International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101256
  1   2   3
buxoro-amirligining-ta-lim-tizimi



International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-252-253 
 
 
 
 
 
252
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
BUXORO AMIRLIGINING TA’LIM TIZIMI 
 
Xusniddin Xolmatov, 
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanchi doktoranti
 
Yurtimizdagi Buxoro, Samarqand, Termiz, Nasaf, Xiva, Toshkent, Marg‘ilon 
kabi shaharlar musulmon sharqidagi ilmiy-madaniy markazlar qatorida shuhrat 
qozongan. Samarqand ro‘yi zaminning sayqali bo‘lsa, Buxoro islom dinining quvvati 
va qudrati sifatida butun olamga ma’lum. Buxoro madrasalari tarixiga oid maxsus 
tizimga solingan ma’lumotlar XX asr boshlarida paydo bo‘la boshladi. Mazkur 
madrasalari haqidagi muhim va qimmatli ma’lumotlarni Abdurauf Fitrat, Muhammad 
Sharif Sadri Ziyo, Said Mansur Olimiy, Sadriddin Ayniy kabi mualliflarning 
asarlaridan olishimiz mumkin.
XX asr boshlarida Buxoro Markaziy Osiyo, Kavkazorti, hozirgi Tatariston va 
Boshqirdiston hududlari uchun islom dinining markazlaridan biri sifatida muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan.
Buxoro amirligida faoliyat yuritgan madrasalar soni manbalarda turlicha 
keltirilgan. Xususan, o‘sha davrda yashab ijod qilgan Abdurauf Fitrat, Sadriddin 
Ayniylarning yozishicha 200 ta madrasa bo‘lgan. Turkiston general gubernatorligi 
hisoboti bilan bog‘liq arxiv hujjatlarida 1914-yilda Buxoro amirligida 350 ta 
madrasa faoliyat yuritgani qayt etilgan[1]. 
Buxoro amiri Said Olimxon (1910-1920) hokimiyat tepasiga kelgach, barcha 
sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida xam qator islohotlarni amalga oshirdi. Maktab 
va madrasalar faoliyatini takomillashtirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu 
ishga bosh vazir (qushbegi) va bosh qozi (qozikalon)ni mas’ul qilib qo‘ydi. Amir 
1911 yil mart oyida “Ta’lim to‘g‘risida” farmon chiqardi. Unga ko‘ra, madrasa 
talabalariga turli hoshiyalar o‘qitilmasligi, tafsir va hadis rasmiy dars sifatida 
o‘qitilishi; davlat xazinasiga olingan vaqflardan yig‘ilgan pullarga shaharning turli 
yerlarida maktablar qurish hamda ularga muallimlar tayinlash; muallim olim, xushxat 
va xushqiroat bo‘lishi; ularga maktablarning vaqflaridan tashqari davlat xazinasidan 
yillik 120 so‘m maosh tayinlash; tahsil uchun bolalardan pul olmaslik; maktablarga 
bir nozir tayinlash va u xar oy maktabni taftish qilib amirga hisobot berishi belgilab 
qo‘yildi [2]. 
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida o‘sha yilning aprel 
oyida shahardagi barcha maktablar muallimlari Registonga 
chaqirilib, Nasrullo qushbegi tomonidan ularning xar biriga 15 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin