Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 105
w www.oriens.uz October 2022 keng kishilaridan biriga aylanadi. Buxoro kutubxonasi haqida Ibn Sino shunday
yozadi: “Men ko’p xonalardan iborat kutubxonaga kirdim. Har bir xonada kitoblar
solingan sandiqlar turardi, ulardagi kitoblar esa, ustma-ust taxlab qo’yilgan edi... Har
bir xonada fanning ma’lum sohasiga oid kitoblar saqlanar edi. U yerda shunday
kitoblarni ko’rdimki, ko’pchilik hatto ularning nomlarini ham eshitmagan bo’lsa
kerak. O’zim ham bundan oldin ularni ko’rmagan edim, keyin ham uchratmadim”.
Ibn Sino kutubxonadan chiqmasdi. Amirning kasalligi xuruj qilib, U Ibn Sinoni
chaqirtirgandagina, kitob o’qishdan bir oz vaqtga bosh ko’tarardi. Shunday qilib, bu
yerdagi nodir kitoblarni qunt bilan o’qish natijasida Ibn Sinoning bilimi yanada
kengaydi va chuqurlashdi. Ibn Sinoning o’zi yozishicha, 18 yoshga yetganda u
tabobat ilmi bilan bir qatorda o’z zamonasida ma’lum bo’lgan barcha boshqa fanlarni
ham mukammal o’zlashtirib olgan edi. Buxoro hokimi sararoydagi faoliti. 997 yilda
Buxoro hokimi Nuh ibn Mansur vafot etadi. Taxtga uning o’g’li Ibn Nuh Mansur II
o’tiradi. Ibn Nuh Mansur II Ibn Sino bilan do’st edi. Manbalarda keltirilishicha Ibn
Sinoni saroydagi vazifalardan biriga tayinlagan. Shunday qilib, Ibn Sino saroy tabibi
vazifasidan tashqari, u yerda davlat xizmatchisi vazifasini ham bajargan. Lekin, ko’p
o’tmay Ibn Nuh Mansur o’ldirilib, uning o’rnini ukasi Abdulmalik Ibn Nuh egallaydi.
U olim bilan unchalik yaqin munosabatda bo’lmaydi. Shuning uchun Ibn Sino saroy
xizmatidan ketib, o’z ilmiy-ijodiy ishlari bilan mashg’ul bo’ladi. Abu Ali Ibn
Sinoning Buxorodagi tinch, ijodiy hayoti uzoq davom etmaydi. Qoraxoniylar 999 yil
Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag’darganidan keyin Ibn Sino hayotida
tashvishli, notinch va og’ir damlar boshlandi. Alloma 21 yoshga yetganda 1002 yil
uning otasi vafot etadi. Buning natijasida Ibn Sino moddiy jihatdan og’ir ahvolga
tushub qoladi. Chunki unga moddiy va ma’naviy jihatdan yordam beradigan boshqa
yaqin kishisi yo’q edi. Buning ustiga mamlakatda katta siyosiy o’zgarishlar yuz berib,
Ibn Sinoning tinch ijodiy hayoti uchun sharoit yo’qoladi. Xorazmdagi Ma’mun
akademiyasidagi faoliti. Buxoroda vaziyat keskinlashib, taxt uchun kurash (1005
yilgacha) davom etadi. Ibn Sino 1002 yilda o’z yurtini tark etib, Xorazm davlatining
paytaxti Urganch shahriga keladi. Bu davrda Xorazm qoraxoniylar hujumidan
birmuncha tinch bo’lib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan o’lka edi.
Xorazm shohlari Ali ibn Ma’mun (997- 1007) va Ma’mun ibn Ma’mun (1007-1017)
ilm-fanga e’tiborli hukmdorlar bo’lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit
yaratib bergan edilar. Shu bois Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch)da
zamonasining ko’pgina taniqli olimlari to’plandi. Yirik matematik va Astronom Abu
Nasr ibn Iroq (1034 yil vafot etgan), atoqli tabib va faylasuflar Abu Salh Masihiy
(1010 yil vafot etgan), Abulxayr Xammor (942-1030) va buyuk olim Abu Rayhon