Pedagogika va psixologiya fakulteti Psixologiya yo
Pedagogika va psixologiya fakulteti Psixologiya yo‘nalishi IV bosqich 19.20-guruh bitiruvchisi Kabirov Xurshidbek Tursunali o‘g‘lining “Shaxslararo munosabatlarda ta’sir etish usullari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Insoniyat jamiyati paydo bo‘lib, odamlar hamkorlikda mehnat qilish va yashash ehtiyojini sezgan davrdan boshlab ularda ijtimoiy psixologik tafakkur, ijtimoiy ruh va shu bilan birga bir-birlari bilan o‘zaro munosabat jarayonlari vujudga kela boshlagan.
Mustaqil O‘zbekistonimizda juda katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlar jamiyatimiz ma’naviyati va uning ruhiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tarixan o‘z olimu zukkolari, boy madaniy merosi bilan shuhrat qozongan yurtimiz hozirda ham shaxslarni, «iqtidorli, ma’naviyati boy yoshlarni tarbiyalamog‘i lozim.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, to‘rt paragraf, xulosa, tavsiya, diogrammalar, jadvallar, adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot obyekti va metodikalari to‘g‘ri tanlangan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “Psixologik ta'sir” tushunchasi, turlari hamda manipulyativ psixotexnologiyalar psixologik ta'sir sifatida deb nomlanib, bunda birinchi paragraf “Turli tarixiy madaniy sharoitlarda shaxsni psixologik boshqarishni o‘rganilishi” deb nomlangan. Bu paragrafda psixologik ta'sir, uning ijtimoiy ta'sir jarayoni ekanligi, kommunikativ nuqtai nazardan ta'sir, psixologik ta'sirlarga neyro-lingvistik dasturlash sifatida ekanligi haqida ma’lumot berilgan. Ikkinchi paragraf “Zamonaviy jamiyatdagi manipulyativ psixotexnologiyalar, ularning o‘rni va qo‘llanilishi” deb nomlanib, bunda o‘zaro munosabat va muloqotdagi hamkorga munosabat psixologik manipulyatsiyaning alohida tomoni ekanligi haqida ma’lumot berilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi “Shaxslararo munosabatlarda ta’sir etish usullarining tadqiqot dasturi” deb nomlangan. Bunda birinchi paragraf “Shaxslararo munosabatlarda ta’sir etish usullarining metodlari dasturi”, ikkinchi paragrafi “Shaxslararo munosabatlarda shaxsni manipulyativ boshqarishdagi kommunikativ ta’sir usullarini empirik natijalari” deb nomlangan.
Pedagogika-psixologiya fakulteti Psixologiya yo‘nalishi IV bosqich 19.20-guruh bitiruvchisi Kabirov Xurshidbek Tursunali o‘g‘lining “Shaxslararo munosabatlarda ta’sir etish usullari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bitiruv malakaviy ish talablariga to‘la javob beradi deb hisoblab himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: Farg‘ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi: A.Abdullayeva