Sharq mutafakkirlari, olim-u ulamolari tomonidan asrlar davomida odob-axloqqa oid minglab kitoblar, hikmatlar yaratilgan. Afsuski, totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz mahrum qilib qoʻyilgan edi. Bugun, hurlik sharofati ila qanchadan-qancha ma’naviy, madaniy meroslarimiz qayta tiklanib, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitayotgani hamda mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur masala boʻyicha oʻtmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan diniy adabiyotlar bilan birga dunyoviy adabiyotlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga havola etilayotgani hech kimga sir emas. Shu oʻrinda mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʻzlikni anglashning oʻsishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” 1 deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Darhaqiqat, boy madaniy merosimizni chuqur oʻrganish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, oʻz taraqqiyot va islohot yoʻlimizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand boʻlish muhimdir. Har bir soʻzimizni, ishimizni “Bismilloh” aytib boshlaymiz, yaxshi-yomon kunlarimizda Xudoga shukrona keltiramiz, tavba qilamiz. “Shukur” degan kalomni bilmaydigan biror inson Oʻzbekistonda bormikan oʻzi! Bilsangiz kerak, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham “shukur” va “tavba” degan soʻzlarni eng koʻp ishlatar ekanlar. Tugʻilganda qulogʻimizga azon aytiladi, oila qurganimizda shar’iy nikoh oʻqitiladi, dunyodan koʻz yumganimizda janoza oʻqitiladi. Hatto dindan chuqur xabardor boʻlmagan odam ham diniy urf-odatlarsiz, islomiy tuygʻusiz yashay olmaydi”.1