Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
101
w
www.oriens.uz
October
2022
IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARI
Abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining o’qituvchisi
e-mail:abdumominjumayev@gmail.com
Tel:+998915100514
Og‘abek Bahriddin o‘g‘li Mamayusupov
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining talabasi
e-mail:ogabekmamayusupov2@gmail.com
Tel:+998978472807
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jahon ilm fani yuksalishida o’zining beqiyos hissasini
qo’shgan, O’rta Osiyo hududida birinchi rennessans davrida ijod qilgan, buyuk
ajdodimiz “Tib ilmining sultoni”-Abu Ali ibn Sinoning hayot yo’li, ilmiy ijodi va
uning asarlaridagi falsafiy qarashlar yoritilgan.
Kalit so’zlar: Rennesans, Tabobat, alloma, sharq, shayxurrais, Avitsenna,
Afshona, Buxoro, Tib qonunlari.
АННОТАЦИЯ
В данной статье жизненный путь, научная деятельность и философские
взгляды нашего великого родоначальника «султана врачебной науки» - Абу Али
ибн Сины, внесшего несравненный вклад в подъем мировой науки, созданной в
период первого ренессанса в Средней Азии, и его работы освещены.
Ключевые слова: Ренессанс, Медицина, аллома, шарк, шайхуррайс,
Авиценна, Афшана, Бухара, тибские законы.
KIRISH
Abu Ali ibn Sino (980-1037). Allomaning to’liq ismi Abu Ali al-Husayn ibn
Abdulloh ibn al-Hasan ibn Sino bo’lib, kunyasi Abu Alidir.
Xalq orasida Ibn Sino,
Yevropada Avisenna, allomalar orasida esa Shayxurrais nomlari bilan mashhur.
Jahon fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, O’rta Osiyolik buyuk qomusiy olim,
mutafakkir, tabib,
faylasuf, mantiqshunos, shoir 980 yil avgustda oyida (370-hijriy
yili safar oyining boshida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida amaldor oilasida
tug’ilgan. Afshona bir vaqtlar kattagina shahar bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan u kichik bir
qishloq bo’lib qolgan va Isfana qishlog’i deb atala boshlagan. Ibn Sinoning otasi
Abdulloh Balx shahridan bo’lib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967-997)
davrida Buxoro tomonga ko’chib kelgan va Xurmaysan qishlog’iga moliya amaldori
etib tayinlangan. Shundan so’ng u bu yerda doimiy yashaydi va u o’z vazifasiga ko’ra,