Darsning mavzusi: “Yagonasan,muqaddas Vatanim,sevgi va sadoqatim senga baxshida,go’zal O’zbekistonim


O‘qituvchi:— Aziz bolajonlarim, O‘zbekiston qanday davlat? O‘quvchi



Yüklə 48,74 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2023
ölçüsü48,74 Kb.
#188090
1   2   3   4
Bu aziz Vatan barchamizniki 5-9 sinf

O‘qituvchi:— Aziz bolajonlarim, O‘zbekiston qanday davlat?
O‘quvchi: — Mustaqil davlat.
O‘qituvchi: — Mustaqilligimiz qachon e’lon qilingan?
O‘quvchi: — O‘zbekiston mustaqilligi 1991- yil 31- avgust kuni e’lon qilingan.
O‘qituvchi: — Qani, aytingchi, 31 yil ichida davlatimiz nimalarga erishdi? (Davlat ramzlari, mustaqillik odimlari, sport yo‘nalishida erishilgan yutuqlar haqida o‘quvchilar bir-birlari bilan savol-javob qilishadi).
Slaydlar orqali mustaqillik yillarida Vatanimizda ro‘y bergan o‘zgarishlar, madaniy ma'rifiy ishlar, yurtimizda amalga oshirilgan obodonlashtirish, diyorimizda qad ko‘targan muhtasham binolar, yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida lavhalar ko‘rsatiladi va sarlavha qo‘yadi.
O‘qituvchi:
Ey bilmdon bolajonlar,
Qani, o‘ylab ko‘raylik,
Biz kimlarning vorislari,
Bir-bir sanab o‘taylik.
O‘quvchi: — Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom Buxoriy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi ta’rifi dunyoga mashhur buyuk bobolarning avlodlarimiz. (O‘quv­chilar buyuk siymolar haqida she’rlar aytadilar, kompyuterda ularning portretlari aks etgan slayd namoyish etiladi).


2 022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda.
Buyuk istiqlolimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ulkan ahamiyat va mohiyatini hisobga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini munosib kutib olmoqdamiz.

Yüklə 48,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin