2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Demak, Abu Ali Ibn Sino o’n olti yoshidayoq mashhur tabib bo’lib tanilgan. Bu 
albatta o’z-o’zidan bo’lmagan, balki sobit-matonat bilan o’qish, kechalari uyquni tark 
etish va zo’r tirishqoqlik natijasidir. Ilm o’rganishga bo’lgan shijoati. Haqiqatan ham 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
103 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
Ibn Sino juda tirishqoq, o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishmaguncha tinchimaydigan 
odam edi. Bu haqida Ibn Sino shunday yozadi: “O’sha kezlari biron kecha to’yib 
uxlamasdim, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullanmasdim. Har bir 
masalani o’rganayotganimda bir qancha qiyosiy faktlarni solishtirib, shu faktlar 
nuqtai nazaridan o’sha dastlabki masala haqida xulosa chiqarar edim. Nihoyat, bu 
masalaning asl mohiyati menga ayon bo’lib qolardi. Ana shu zaylda hamma 
bilimlarni mustahkam egallab oldim. Bir insonning imkoniyati darajasida ularni 
o’zlashtirdim”.Abu Ali ibn Sinoning tirishqoqligi va sabr matonatliligini yana 
quyidagi misol yaqqol ko’rsatadi. U bunday yozadi: “Mantiq, tabiat va riyoziyot 
bilimlarini puxta o’rganib oldim. Keyin ilohiyotni o’rganishga o’tib, “Mo-ba’da at- 
tabia” kitobini o’qidim. Bu kitobni o’qidimu, lekin unda nimalar deyilganini tushuna 
olmadim, kitob yozgan kishining maqsadi menga qorong’i edi. Hatto uni qirq bir bor 
qayta o’qidim, kitob menga yod bo’lib ketdi. Lekin shunda ham men kitob va uning 
maqsadini to’la tushuna olmadim. Nihoyat umidimni uzub, “Bu tushunib 
bo’lmaydigan bir kitob ekan”, degan xulosaga keldim. Ammo kunlardan bir kuni asr 
vaqtida kitobfurushlarning oldiga borib qoldim. Bir kitobfurush muqovalangan 
kitobni qo’lida tutganicha uni maqtardi. U meni ham chaqirib, kitobni ko’rsatdi... 
Lekin men kitobni sotib olishni rad qildim. Kitobfurush menga: “Bu kitobni ol, narxi 
arzon, uch dirhamga sotaman, egasi pulga muhtoj”,- dedi. Kitobni noiloj sotib oldim. 
Qarasam, bu Abu Nasr Farobiyning o’sha “Mo-ba’da at-tabia” kitobi haqida yozgan 
sharhi ekan. Uyga qaytib, darrov uni o’qishga kirishdim. “Mo ba’da at-tabia” dilimda 
yod bo’lib qolgani sababli tezda bu kitobning maqsadini tushunib oldim. Bundan 
o’zimda yo’q juda xursand bo’lib ketdim” Ilmiy ijodini boshlanishi. Shunday qilib 
Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oladi. Ibn Sino juda erta o’zi ham 
asarlar yozishga kirishdi. Allomaning ilmiy ijodi 18 yoshdan boshlanadi. Avvalo u bu 
ishni o’ziga yaqin bo’lgan kishilarning iltimosi bilan bajaradi. Yosh bo’lishiga 
qaramay Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, “Urjuza” tibbiy 
she’riy asari va o’z qo’shnisi va do’sti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, 
ko’p fanlarni o’z ichiga olgan “Al-Hikmati-l-aruziy” (“Aruziy hikmati”) asarini tasnif 
etadi. Ibn Sino Buxorada 20 jildli qomusiy asari “Al-Hosil va-l-mahsum” (“Yakun va 
natija”), 2-jildli “Kitobul-bir va-l-ism” (“Sahovat va jinoyat kitobi”) asarlarini va 
o’zining tabobatga oid birinchi asari “Tabobat lug’ati”ni yozgan. Allomaning 
“Tabobat lug’ati” asaridan ko’p tabiblar nusxa olib, keng foydalanganlar. Ibn 
Sinoning tabobatda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan 
chambarchas bog’ladi. Allomaning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, 
u o’zigacha o’tgan turli xalq namoyondalari tomonidan asrlar davomida, tib ilmi 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin