Mavzu: O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari
Reja:
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy siyosat.
Tashqi siyosatning asosiy tamoyillari.
Tashqi siyosat konsepsiya va prinsiplari.
Kirish Tashqi siyosat bu davlatning xalqaro munosabatlaridagi umumiy yo’nalishini qamrab oladi.
Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar xalqlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar soxasidagi faoliyatining maqsadlari va vositalari majmunini qamrab oladi.
O’zbekiston respublikasi tashqi siyosatini asosiy tamoyillari Konstitutsiyasining 17- moddasida qonuniy jixatdan mustaxkamlab qo’yilgan.
“O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi “Ozbekiston respublikasi shartnomalar to’g’risidagi qonun” O’zbekiston respublikasi “mudofa to’g’risidagi” O’zbekiston respublikasi xarbiy doktirininatasi to’g’risidagi” qonunlari va boshqa qonunchilik xujjatlaridagi tamoyillar va meyorlarga Birlashgan millatlar tashkiloti va yevropa xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining tamoyil va maqsadlariga shuningdek, O’zbekiston respublikasi oliy majlisi ratifikatsiya qilgan O’zbekiston respublikasi xalqaro shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi” deyilgan, 1996-yildagi O’zbekiston respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’g’risidagi qonun 1-modda. 1.O’zbekiston Rspublikasi tashqi siyosati. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsad va vazifalari O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning dasturiy chiqish va maruzalarida aniq va ravshan ifodalangan,mamlakatning Konstitutsiyasi, tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro konvensiyalar va shartnomalar asosida aniqlangan.Tashqi siyosiy kursning asosiy maqsadi davlat mustaqilligi suverenitetini mustaxkamlash, milliy manfatlarni ximoya qilish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustaxkamlash O’zbekistonning barqror rivojlanishi uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlarni yaratish uning xalqaro nufuzini oshirishdan iboratdir.
Prezident Islom Karimov o’zining O’zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining 2010-yil 27-yanvarning qo’shma majlisida so’zlagan nutqida tashqi siyosatning asosiy vazifalariga to’xtalib quyidagilarni takidlab o’tgan: “mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimiz xavfsizligi va mintaqamiz barqarorligini taminlash shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch osoyishta hayotni saqlash kabi bir biridan masuliyatli va keng ko’lamli bir qator vazifalar borki yurtimizning joondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvafaqiyat bilan hal etishimizga bog’liqdir”.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston respublikasi tashqi siyosiy kursining asosiy vazifalarini quyidagicha qisqa ifodalash mumkin:
Birinchidan: yaqin va uzoq davlatlar bilan o’zaro manfatli va teng xuquqli xamkorlik munosabatlarini xar tomonlama rivojlantirish va mustaxkamlash. O’zbekistonning jaxon xamjamiyatiga asta sekin va xar tomonlama integrallashishida siyosiy iqtisodiy madaniy marifiy ilmiy texnikaviy va boshqa soxalarda ochiq va konstruktiv xalqaro xamkorlikni amalga oshirishda ikki tomonlama va ko’p tomonlama diplomatiya mexanizmlaridan samarali foydalanish.
Ikkinchidan: O’zbekiston raxbariyatining mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarbyo’nalishlari xususidagi, jumladan, “ Afg’onistondagi vaziyatni tinch yo’l bilan xal etish bo’yicha “6+3” muloqot guruxini tuzish, O’rto Osiyo Fors qo’ltig’i transport transzit yo’lini tuzish mintaqadagi trans chegaraviy daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalanish va boshqa xalqaro tashabbuslarni olg’a surish.
Uchinchidan: O’rta Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash mintaqani barqaror xavfsizlik xududiga aylantirish bilan bog’liq siyosiy diplomatic va xalqaro xuquqiy masalalarni xal etins. Uzoq va yaqin davlat bilan munosabatlarda siyosiy ijtimoiy iqtisodiy millatlararo va boshqa salbiy xolatlarning avj olishiga yo’l qo’ymaslik uchun diplomatic choralarni ko’rish.
To’rtinchidan: Respublikada amalga oshirilayotgan chuqur demokratik isloxotlarni jamiyatni va iqtisodni modernizatsiyalashning dinamik jarayonlarni samarali amalga oshirish uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlarni yaratish. Jaxondagi mamlakatlar bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni muntazam rivojlantirish milliy iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlariga to’g’ridan to’g’ri chet el sarmoyalarini va ilg’or texnologiyalarni jalb qilish bilan bog’liq siyosiy diplomatik va xalqaro xuquqiy masalalarni amalga oshirish.
Beshinchidan: jaxon ham jamiyatiga O’zbekiston tashqi va ichki siyosatining asosiy jixatlarini aks ettiradigan, uning xalqaro tashabbuslarining mazmun va moxiyatini ifodalovchi obektiv va ishonchli malumotlarni yetkazish.
O’bekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki kunlaridanoq o’zining milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosat yo’lini belgilash jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy-iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va boshqa sohalarda aloqalar o’rnatishga kirishdi. Chunki, yosh davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash va mamlakatimizning xavfsizligi barqarorligi va taraqiyoti ko’p jihatdan yuqoridagi aloqalargauzviy bog’liqdir. Bunga osonlikcha erishib bo’lmaydi, chunki sobiq ittifoq tarkibida bo’lgan O’zbekiston tashqi dunyodan ajratib qo’yilgan va hamma tashqi aloqalar masalalar markaziy hokimiyat tomonidan olib boriladi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham jahon diplomatsiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun hukumatimiz bu sohadagi ko’p qirrali ishlarni boshidan boshlashga to’g’ri keldi. XXI asr bo’sag’asida o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekiston milliy xavfsizlikni mustahkamlash demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, ma’naviy milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, odamlar uchun farovon turmush sharoitlarini yaratish kabi o’ziga xos yo’lni tanladi.
Biz uchun mustaqillik – o’z erkinlagimizni anglashgina emas balki, avvalo o’z hayotimizni o’z ifodamizni bilan va milliy manfaatlarimizni ko’zlagan holda tashkil etish, o’z kelajagimizni tashkil etish, o’z qo’limiz bilan qurish huquqidir.
2.Respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, nazorat qilish, boshqarishni amalga oshiradigan davlat organi xisoblanadigan tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (TIAV) O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bilan shug’ullanadi. TIAV xorijda O’zbekiston Respublikasi vakili bo’lib respublika nomidan va uning manfatlarini ko’zlab barcha tashqi iqtisodiy masalalar shu jumladan O’zbekiston respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bo’yicha faoliyat yuritadi. Vazirlik o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining bevosita raxbarligida amalga oshiradi.