11-mavzu. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati


Vahiy nozil bo‘lishining boshlanishi



Yüklə 152,89 Kb.
səhifə11/17
tarix23.03.2023
ölçüsü152,89 Kb.
#89289
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Merged document (1)

Vahiy nozil bo‘lishining boshlanishi. Muhammad payg‘ambar 40 yoshga yetganida ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msaydigan bo‘lib qoldi. Shunday paytlarda Makkadan 3 mil uzoqdagi Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga chiqib ketar, yerlik aholi odaticha ramazon oyini u yerda ibodat bilan o‘tkazardi. G‘amlagan oziqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir oz vaqtdan so‘ng yana o‘sha g‘orga ketar edi. U yerda o‘zini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar, g‘oyibdan quloqlariga «Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. Ko‘p tush ko‘rar, tushida ko‘rgan narsalari o‘ngida to‘g‘ri chiqar edi.
Islom tarixida ilk vahy «Alaq» surasining boshidagi besh oyatdir. Xadicha vahy nozil bo‘lishi haqidagi xabarni yaxshilikka yo‘yib, Varaqa ibn Navfal nomli samoviy kitoblardan boxabar bo‘lgan qarindoshidan bo‘lib o‘tgan voqeaning tafsilotini so‘radi. Varaqa ibn Navfal buni payg‘ambarlikning nishonasi deb ta’bir qildi. Nozil bo‘layotgan vahiylarda Payg‘ambarga o‘z qavmini qiyomat haqida ogohlantirish, yagona, barchani yaratgan Parvardigordan qo‘rqishga chaqirish uchun ko‘rsatmalar bo‘ldi. Shundan so‘ng Muhammad payg‘ambar yashirin da’vatga o‘tdi. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib islomni qabul qilishdi. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar soni 30 kishiga yetdi. Ular o‘z dinlarini yashirin saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi.
Ochiq da’vatdan so‘ng Makka mushriklari Abu Bakr, Usmon ibn Affon kabi islomni qabul qilgan ulug‘ va badavlat zotlarga hech narsa deya olmasalar-da, ammo zaif, kambag‘al, himoyasiz musulmonlarni qattiq siquvga oldilar. Habashistonga borishni istagan 11 erkak va to‘rt ayoldan iborat bo‘lgan birinchi guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketdi. Ularning ichida Usmon ibn Affon va xotini Ruqayya (Payg‘ambarning qizi), Abu Huzayfa va xotini, Zubayr ibn al-Avom, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Mas’ud bor edilar. Guruh boshlig‘i Usmon ibn Maz’un edi. Bu 15 kishi vahyning beshinchi yili Habashistonga (Oqsum podshohligi) yetib keldilar. Ularni Habashistonda xristianlar juda yaxshi kutib oldilar. U yerda yaxshi, sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta hayot kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so‘ng ikkinchi guruh holida u yerga hijrat qildilar. Bu guruhning boshida Ja’far ibn Abi Tolib (Alining akasi) bo‘lib, ular 80 kishi edilar. Habashiston xalqi va uning podshohi Najoshiy muhojirlarga juda yaxshi munosabatda bo‘ldilar.
Makkaliklarning qattiq qarshiliklaridan ko‘p ozor chekkan Payg‘ambar Toifga yo‘l oldi. Biroq toifliklardan hech kim islomni qabul qilmadi. Shu qiyinchilik yillarida «Isro va Me’roj» voqeasi yuz berdi. Qur’ondagi «Isro» va «Najm» suralarida bu hodisa haqida so‘z yuritilgan.
Da’vatning o‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida «Aqaba» deb ataladigan bir tepalikda Yasrib (Madina) shahridan kelgan olti kishini uchratib, ularni islomga da’vat etdilar. Ular islomni qabul qildilar. Ushbu uchrashuv islom tarixida «Birinchi Aqaba bay’ati» deb nom oldi. Unda As’ad ibn Zarora, Rafi’ ibn Molik, Avf ibn Horis, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdullohlar Payg‘ambarga din shartlarini bajarishga «bay’at» (qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj mavsumida ham Aqaba bay’ati bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi uchrashuvda madinaliklardan 12 kishi, uchinchisida esa 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqealardan so‘ng Payg‘ambar Madinaga hijrat qilishga qaror qildi.

Yüklə 152,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin