Etikaning asosiy mezonlari: xushmuomalalik, rostgo‘ylik, faxr va iftixor, oliyhimmatlik, samimiylik, sadoqat, sharm-hayo, halollik, kamtarlik.
Etika fanining mohiyati va predmeti.
Etikaning (etika) qadim zamonlarda paydo bо’lib, shakllanib va rivojlanib, bizning davrimizgacha O’z ahamiyatini saqlab kelayotgan eng qiziqarli va eng muxim insonshunoslik fanlaridan biridir. Etika fanining nomi ahloq sо’zidan kelib chiqqan bо’lib, bu tushuncha tO’g’risida adabiyotlardan hozircha yagona qarashlar yо’q. Ayrim adabiyotlarda Etika kishilarning har bir jamiyatga xos xulq normalari majmui deyilsa, boshqalarda esa Etika ijtimoiy ong shakllaridan biri sotsial tartib-qoida bо’lib, bu tartib-qoida istisnosiz hamma sohalarda kishilarning hatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi deyiladi. Buning boisi eng avvalo Etika sо’zining kо’p ma’noli va kо’p qirrali ekanligi bilan izohlanadi. Etika arabcha xulq sо’zining kо’pligidan va lotincha «mores» sо’zidan olinib, odob, atvor, fe’l degan ma’nolarni anglatadi. Xudi shuningdek rus tilida ishlatiladigan «morel» sо’zi «mocheya» sо’zidan olingan bо’lib, uham ahloq ma’nosini bildiradi, «moral» sо’zi rus tilida ishlatiladigan «nravstvennost» degan sо’zining sinonimii degan fikrlar ham mavjud. Etika kishilarning, xar bir kishining oilada, jamoada, jamoatchilik joylarida, umuman jamiyatda yurish-turishi, yashash qoidalari, fe’l-atvori, hatti-harakatlarining jamini ifodalaydi. Etika yunoncha «ethos» sо’zidan olingan bо’lib, odat, odob, rasm-rusum, fe’l (xarakter) ma’nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha birinchi marta mashhur YUnon faylasufi va mutafakkiri Arastu (Aristotel,e.o.384-322 yy) tomonidan Etikaning sinonimi sifatida ishlatilagan. Bu terminni keyinchalik qat’iy ma’noli tushuncha sifatida eramizdan oldingi IV asrda paydo bо’lgan va asoschisi Kitionlik Zenon (e.o.336-264 yy) stoiklar (grekcha stos-tO’planadigan joy, portik) ilmi muomalaga kiritganlar.
Etika tushunchasi hozirgi adabiyotlarda kishilar muomalasida asosan quyidagi uch ma’noda qO’llaniladi:
Birinchidan, kundalik hayot muomalasida etika oddiy tilda Etika, odob, xulq-atvor ma’nolarini anglatadi;
Ikkinchidan, ma’lum bir ijtimoiy guruhlar, kasb-xunar yoki ixtisosliklar, chunonchi dvoryanlar etikasi, savdogarlar etikasi, tadbirkorlar etikasi, O’qituvchilar etikasi, shifokorlar etikasi, rahbarlar etikasi vash u kabilarni bildiradi.
Uchinchidan, asosan va kо’pchilik holda kishilarning Etika-odobini, xulqini, fe’l-atvorini O’rganuvchi fanni etika, ya’ni Etika deb yuritiladi.
Xuddi shuningdek kundalikhayotda va adabiyotlarda Etika va etika tushunchalar bilan bir qatorda odob tushunchasi ham ishlatiladi.
«Odob» (arbcha «adab» sо’zining kо’pligi) xulq-atvori, yurish-turish madaniyatning tashqi va ichki jihatlarni ifodalaydigan tushuncha. U kishilarning hatti-harakatida, O’zaro munosabatida (oila. mehnat jamoasi va turli marosimlarda) namoyon bо’ladi. Odob kishining jamoat orasida O’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yO’sinda muomala qilishi, O’z turmushi va bO’sh vaqtini qanday tashkil qilishi, inson tashqiyofasi qanday bо’lishi lozimligiga oid qoidalar (masalan, sharmu-hayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni O’z ichiga oladi. Odob ta’lim-tarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi. SHarqning ulkan odob-ahloq nazariyotchilaridan bо’lgan Xusayn voiz Koshifiy «Axloqiy Muhsiniy» asarida odobni quyidagicha ta’riflagan edi:
«Odob - bu qalbni yomon sо’zlardan va nojO’ya xulqdan saqlay olish, O’zini va O’zgalarni ham hurmat qila bilish, shu bilan birga O’zini va O’zgalarning obrO’sini tushirmaslikdir». Voiz Koshifiy odob tushunchasini keng ma’noda tushunadi, yomon sо’zlarni aytmaslik, xulqni tarbiyalay olish, O’zini boshqarish va O’zgalarni hurmat qilishni Axloqiylik deb atagan edi.
Odob – kishilarning hayot va turmushlariga nisbatan belgilab berilgan muayyan Axloqiy chegara yoki me’yor desak bо’ladi. Anna shu chegaradan chiqmay muomala munosabatida bо’lgan, shu me’yorga rioya qilgan odamni odobli, yaxshi xurbiyali, xaqiqiy, chin inson deyiladi. Aksincha xolda odobsiz, tarbiyasiz, yomon odam deb aytiladi. Odob Etikaqa nisbatan tor tushuncha bо’lib, u O’z navbatida barcha Axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishi namoyon bо’lishidir. Odobni O’rganuvchi va O’rgatuvchi fanni «Odobnoma», «Dilnoma», «Saodatnoma» deb ataydilar. Demak, Etika, etika, odob O’zaro bog’liq va ma’lum darajada farq qiluvchi tushunchalar bо’lib, barchasi insonning hatti-harakatini, yurish-turishini, boshqa odamlar bilan munosabatini oilada, jamoada, jamoatchilik joylarda O’zini tutishi kabilarni ifodalaydi. Odatda bularni umumiy falsafiy ma’noad Etika, kundalik hayotda, turmushda odob, xulq, fe’l-atvor va ularni O’rganuvchi fanni (ilmni) etika yoki Etika deb yuritiladi. SHunday qilib, Etika kishilarning yaxshilik va yomonlikka nisbatan munosabatini namoyon etadigan va tarixan tarkib topgan xulq-atvor, yurish-turish va xatti-xarakatini ifodalaydigan, ularning bir-biriga va jamiyatga bо’lgan munosabatlarini aks ettiradigan hamda O’zaro ixtiyoriy tarzda amalga oshadigan norma va qoidalar yig’indisidir. Buyuk mutafakkirlar, olimlar va davlat arboblari ham Etikaqa xudi shunday ta’rif-tavsiflar berganlar. Taniqli rus faylasufi V.G.belinskiy (1811-1848) Etika nima? U nimadan iborat bо’lmog’i kerak? Degan savollar qO’yib, quyidagi javobni keltirib, Etikaqa shunday ta’rif bergan:
«Kishilarning qadr-qimmati va uning yuksak mavqeiga qat’iy, chuqur e’tiqod, unga qizg’in sO’nmas, ishonchdir. SHu e’tiqod, shu ishonch jamiki bashariyat ezguligining, barcha amaliy ishlarning qaynar bulog’idir» CHex xalqparvar pedagogi va jamoat arbobi YA.A. Komenskiy (1592-1675) fikricha: «Axloqiylik deganda biz faqat tashqi muomalani kO’zda tutmaymiz, balki niyatning butun ichki mohiyatini tushunamiz». Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Farobiy (873-950) aytganidek: «Darxtning etukligi uning mevasi bilan bо’lganidek, insonning barcha xislatlari ham ahloqiy tarbiya bilan yakunlanadi». Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy (1878-1934) yozganidek, «Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Qisqa qilib aytganda Etika deb kishilarning yurish-turushlari O’zaro bir-biriga, mehnatga, oilaga, Vatanga bо’lgan tarixiy muayyan munosabatlari, qoidalari va tamoyillarining jamiga aytiladi.Etikaning ilk, dastlabka, quyi, turmushdagi bosqichi odob yoki xulq odobdir. Etika xulq-odob, fe’l-atvor Etika yoki etika fanining baxs mavzui (prdmeti)ni tashkil etadi.
Etika (etika) ning ob’ekti odam, inson, shaxsdir. Biroq Etika kishilar hayoti va faoliyatlarining barcha jihatlarini emas, balki muayan bir sohasi, ya’ni odobini, xulqini, fe’l-atforini, yurish-turishini, O’zaro munosabatini, tabiat, jamiyat va uning hodisalariga bо’lgan munosabatlarini O’rganadi. Xuddi shu ma’noda Etika (etika)ning baxs mavzui muammo sifatida oddiy kishilardan tortib buyuk mutafakkirlarimiz, ziyolilarimiz, davlat arboblarimizgacha qiziqtirib kelgan. CHunonchi Arastu Etika (etika)ni Etikani O’rganadigan amaliy fan, jamiyat haqidagi fanlardan biri deb hisoblagan. Stoiklar Etika (etika)ni alohidan fan sifatida ajratib, uni kо’pincha inson tabiati xaqidagi fan deb tushungan edilar. Niderlandiya faylasufi B.Spinoza (1632-1677) O’zining «Etika» asarida ushbu fanni substantsiya (mohiyat) va uning moduslari (xususiyatlari) tO’g’risidagi ta’limot degani. Frantsuz ma’rifatparvar-faylasufi P.A.Golbax (1723-1793): «Etika odamlararo mavjud bо’lgan munosabatlar vash u munosabatlardan kelib chiqadigan mas’uliyatlar haqidagi fan»,- degan edi. Nemis faylasufi I.Kant (1774-1884) Etika (etika)ni zarur narsalar tO’g’risidagi fan deb bilgan. KO’zga kO’ringan nemis faylasufi G.V.F.Gegel (1770-1831) esa Etika (Etika)ni O’z-O’zidan rivojlanuvchi mutloq g’oya (absolyut ideya) haqidagi fan degan. Etikaning baxs mavzui SHarq, xususan Markaziy Osiyo, shu jumladan O’zbekiston mutafakkirlarining diqqat e’tiborida bо’lib kelgan. Masalan, buyuk mutafakkir, qomusiy olim, tibbiyot ilmining otasi va ustozi Abu Ali ibn Sino (980-1037) shu xaqda tO’xtalib: «Etika har bir kishi uchun O’z-O’zini idora qilish ilmidir»,-deb baholagan edi. Buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi A.Navoiy (1441-1501) Etika mavzuiga yanada kuchliroq urg’u berib, O’zining «Maxbub-ul-qulub» («KO’ngillar sevgani») asarida quyidagicha yozgan edi: «Vafosizda hayo yо’q, hayosizda vafo yо’q, agar kimda bu ikki sifat bо’lmasa, unda iymon ham yо’q». XIII-XIV asrda yashab ijod etgan taniqli Etikashunos olim Majid Xavofiy Etika haqida fan, ya’ni Etika, oila haqida fan, shahar qurilishi va normalar haqidagi fandir». deb ta’riflagan. (mutafakkirlar Etika va adolat haqida. Toshkent, «Adolat», 1995, 17 bet) Buyuk shoir, dramaturg, ma’rianparvar va davlat arbobi A.Avloniy (1878-1943) O’zining «Turkiy guliston yoxud Etika» (1913) asari Etika mavzui haqida: «Insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. YAxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misol ila bayon qiladurgan kitobni Etika deyilur» - degan edi. Xuddi shuningdek axlorqshunoslik (etika) baxs mavzui haqida lug’atlar darsliklar, O’quv qO’llanmalarida ham turli xil ta’riflar bor. «Qisqacha siyosiy lug’at» («O’zbkiston» nashriyoti, Toshkent 1975, 296 bet) shunday deyilgan: «Etika – aloxida sotsial xodisa va ijtimoiy ong shakllaridan biri bо’lgan Etikaning tabiati va mohiyatlarini O’rganuvchi falsafiy fan». «Qisqacha filosofik lug’atda» («Uzbekiston» nashriyoti, Toshkent 1873, 363 bet) bu tO’g’rida quyidagicha aytilgan: etika – Etika nazariyasi, biron Etika sistemasi (tizimini) hamda yaxshilik va yomonlikni, adolat burch, vijdon, baxt, xayotning ma’nosini Biron tarzda ilmiy asoslash» demakdir. «Filosofiya lug’ati» (O’zbekiston nashriyoti Toshkent – 1976, 595 bet) da: «Etika... eng qadimgi nazariy fanlar biri, u Etikani O’rganadi» deyilgan. «O’zbek shO’rolar entiklopediyasi» (Toshkent 1979, jild 13, 306 bet) da quyidagicha ta’rif berilgan: «Etika ijtimoiy ong formasi bо’lgan inson hayotining muhim tomonlaridan hisoblangan Etika, odob masalalarini O’rganuvchi falsafiy fan» deb aytilgan. E.G.Federenkoning «... etika asoslari» (O’qituvchi nashriyoti, Toshkent 1976, 5 bet) O’quv qullanmasida bu tO’g’rida quyidagicha yozilgan: «Etika bu Etika «xulq» nazariyasi bо’lib, kishilarning Axloqiy xayotini O’rganadigan, Axloqiy xodisalarning O’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir». Falsafa fanlari doktori, professor A.ortiqov «Etika asoslari» kursidan lektsiyalar tekstlarida (Toshkent-1999, 3-bet). Ushbu muammo shunday ilmiy ifodalangan: «Etika deb Etika, xulq-odob, Axloqiy ong haqidagi bularning paydo bо’lishi, taraqqiyot bosqichlari, inson hayoti faoliyatining eng muhim jihatlari, kishlarning Axloqiy jihatdan tarbiyalashning yO’l, usul, vositalari haqidagi ta’limotlar sistemasiga aytiladi. Etikaning tarifi anna shundan iborat». Etika (Etika)ning baxs mavzui haqida yuqorida keltirilgan nuqtai nazarlarning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini umumlashtirib, bizningcha quyidagicha ta’riflash mumkin: Etika yoki etika deb inson va insoniyat hayot faoliyatining muhim jihatlari bо’lgan Etika, xulq-odob,fe’l-atvor, ularning mohiyati, paydo bо’lishi, taraqqiyot bosqichlari va rivojlanish qonuniyatlari, maqsadlari, vazifalari va axamiyati, hamda ular tO’g’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlarni O’rganuvchi falsafiy fanga aytiladi. Qisqa qilib aytganda, Etika yoki etika Etikaning mohiyati, xususiyati va rivojlanishi, maqsadi, vazifalari va ahamiyati haqidagi falsafiy fandir. Etika (etika) O’z baxs mavzuini yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, or-nomus, sha’an, qadr-qimmat, baxt-saodat inson xayotining mohiyati, mazmuni va ma’nosi kabi tushunchalar (kategoriyalar), insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, jamoaviylik singari tamoyillar (printsiplar), xalollik, poklik, rostgO’ylik, dO’stlik, vafodorlikka O’xshash Axloqiy qoidalar (normalar) vositasi bilan ochib beradi va asoslaydi. Bular tO’g’risida maxsus mavzuda fikr yuritiladi. Etika (etika) O’z bahs mavzuini O’rganishda falsafa, estetika, pedagogika, psixologiya, madaniyatshunoslik, tarix, siyosatshunoslik, sotsiologiya, tilshunoslik, arxiologiya, ekologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog’liq holda O’rganadi. Borliq, tabiat, jamiyat, inson tafakkur kabi murakkab hodisalarning mohiyati va eng umumiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bо’lgan falsafa Etikaning nazariy, ilmiy-metodologik (uslubiy) asosini tashkil qiladi. Boshqa gumanitar fanlar ham Etikaka O’z bahs mavzuini chuqurroq va har taraflama O’rganish va umumlashtirishlarda dalillar, faktlar hamda materiallar beradi. Bu jarayonda Etika bahs mavzuiga kO’ra nisbiy mustaqilligini saqlab qolib, bilimlar tizimida O’ziga xos va ijobiy O’rinni egallab qoladi. Etika O’z bahs mavzuini ikki-umumiy va xususiy yO’nalishlarda O’rganadi. SHunga muvofiq Etikada umumiy, tarixiy, normativ-aksiologik (qadriyatiy), kasb-xunar, axlobiya Etikashunosligi degan nazariy va amaliy bо’limlar ham shakllangan. Umumiy Etika Etikaning tabiati, mohiyati, xususiyatlari, uning tarkibiy zarrachalari va ularning O’zaro aloqadorligini ilmiy asoslaydi, Axloqiy faoliyat va Axloqiy munosabatlar rivojlanishi xususiyatlarini, Etika taraqqiyotidagi ijtimoiylik, tarixiylik, zamonaviylik, umuminsoniy va milliy jihatlarning O’rni va ahamiyati haqida uning hozirgi holati va taraqqiyoti yO’nalishlari muammolarini O’rganadi. Tarixiy Etika Etikaning tarixiy shakllarini, uning tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini va xususiyatlarini, Axloqiy ta’limotlarning tarixdagi O’rnini tadqiq etadi. Normativ-aksiologik Etika Etika qoidalarini Axloqiy zaruriylik talablarini Axloqiy ongning asosiy tushunchalari sifatida qarab, ularning ijobiy axamiyati, qimmati jihatidan O’rganish va asoslash bilan qiziqadi. Kasbiy Etika u yoki bu kasb-xunar, ixtisoslig yoki rahbarligi faoliyati doirasida kishilarning Axloqiy xususiyatlari bilan shug’ullanadi. Axloqiy tarbiyaning Axloqiy nazariyasi tarbiya jarayonida Axloqiy omillardan samarali foydalanish yO’llari, shakllari va vositalarini belgilash masalalarini umumlashtiradi. Etikaning muxim bir vazifasiinsonlar va jamiyatning kelgusidagi ezgu Axloqiy orzulari, maqsadlari, ezgu-niyatlarini sharqlab berishdir. CHunki insonlar yuksak axlozularsiz yashay olmaydilar. Bularning hamasi Etikaning insonlar va jamiyat hayotida beni katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Atoqli pedagog A.avloniy: «Etika ilmini O’qib, bilib amal qilgan kishilar O’zining kim ekani, janobi haq na uchun xalq qilganin, er yuzida nima ish uchun yurganin bilur. Bir kishi O’zidan xabardor bо’lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O’z aybini bilur, iqror kilub, tuzatmakga sa’y va qO’shish qilgan kishi chin bahodir va paxlavon kishidir». Demak, Etika, odob va etika qoidalarini bili shva ularga tO’la amal qilish kishilarning O’zaro hurmat-extirom bilan tinch-totuv yashashini ta’minlaydi. Aksincha holda, ya’ni Etikaqa, odobga, etikaga kam va etarli e’tibor berilmagan odamda, oilada beandishaliklar, beburdliklar vash u kabilar mavjud joyda salbiy, nojO’ya Axloqiy fazilatlar yuzaga keladi va avj oladi, odamlar orasidan hurmat, mehr-oqibat kO’tariladi, hayot asta-sekin izdan chiqa borib, ijtimoiy hayotning jiddiy tO’sqiniga aylanadi.
Etikaning asosiy va muhim vazifasi kishilarning xulqi, odobi, yurish-turishi, muomalasining mohiyatini, xususiyatlarini va taraqqiyot qonunlarini ochib berishdan iborat. Etika xudi shuningdek Etikaning tushunchalari (yaxshilik va yomonlik, adolat, baxt, vijdon, burch va hokazo) tamoyillarini (insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, baynalmilallik, xamkorlik va hokazo) Etika mezonlari (normalari) jumladan xushmuomalalik, shirinsuxanlik, xalollik, rostggO’ylik, kamtarlik chidamlilik, himmatlilik, samimiylik, dO’stlik, sharmu-hayo va hokazolarni ilmiy-amaliy asoslab beradi. Etikaning YAna bir muxim vazifasi insonlarning Axloqiy tarbiyasini amalga oshirish, Axloqiy kamolotini shakllanishga xizmat qilishdir. Etikaning YAna bir vazifasi, insonlar va jamiyat hayotidagi Etikasizlik illatlarining barcha kO’rinishlarini bartaraf qilish va ularni bartaraf etish yO’llari hamda vositalarini izoxlab berishdan iborat. «YOmon ishlarning teskarisini qilib, yaxshi bо’ldim» degan ekan Luqmoni O’akim. YAna «odobni beodobdan O’rgan» deydilar. Albatta, beodobdan O’rganiladigan narsaning O’zi yо’q, lekin birovlarning xatosi, gunohini salbiy xislatlarini takrorlamagan kishi eng oliy odamdir. Bunday odamning Axloqiyligining O’zi bir qutlug’ ish bо’lsa, birovlarning Etikasizligini takrorlamaganligi uchun ikki kara ulug’dir. CHunki beodobning qilig’i, hatti-harakatlari, fe’l-atvori odob doirasidan tashqarida bо’lgani uchun uning qilayotgan odobsizliklarini kO’rib, shunday qiliqlarni hatti-harakatlarni takrorlamaslik, bu odobdandir. Demak, beodobdan O’rganilgan odob uning beodobliklarini payqay bilish va ularni O’z hayotida qilmaslikdir. Demak Etika Fani inson turmushi va faoliyati, jamiyat hayotida har tomonlama muhim ahamiyatga ega bо’lgan fanlardan biridir. Etika axloqiy, tarixiy va zamonaviy hodisa hamda ijtimoiy ongning O’ziga xos shakllaridan biri deb asoslaydi. Etikaning ijtimoiyligi shundaki, kishilarning Etika-odobi, fe’l-atvori, muomalasi, yuksak ma’naviy fazilatlari ijtimoiy hayotdan tashqarida, insonlar O’rtasida munosabatlardan chetda shakllanishi va rivojlanishi mumkin emas.Bundan bir necha O’n yil muqaddam O’rmon chetida adashib qolgan uch nafar bolani ayiqlar O’rmonga olib ketadi.Bolalar ayiqlar bilan yashashadi.Vaqt O’tishi bilan ular ikki oyoqlab yursalarda, yugurishni, sakrashni, oziq-ovqat topib eyishni, tabiat hodisalaridan saqlanishni, ayiqlarga O’xshash O’kirishni tabiiy holda O’rganadilar. Biroq ular keyinchalik tO’rt oyoqlab yursalarda, kishilik jamiyatidan tashqarida hayvonlar orasida yashaganliklari uchun sо’zlash qobiliyatini yо’qotishadi. Bundan kO’rinadiki, agar inson kishilik jamiyatida yashamas ekan, u haqiqiy ma’nodagi shaxs, xudi shuningdek Etika odobli bо’la olmaydi.Demak,Etika ijtimoiy hodisadir.Etika axoqning bu jihatini,umuman Etikani YAna bir qancha tushunchalar-Axloqiy ong,qarashlar,Axloqiy faoliyat, Axloqiy baholash,Axloqiy hissiyot,Axloqiy munosabatlar Axloqiy tarbiya vositasida yanada kengroq va chuqurrroq O’rganadi.Axloqiy ong kishilarning jamiyatdagi Axloqiy hatti-harakatlari, yurish-turishlari, yashash qoidalari, tamoyillari, shuningdek ularning O’zaro bir-birlariga hamda ijtimoiy guruhlarga, jamiyatga bо’lgan munosabatlarini ifodalovchi qarashlari tasavvurlari,nazariyalarining jamidir. Axloqiy qarashlar Axloqiy ong, Etika, odobning mazmuni, mohiyati, jamiyatdagi kishilar xayoti, faoliyati, taraqqiyotidagi O’rni, ahamiyati tO’g’risidagi qarashlar g’oyalarning tizimidir. Axloqiy ong va Axloqiy qarashlar Axloqiy faoliyat bilan uzviy bog’langan.Axloqiy faoliyat deb O’ziga xos Axloqiy motiv, sabab, intilish bilan, ya’ni yaxshilik qilish,burchga sodiq holda harakat qilish, muayyan Axloqiy ideallarni amalga oshirish maqsadida qilingan harakatlarga aytiladi. Kishilarning Axloqiy faoliyati jarayonida ular O’rtasida shakllanadigan, mavjud bо’ladigan aloqalar, bog’lanishlar,munosabatlarning tizimi Axloqiy munosabatlar deyiladi.(Batafsil qarang: Falsafadan va’z matnlari. Toshkent-1995, 236-237-betlar) Axloqiy faoliyatda Axloqiy hissiyotlar,Axloqiy baholashlar,Axloqiy ideallar,Axloqiy madaniyat kabilarning ahamiyati katta.Axloqiy hissiyot-insonning,shaxsning jamiyat va O’z atrofidagi kishilarga munosabatini ifodalaydigan kechinmalar turini anglatadi.Masalan,insonning va shaxsning O’z qadr-qimmati hissi, ijtimoiy burch hissi, vatanparvarlik, O’rtoqlik, jamoaviylik hissi va xakazo kabilar.Axloqiy baholash-sotsial voqelikning turli hodisalarini va kishilarning hatti-harakatlarini ular qanday Axloqiy ahamiyatga ega bо’lishiga qarab,ma’qullash yoki qoralashdir. Umumiy tarzda Axloqiy baholash yaxshilik va yomonlik tushunchalarida amalga oshiriladi. Axloqiy ideal (maqsad,orzu,istak) yuksak Etikani shaxs rivojining maqsadi bо’lgan mukammal Axloqiy munosabatlar tO’g’risidagi nazariy asoslangan rejalari, tasavvurlari, qarashlari jamini bildiradi.Axloqiy ideal-kishi yoki guruhning intilishi va hatti-harakatini belgilab beruvchi namuna, oliy maqsad, Biron-bir nimaning kamolidir. Kishilarning kundalik turmushidagi hatti-harakatini belgilab beruvchi Axloqiy qoidalardan farqli O’laroq Axloqiy ideal-kishilarning ma’naviy-Axloqiy tarbiyasi va O’zini-O’zi tarbiyalash oqibat maqsadini belgilab beradi,uning intilishi lozim bо’lgan oliy namunani yaratadi. Masalan, ma’rifatparvar Axloqiy ideali,umuminsoniy Axloqiy ideal,demokratik jamiyat Axloqiy ideal iva xakozo. Kishilarda Axloqiy ong,Axloqiy maqsadlar,Axloqiy munosabatlar Axloqiy tarbiya vositasi bilan amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiya Etikaning eng muxim tushunchalaridan biri bо’lib,unga quyidagi ta’rif-tavsif berish mumkin: Axloqiy tarbiya deb inson farzandiga tug’ilgandan to umrining oxirigacha insonga xos barcha ijobiy Axloqiy fazilatlarni singdirib, uni barkamol inson qilishga aytiladi. Axloqiy tarbiya odatda kо’pincha kishilarni ilm, bilim berishdan boshlanishi vash u jarayonda yonma-yon (parallel) va birgalikda amalga oshirilishi sababli ta’lim-tarbiya degan atama kо’proq ishlatiladi. Etikaning ijtimoiyligini tushunishda Axloqiy madaniyatning ahamiyati katta. Axloqiy madaniyat-Etika, Axloqiy ong yordamida shakllanadi. Ularni bir-biridan ajratish noO’rindir. Axloqiy ong - qarashlar, g’oyalar va hissiyotlar yig’indisi va ularning inson ongida aks etishi bо’lsa, Axloqiy madaniyat anna shu aks etilgan narsalar inson xarakteriga, tabiatiga singib, amaliy faoliyatda nimoyon bо’lishidir. Axloqiy madaniyatda Axloqiylikning nazariy jihatlari O’z aksini topadi vash u bilan bir qatorda, u anglangan Axloqiy faoliyat bilan uzviy bog’lanib ketadi. Axloqiy madaniyat tarixiy tarkib topgan Axloqiy norma va qoidalarni davr nuqtai nazaridan qayta kO’rib chiqilib, aniq shart-sharoitlar asosida rivojlantirishda ifodalaydi. SHu jihatdan Axloqiy madaniyat Axloqiy qadriyatdan farq qiladi. Ayni vaqtda Etika Axloqiy qadriyatga suyanadi va Axloqiy madaniyatga manba bо’lib xizmat qiladi. Axloqiy madaniyat mustaqil falsafiy kategoriya bо’lib, Etika, Axloqiy ong kabi tushunchalar bilan uzviy bog’liq va bir butunlikni tashkil qiladi, Axloqiy nazariyani amaliyot bilan bog’laydi, kishilardagi Axloqiy qarashlar, g’oyalar, ichki-kechinma va hissiyotlarning qay darajada anglanganlangini bildiradi hamda bu insonning Axloqiy etukligini kO’rsatib, ma’naviy extiyojiga aylanganligini kO’rsatadi. Bevosita anna shundan Axloqiy madaniyatning mohiyati va rivojlanish xususiyati kelib chiqadi. Bu tushunchalarning hammasi Etikaning ijtimoiyligining mohiyatini va xususiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Etika Etikani tarixiy xodisa deb O’rganadi va O’rgatadi. CHunki Etika birdaniga paydo bо’lmagan u qadim (ibtidoiy) davrlardayoq vujudga kelib, bir qancha tarixiy bosqichlarni O’tib, O’zgarib, almashinib, rivojlanib, taraqqiy qilib, xozirgi davrda ham yanada takomillashib bormoqda. Etika tarixiy O’zgarishining ijtimoiy va ma’naviy manbalari bо’lib kishilarning shaxsiy va umumiy manfaatlari, orzu-istaklari, mehnat, sotsial muxit, jamoatchilik fikri, ilm-ma’rifat, din hisoblanadi. Insonlar va jamiyat hayotida Etikaning, uning tamoyillari, tushunchalari va qoidalarining tarixan O’zgarib, almashinib, rivojlanib, taraqqiy etib borish jarayonini Etika (etika) da Axloqiy progress (taraqqiyot) deyiladi. Bu jarayonda Axloqiy tizimlar va ta’limotlar birdaniga O’zgarib, yо’qolib ketmaydi. Insoniyat Xamisha O’tgan avlodlar Etikaidagi ijobiy jixatlarni saqlab, mustahkamlab rivojlantiradi, ya’ni doimo merosdan foydalaniladi. Axloqiy meros deb qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan Axloqiy boyliklar Axloqiy O’gitlar, pant-nasixatlar, g’oyalar, ta’limotlar, oilalar, tamoyillar jamini tushunamiz. Etika ayni vaqtda zamonaviy xodisadir, chunki Etika boshqa ijtimoiy – ma’naviy xodisalar singari jamiyatdagi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy, fan-texnika, san’at madaniyat kasbi sohalardagi yutuqlarni O’zida aks ettiradi. Karimov I.A. ta’kidlaganidek: «Kattalarni hurmatqilish, oila va farzandlar tO’g’risida g’amxO’rlik qilish, ochiq kO’ngillik, millatidan qatiy nazar odamlarga xayrixohlik Bilan munosabatda bо’lish, O’zgalar kulfatiga xamdard bо’lish va O’zaro yordam tuyg’usi kishilar O’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, O’z Vataniga mexr-muhabbat mexnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat ehtirom O’zbekiston axolisiga xos fazilatlardir». (Karimov I.A. O’zbekistonning O’z istiqlol va taraqqiyot yO’li. Toshkent – 1992, O’zbekiston, 11 bet) Ta’kitlanganlarning hammasi Etika ham O’ziga xos ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligini va u alohida, ba’zi kishilarga emas, balki jamiyatdagi barcha kishilarga xos bо’lib ularning ijtimoiy hayotdagi xatti _arakatlari, yurish-turishlari, O’zaro bir-biriga hamda ijtimoiy birlashmalarga bо’lgan munosabatlarni ifodalaydi hamda tartibga solib, insonlar hayotida tarbiyalovchi omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Etika fan sifatida O’zining maqsadlari vazifalariga ega. Etikaning asosiy maqsadi yuksak Axloqiy fazilatli, Axloqiy kamolotni O’zida mujassamlashtirgan etuk insonlarni voyaga etkazish va tarbiyalashga xizmat qilishdan iborat. Bunga Etika O’z vazifalari bilan munosib xissa qO’shadi. Etikaning muxim vazifalaridan bilish, bilishlik bо’lib, uning maqsadi Etikaning mohiyati, xususiyatlari jamiyat hayotidagi O’rni va axamiyatini chuqur va xar taraflama asoslab beradi. Bu fan asoslarini bilmagan kishi barkamol bо’la olmaydi.