O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan
“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”
shiori ostida tayyorlagan bir soatlik
Mavzu: Bu aziz vatan barchamizniki.
Dars shiori: “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” Maqsadlar: ta'limiy: Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqealigi haqida tushuncha beriladi;
tarbiyaviy: o’quvchilarni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar;
rivojlantiruvchi:bolalarning Vatan tarixi, buyuk ajdodlarimiz, ulug' siymolar haqidagi bilimlarni kengaytiriladi.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarda o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, ota-ona
Dars turi: mustahkamlovchi, yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars usullari: yakka tartibda va kichik guruhlarda ishlash, suhbat-munozara, taqdimot, savol-javob.