о‘rnashganki, zinhor xalq e’tiboridan chetda qolmagan. ta’lim
jarayonida va tarbiya bosqichlarida ular bashariyat tamaddunining oltin
xazinasidan о‘rin olgan, buyuk mutafakkirlarning asarlaridan, jumladan, Jaloliddin
Rumiyning ―Masnaviyi ma’naviy, Shayx Sa’diyning ―Bо‘ston, ―Guliston,
Abdurahmon Jomiyning ―Bahoristonǁ, Alisher Navoiyning ―Xamsa, ―Mahbub
ul-qulub, ―Lison ut-tayr, Mavlono Voiz Koshifiyning ―Anvori Suhayliy,
Faxriddin Ali Safiyning ―Latoyif uttavoyif, Zayniddin Muhammad Vosifiyning
―Badoye’ ul-vaqoyi’idan muhim didaktik material sifatida foydalanishgan. Milliy
qadriyatlarning pedagogik jihatlarini bugungi ta’lim tizimi bilan transformasiyasi
masalalarini о‘rganish uchun, ya’ni ta’lim tizimida milliy qadriyatlarni amaldagi
holatini о‘rganish maqsadida bir qator darsliklar ham о‘rganildi. Aytish lozimki,
ushbu darsliklarning har biri hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda ishlab
chiqilgan bо‘lib, milliy qadriyatlar jihatlarini ham qamrab olishga harakat qilingan.
Jumladan, О‘zbekistonda о‘qitiladigan ―Odobnoma, ―Vatan tuyg‘usi, ―Milliy
istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslariǁ, ―Ma’naviyat asoslari, (ushbu darsliklar
2020/2021 о‘quv yilidan boshlab umumiy ―Tarbiya nomi bilan birlashtirildi) ―
kabi darsliklar kо‘p savollarga oydinlik kiritishga yordam berdi. Alohida
ta’kidlash lozimki, yuqorida kо‘rsatilgan darsliklarda ham О‘rta Osiyo xalqlarining
buyuk mutafakkir ajdodlari sanalmish Rudakiy, Firdavsiy, Ibn Sino, Nizomiy,
160
Jaloliddin Rumiy, Fariduddin Attor, Nasriddin Tusiy, Sa’diy, Umar Xayyom,
Yusuf Xos Hojib, Jomiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo va boshqa
mashhur shoir va olimlarning asarlariga murojaat etilib, ularning pandu nasihat,
ta’lim-tarbiya va axloq-odob mavzusida aytgan qimmatli fikrlari milliy
qadriyatlar mazmunidan kelib chiqqanini ta’kidlab, ular orqali yosh avlodni
ma’naviy va ruhiy gо‘zallikka undovchi hayot tajribalari zaminida bunyod
bо‘ladigan hikmat maktabi bilan tanishtirishga bо‘lgan say-harakatlar kuzga
tashlandi. Ushbu darsliklarda har bir xalq va millatning milliy qadriyatlari о‘ziga
xos jihatlari bilan tarannum etilgan bо‘lib, umumbashariy qadriyatlar bilan ham
chambarchas bog’liq ekanliklari qayd etilgan.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, О‘rta Osiyoda hamisha milliy qadriyatlarning
pedagogik jihatlari ham ularning tarixiy jihatlari kabi, avloddan avlodga meros
qoldirilishi natijasida, zamon bilan hamnafas takomillashtirilgan va
rivojlantirilgan. Milliy qadriyatlarning tarbiyaviy jihatlari va ularning mazmunida
dо‘stlik, birodarlik, mardlik, vatanga va xalqqa bо‘lgan samimiy sadoqat motivlari
ulug‘lanadi, ota-ona bilan farzandning о‘zaro mehr-muhabbati, qadrqimmati,
insonning eng yaxshi olijanob fazilatlari tarannum qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |