11-mavzu. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati



Yüklə 152,89 Kb.
səhifə17/17
tarix23.03.2023
ölçüsü152,89 Kb.
#89289
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Merged document (1)

Vahhobiylik – diniy–siyosiy oqim bo’lib, Markaziy Arabistonning Najd vohasida XVIII asrning 40-yillarida Muhammad ibn Abdul-Vahhob (1703–1792 yillarda yashagan) tomonidan asos solingan. Bu ta’limot IX asrda vujudga kelgan xanbaliylik mazxabining asoschisi Axmad Abu Abdulloh ash-Shayboniy (780–855 yillarda yashagan) ta’limotining ayrim tajovuzkor jihatlarini, XIV asrdagi suriyalik ilohiyotchi T.Taymiyyaning ba’zi qarashlarini o`z faoliyati uchun asos qilib olgan.
Vahhobiylik islom g`oyalariga siyosiy tus berib, din nomidan ish yuritib, guyoki islomni payg`ambar davridagi «asl holatiga qaytarish», ya’ni uni tozalash, barcha musulmonlarni islomning yashil bayrog`i ostida birlashtirish kabi g`oyalarni ilgari suradi. Bu mafkuraning ijtimoiy mohiyati Ollohdan boshqa barcha diniy va hayotiy qadriyatlarni inkor qiladi. «Qur’oni Karimning muqaddas»ligini e’tirof etsa-da, uning tafsirini inobatga olmaslik, choriyorlarni (hazrati Abu Bakr, hazrati Umar, hazrati Usmon, hazrati Ali), aziz-avliyolarni, buyuk piru valiylarni tan olmaslik, muqaddas qadamjolarni buzib tashlashni targ`ib qilishda namoyon bo`ladi. Ular islom dinidagi mazhablar — xanafiylik, molikiylik, shofiiylik, ja’fariylik vakillarini kofir deb ataydilar.
Vahhobiylar Muhammad payg`ambarning «kishilarga dindagi og`ir, mashaqqatli amallarni emas, engil va osonlarini buyuring, ularni xotirjam qiling, og`ir amallarni buyurib, dindan qo`rqitib, cho`chitib yubormang» yoki «qo`li bilan va tili bilan o`zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir», degan hadislariga amal qilmaydi, aksincha, ularga zid ish tutadi. Ular dunyoviy madaniyatni inkor qilib, musiqa, teatr, tasviriy san’at bilan shug`ullanishni, undan zavq-shavq olishni qoralaydi, bu ishlarni kufr va gunohi azim deb hisoblaydi.

3. O’zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash.


Bugungi kundа diniy ekstrеmizm vа xаlqаrо tеrrоrizm dunyo mаmlаkаtlаri uchun nаfаqаt tаshqi, bаlki ichki xаvfsizlikkа hаm dаxldоr mаsаlаgа аylаndi. Zеrо, diniy ekstrеmistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakillantirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlashga intilmоqdаlаr. Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstrеmizm va xalqaro terrorizmning xavfi 1990-yilda Namangan va Andijonda, 1990-1996-yillarda Tojikistondagi fuqаrolik urushi va mojаrolar davomida, 1999-yili 16-fevralda Toshkent shahrida, 1999-2001-yillari Qirg`izistonning Botken, O`zbekistonning Surxandaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004-yilning iyul oyida Toshkent shahrida, 2005 yil mаy оyidа Аndijоndа amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari timsolida o`zini ko`rsatdi.
Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi diniy mutaassiblik, aqidaparastlik, ekstrеmizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan kelib chiqib, jahon hamjamiyati birgalikda unga qarshi kurashish lozimligi to`g`risidagi g`oyani jahonning nifuzli tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. To`g`risini aytish kerak, O`zbekistonning diniy ekstrеmizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyosatinig mohiyatini rivojlangan mamlakatlar va dunyoning nufuzli xalqara tashkilotlari kechroq angladi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma`ruzasida jahon hamjamiyatini Afg`oniston muommosini ichil o`rganish va yechishga chaqirdi. “Tolibon” harakatining diniy mutaassib va jangarlik faoliyati haqidagi ushbu haqqoniy fikr faqat AQSHdagi 2001-yil 11-sentabr fojialaridan so`ng tan olindi.
O`zbekistonning diniy ekstrеmizm va halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqiyosda tinchilik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaq, xalqning erkin farovon hayotni ta’minlashdir.
Ekstrеmizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurash haqida gap ketar ekan, O`zbekiston Afg`onistonda tinchilikka erishishda BMTning faolligini kuchaytirish, Afg`oniston ichki ishlariga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish va qurol-yarog` olib kirishni ta’qiqlash, ekstrеmizm va xalqaro terrorizmning moliyaviy manbai bo`lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi halqaro miqiyosda kurash kabi masalalarda ham e’tiborga molik takliflarni ilgari surganini ta’kidlash zarur. O`zbekiston bu tashabbuslar amalgam oshishi uchun o`zining ichki siyosatida ham tegishli chora-tadbirlarni amalgam oshirdi. Xalqaro shartnomalarda ishtirok etish. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko`plab xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarni izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o`zining tashabbuslarini ilgari surayotgani ham alohida ta’kidlash zarur.
Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta hujjatli (11 ta Konversiya va 2 ta protokoli) mavjud. Hozirda O`zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida 1971-yildagi fuqoro aviyatsiyasining xavsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash; 1973-yildagi xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf etish; 1979-yildagi garovga olish harakatlariga qarshi kurash; 1980-yildagi yadroviy materiallarning himoyasi; 1988-yildagi dengiz kemalari xarakati xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash; 1997-yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash; 1999-yildagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash xalqaro konvensiyalari borligini ko`rish mumkin.
Bugungi kunda BMT tomonidan “Yadroviy terrorizm xurujgalarga qarshi kurash to`g`risida”gi xalqaro konvensiya va “Terrorizmga qarshi kurash bo`yicha yalpi konsepsiya” loyhalari tayorlanayotgani O`zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash borasidagi tashabbuslariga hamohangdir.
Bugungi kunda BMT tomonidan “Yadroviy terrorizmxurujlariga qarshi kurash to`g`risida”gi xalqaro konversiya va “Terrorizmga qarshi kurash bo`yicha yalpi konsepsiya” loyihalari tayorlanayotgani O`zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash borasidagi tashabbuslariga hamohangdir.
O`zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terroòizmga qarshi kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomani imzolagan. Ularning ichida 1977-yildagi terroòizmning oldini olish; 1978-yildagi shaxslarning o`qotar qurollarni sotib olish va ularning saqlanishini nazorat qilish; 1983-yildagi zo`ravonlik bilan amalgam oshirilgan jinoyatlar oqibatida jabrlanganlarga kompensatsiyalar berish to`g`risidagi Yevropa Konvensiyalari hamda 1957-yildagi ekstradiksiya to`g`risidagi Yevropa Konvensiyasi 1975 va 1978-yildagi qo`shimcha protokollari va 1959-yildagi jinoiy ishlar bo`yicha o`zaro huquqiy yordam to`g`risidagi Yevropa Konvensiyasining 1978-yildagi qo`shimcha protokoli bilan imzolanganini alohida qayd etish lozim.
Qayd etilgan konvensiya va protokollarda mustahkamlanib qo`yilgan qoidalar respublikamizda qabul qilinayotgan qonunlar va boóhqa hquqiy-meyoriy hujjatlarda ham izchil ifodasini topayotganini ta’kidlash zarur.
Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash. Markaziy Osiyo davlatlari o`z mustaqilligiga erishganlaridan so`ng xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash ularning har biri uchun birlamchi masalaga aylandi. Mintaqa aholisining qaryib 45 foizi yashaydigan O`zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik respublikadir. Respublikamizning jahon geosiyosiy tizimidagi o`rni va geostrategik salohiyati uning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi mavqrining o`ziga xosligini ko`rsatdi. Shundan kelib chiqib, O`zbekiston diniy ekstrеmizm, xalqaro terrorizm, narkobiznes kabi xavflarga qarshi kurashga Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan jiddiy e’tibor qaratilishiga O`z hissasini qo`shib kelmoqda.
2002-yilning oktyabr oyida BMT va YEXHT bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustaxkamlash: narkotik moddalarning g`ayriqonuniy aylanishi, uyishgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik” mavzuida Toshkentda o`tkazilgan xalqaro konfirensiya ham bu yo`nalishdagi ishlar ko`lamidan dalolat beradi. 70 ta mamlakat va 40 ta xalqaro tashkilotdan ekspertlar ishtirok etgan mazkur anjuman xalqaro terrorizmga qarshi kurash strategiyasiga umumiy yondashuvlar borasida amaliy takliflar tayorladi.
Markaziy Osiya hamkorligi tashkiloti doirasida ham O`zbekiston diniy ekstrеmizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xavfini o`zaro hamkorlikda bartaraf etish bo`yicha qator tashabbuslar bilan chiqib, uni ro`yobga chiqarib kelmoqda. 2000-yil 21-aprelda Toshkentda O`zbekiston, Qozog`iston, Tojikiston va Qirg`iziston respublikalari terrorizm, siyoóiy va diniy skstrimizm, xalqaro uyishgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga havf tug`diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qilish haqida shartnoma imzolagani ham buning isboti bo`la oladi.
Ayni payitda, O`zbekiston va Turkmaniston prizdentlari tomonidan 2004-yil 19 noyabrda Buxoroda imzolagan bir qator shartnomalarida ham ikki davlat orasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda Markaziy Osiyo mintaqasida terrorizm, narkobiznes va uyishgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik ham nazarda tutilganini qayd etish zarur.
I.A.Karimov 1993-yilning 28-sentabrida BMT Bosh Assambliyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud yaratish borasidagi tashabbusni ilgari surgan edi. Diniy ekstremistlar va xalqora terrorcha kuchlar ommaviy qirg`in qurollariga ega bo`lishiga intilayotgan hozirgi davrda yadro quroli yaratilishi uchun zarur bo`lgan materiallar tarqatilmasligiga qaratilgan ushbu harakat BMT va jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1997-yilning 9-dekabrida bo`lib o`tgan 52-sessiyasida “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish” to`g`risida rezolyutsiya qabul qilindi.
Qayd etilgan misollar, diniy ekstremizim, xalqaro terrorizim, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilikning global, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka tahdid ekanini chuqur anglagan holda ilgari surayotgan tashabbuslari va amaliy faoliyati O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik vabarqarorlikni ta’minlashning muhim bo`g`ini ekanidan dalolat beradi.
O`zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo`yicha mintaqaviy tashkilotlardagi ishtiroki. O`zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham yorqin namoyon bo`lmoqda. Jumladan, O`zbekiston YEXHT, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH), Shanhay Hamkorlik tashkiloti (SHHT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishga faol qatnashib kelmoqda. Zero, O`zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarida qatnashishi uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir.
O`zbekiston MDHdagi aksilterror markaziy ishida ham faol qatnashmoqda. SHHT doirasidagi Aksilterror markazining Toóhkent shahrida joylashtirilishini esa respublikamizning ekstrеmizm va terrorizmga qarshi kurashdagi faolligining e’tirofi sifatida qarash mumkin. MOH tashkiloti ish rejalarini havfsizlikning umumiy muhitini mustahkamlash, shu jumladan, diniy ekstrеmizm va terrorizmga qarshi kurash chora-tadbirlari ham aks etgan.
2004-yil 17-18-oktabrda Dushanbeda MOH tashkilotiga a’zo davlatlarning rahbarlari kengashida, O`zbekiston Prеzidenti tashabbusi bilan, Rossiya Federatsiyasi ushbu tashkilot ta’sischilar safiga qo`shildi. Ushbu anjumanda Markaziy Osiyoda suv-energetika, oziq-ovqat va transport konforsiumlarini tashkil qilish va umumiy bozorini shakillantirish, Afg`onistonni tiklash ishlarida MOH tashkilotiga a’zo davlatlarning hamkorligi masalalari ko`rib chiqildi.
O`zbekistonning yuqorida qayd etib o`tilgan mintaqaviy tashkilotlarning ishida faol ishtiroki, tashabbuslari va takliflari global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O`zbekistonning tutgan o`rni muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Keng qamrovli islohotlar – jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy omili. Jamiyatning barqaror rivojlanishida ijtimoiy hayotning barcha sohalarda tadrijiy va tizimli ravishda amalgam oshiriladigan islohatlar muhim ahamiyatga ega bo`lib, tub, sifatiy o`zgarishlarning asoóini tashkil etadi. O`zbekistonda bunday islohatlar respublika Prеzidenti I.A.Karimov tomonidan batafsil bayon qilingan iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchiligi, jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tishdek besh tamoyilga asoslanadi.
Huquqiy davlat qurish borasida respublikamizda kang miqiyosli ishlar amalgam oshirilib, bu yo`nalishda katta yutiqlarga erishildi. Xalqaro andozalarga javob beradigan va milliy o`zligimizni aks ettiradigan Konstitutsiya qabul qilindi. O`zbekiston inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan, jahon miqiyoóida e’tirof etilgan ko`plab xalqaro deklaratsiya, konvensiya va hujjatlarga qo`shildi va shundan kelib chiqadigan siyosiy va huquqiy qoidalar respublikamizning siyosiy taraqqiyotida va huquqiy me’yoriy tizimni rivojlantirish jarayonida inobatga olinmoqda. Lekin bu borada hali muayyan muammolar ham mavjud. Chunki qisqa qisqa vaqt mobaynida bunday har tomonlama va chuqur o`zgarishlarni amalgam oshirish juda qiyin. Ayni payitda, inson huquqlari va erkinliklarining qamrov doirasi kengayib, rivojlanib borayotganini va har bir mamlakatda o`ziga xos tarzda namoyon bo`layotganini ta’kidlash zarur.
Tolerantlik (bag`rikenglik) munosabati barcha ijtimoiy guruhlar va shaxslar orasida amalgam oshirilgan taqdirdagina dunyoviy davlat va jamiyat barpo etilishi mumkin. Shu sababli inson huquq va erkinliklari, o`zligini anglashi va namoyon qilishini ta’minlash dunyoviy demokratik davlat qurishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Shunday ekan, dunyoviy davlatni o`z ideali tarkibiga asos qilib qabul qilmaydigan ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar davlat hokimiyatiga erishish uchun bo`ladigan demokratik, ko`ppartiyaviy raqobatda qtnashish huquqiga ega bo`lmasligi kerak.
Din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat. Bugungi kunda skstrimizmning eng keng tarqalgan shakli bu diniy ekstrеmizmdir. Diniy tafakkurning siyosiylashuv jarayoni global miqyosida, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham dolzarbmuammo bo`lib qolmoqda.
O`zbekiston Respublikasida din sohasidagi siyosat qonuniylik, demikratiya, dunyoviylik va inson huquqlarini ta’minlanish tamoyillari asoóida olib borilmoqda. Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi Qonunda dinning davlatdan ajratilgani, vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlangani hamda diniy ekstrеmizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari ifodalangan.
Mamlakatimizda fuqarolarning o`z diniy huquqlarini amalgam oshirishlari uchun yaratilgan sharoitlarni diniy tashkilotlar misolida ham ko`rish mumkin. Hozirda respublikamizda 2186 tq diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ularning faoliyati tom ma’noda tiklanadi va rivoj topmoqda. Prizdentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan, diniy va dunyoviy fanlar bo`yicha bilim beriladigan Toshkent islom unverstitetining faoìiyat ko`rsata bilishi esa bu yo`nalishdagi muhim qadamlardan bo`ldi.
Bundan tashqari fuqorolarga islom dinining ezgu mohiyatini tushintirish maqsadida O`zbekiston musilmonlari idorasining “Hidoyat” oylik jurnali va “Islom nuri” Gazetalari muntazam chop etilmoqda. Respublika televideniyasi orqali “Ziyo” studiyasi va “Hidoyat sari” ko`rsatuvlari muntazam berib borilmoqda.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda ko`plab qadimgi diniy-madaniy obidalar tiklandi. Buyuk muttafakirlarimizning yubileylari mamlakatimiz va jahon miqiyosida keng nishonlandi. Ro`za va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilindi. Davlat tomonidan haj safariga boorish uchun keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi.
Islom dini millionlab kishilarning dunyoqarashi mazmuni tashkil etgan holda ma’naviy qadryatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetqazishda beqiyos ahamiyatga egadir. Diniy ekstrimiza va terrorizm g`oyalari ta’siriga berilgan kimsalar har qancha urunmasinlar muborak islom dini, xalqimizning kelajakka bo`lgan ishonchi, e’tiqodini, tinchligimizni oyoqosti qilmaydilar hamda o`zbek halqini o`zi tanlab olgan demokratik taraqqiyot yo`lidan qaytara olmaydilar. Zero, halqimiz islom dinidan o`zlarining qabih siyosiy maqsadlari yo`lida foydalanmoqchi bo`lgan buzg`unchi kuchlarning asl maqsadini anglab yetdi va mamlakatimizda olib borilayotgan vijdon erkinligi, diniy bag`rikenglik va demokratiyaga asoólangan dunyoviy davlat qurish siyosatini to`la qo`llab-quvvatlamoqda.
Fuqarolarda diniy ekstrеmizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetini shakillantirish.
Mаfkurаviy immunitеt tushunchаsini birinchi bоr Prеzidеntimiz Islоm Kаrimоv ishlаtgаn vа uning mоhiyatini quyidаgichа tushuntirib bеrgаn: «Mа`lumki, hаr qаndаy kаsаllikning оldini оlish uchun, аvvаlо, kishi оrgаnizmidа ungа qаrshi immunitеt hоsil qilаdi. Biz hаm fаrzаndlаrimiz yurаgidа оnа Vаtаngа, bоy tаriximizgа, оtа-bоbоlаrimizning muqаddаs dinigа sоg’lоm munоsаbаtni qаrоr tоptirishimiz, tа`bir jоiz bo’lsа, ulаrning mаfkurаviy immunitеtini kuchаytirishimiz zаrur».
Tarix o`zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini ko`rsatdi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan tortib Yer yuzining har qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qitalararo ballistic raketalargacha bo`lgan uzoq takomil yo`lni bosib o`tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo`lgan hududlar aholisini jismonan yo`q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o`zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini mavh etish shart emas. Zero, ong va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma’qul” yo`nalishga o`zgartirilgan yerlik aholi ko`magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilib olish mumkin bo`lib qolmoqda.
Yuqoridagi mulohazalardan ham kishilar qalbi va ongini egallash g`oyaviy kishilarning bosh maqsadiga aylanganini anglab yetish mumkin. “Bugungu kunda, - deb yozadi Yurtboshimiz, - insoniyat qo`lida mavjud bo`lgan qurol-yarog`lar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim”.
Shunday sharoitda mohiyatan gayriinsoniy, shu jumladan, diniy ekstremistik g`oyalarga qarshi tura olish uchun kishilarimizda mafkuraviy immunitetni shakillantirish markaziy masalalardan biriga aylanmoqda.
Immunitet (lot. Immunitas – ozod bo`lish, qutilish) deganda tibbiyotda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o`zini turli, shu jumladan, zararli ta’sirlardan himoya qilishga doir bo`lgan xsusiyatlari majmuyi tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infeksion kasalliklarga berilmaslik xsusiyatini ham ifodalaydi.
Insonning tug`ma bo`lgan umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda mafkuraviy immunitetni shakillantirib borish zarur. Uhar bir avlod uchun o`ziga hos xsusiyatga ega bo`ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlashga (immunitetga ega bo`lmagan chaqaloqlarning uzoq yashay olmasligini eslaylik) xizmat qiladi.
Mafkuraviy immunitet tizimining, asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Diniy ekstrеmizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan “bilim”larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishda harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlarob’yektiv bo`lishi, voqeylikni to`liq va to`g`ri aks ettirishi, inson ma’naviyatini boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu, bir tomondan. Ikkinchi tomondan, bu o`z mohiyat e’tiboriga ko`ra, Vatan, millat, insoniyat manfatlari bilan uzviy bog`liq bo`lmog`i kerak. Fuqarolarimizning asl islom haqida xolis va yetarli bilimga ega bo`lishlari diniy ekstrеmizmga qarshi immunitetni shakillantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Mafkuraviy immunitetni ikkinchi asosiy unsuri ana shunday bilimlar zamirida shakillanadigan baholar, uning zamirida yuzaga kelgan baholar, qadriyatlar ham mustahkam bo`ladi. Bir so`z bilan aytganda, qadryatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infeksiyalar yo`lida mustahkam qalqon bo`lib hizmat qiladi.
Qayd etilgan mulohazalar asl islom haqida muayyan bilimlarga ega bo`lish, uning bayrog`i ostida taqdim etilayotgan g`oyalar, qarashlar va harakatlarni to`g`ri baholash, ularning mohiyatidan islomiy qadryatlarga butunlay zid ekanini anglab yetishga xizmat qiladi, degan xulosani chiqarish imkonini beradi. Bilimlar va qadryatlar tizimi ham mafkuraviy immunitetni mohiyatini to`liq namoyon ifoda eta olmaydi. Zero, mafkuraviy immunitetning uchunchi muhim unsuri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi mo`ljal va maqsadlar tizimi bilan bog`liq.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g`oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo`qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o`z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o`rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan xilma-xil shakillarda amalgam oshiriladigan g`oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodi, ma’naviy ishlar majmuyini to`g`ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy istiqlol g`oyasi ruhi bilan yo`g`irilgan ana shunday tarbiya tizimi yaratildi. Uni doimiy takomillashtirib boorish va davr da’vatlariga hozirjavobligini ta’minlash esa har birimiz va hammamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Zero, Prizdentimiz ta’kidlaganidek, “Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlarga tahdid soladigan, uni o`z ta’siriga olish, uning usidan hamkorlik qilish, uning boyliklaridan o`z manfati foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy havf sifatida saqlanib qolishi muqarrar”.
Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandumizni kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashimizdek asosiy shartlardan biri bo`lib qolaveradi.

1Каримов И.А. Оила фаровонлиги- миллат фаровонлиги Маърифат // 1997й,10дек.

2 Қаранг: Гегель Г. Философия права. Москва. Мўсль, 1990. с.290.

3 Каримов И.А. Асарлар. 15 томлик. Т /Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Тошкент. Ўзбекистон. 77-б.



4 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B. 96.

5 (CD-ROM диск: Энциклопедия стран мира. Version 1.0. Copyright 2001. Studio Korax).

Yüklə 152,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin