Farg’ona Davlat Universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
17.37-guruh talabasi
Sodiqova Gulasalning
Fuqaro jamiyati fanidan
Joriy nazorat ishi
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti.
Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat
jamiyatdir . Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkuri mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Aslini olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida mazmun kasb etgan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davr talqinda jamiyatning muayyan shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolari hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro bog‘likdir.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir
milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va
tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir.
Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti - bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda
fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z
ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zar uyg‘unlikda rivojlanish
bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi.
Fuqaro jamiyati haqida g’oyalar evolyutsiyasi.
Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamaddunimahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan.Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘ra umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo‘shgan. Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalariMarkaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy
hayotining yorqin namunasi“Avesto” muqaddas kitobida izchil yoritilgan. 2001 yildamillat
ma’naviy madaniyatining eng qadimgimanbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu
noyob asar bebaho tarixiy xujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining
madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga,
asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat
beradi” debalohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu
maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi
ekanligidan dalolatdir. Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida o‘rganilganligi
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o‘tkazilgan “O‘rta asr SHarq
mutafakkirlarining ilmiy merosi zamonaviy sivilizatsiyada o‘rni va ahamiyati”mavzusidagi
xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida“Olim va tadqiqotchilar fikricha, SHarq xususan
Markaziy Osiyo, IX-XII va XIV-XV asrlarda bo‘lganilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk SHarq
uyg‘onishi deya nom olgan yirik ilmiy madaniy uyg‘onish uchun asos sifatida xizmat qildi”deb
alohida ta’kidlagan. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni
boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari
tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va
boshqalar ijodida keng tahlil qilingan.
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” asarlarida
adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan.
Uning fikricha,jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim..
YUsuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” dostonida davlatni boshqarish amallari, qoidalari
va siyosiy - axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishgae’tibor qaratgan . U davlat
boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini
tasniflaydi. Jumladan, «SHohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular
darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o‘quvi bilan ham siylaydi»
deb ta’kidlagan.
Ma’lumki, fuqarolik jamiyatini - hayotiyligini va samaradorligini ta’minlovchi - huquqiy
davlat doirasidan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHu ma’noda, Sohibqiron Amir
Temurning quyidagi so‘zlari hozirgi zamon bilan hamnafas jaranglaydi: “Tajriba, - deb yozadi u,
menga shuni ko‘rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o‘zining buyuk qudratini uzoq
vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo‘lgan na tomi, na eshigi,
na panjaralari bor uyga o‘xshatish mumkin. SHuning uchun men o‘z saltanatimni islom arkonlari
va boshqaruvda o‘zim qat’iy amal qiluvchi qonunlar asosida qurdim” .
XIX asrning o‘rtasida jamiyatshunoslar va faylasuflar sanoat inqilobining ijtimoiy va
siyosiy oqibatlariga o‘z e’tiborlarini qaratganlarida esa fuqarolik jamiyati tushunchasi
iste’moldan tushib qoldi. Faqat ikkinchi jahon urushida keyingi davrda Antonio Gramshi
fuqarolik jamiyatiga tiraniya bilan kurashishning muhim sohasi va mustaqil siyosiy faoliyatning
o‘ziga xos otlanish nuqtasi sifatida qarab, uniqaytadan tikladi va bu jamiyat yana rusumga kirdi.
Gramshi o‘ng oqim diktaturani tadqiq etganligi uchun uning g‘oyalari SHarqiy Evropa,
shuningdek, Lotin Amerikasidagi dissidentlar va huquq himoyachilariga kuchli ta’sir qildi.
CHex, vengr, polyak faollari doimo fuqarolik jamiyati tushunchasiga murojaat etishar edi.
Ayniqsa, 1989 yilda Berlin devori qulagan paytlarda u jasurlik tushunchasining sinonimi sifatida
ishlatila boshlandi. XX asrning 90-yillarida fuqarolik jamiyati jozibador formulaning so‘nggi natijasiga
aylandi.
Fuqaroviylik, mazmun –mohiyati va asosiy xususiyatlari.
Fuqaroviylik mamlakatningrivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungikunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyatibarpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviyfaollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi. Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlikhissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmatqilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini hisetishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchunjamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir”
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi:
- fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi;
- boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish;
- fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi;
- davlat va jamiyat oldida o‘zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash;
- fuqarolarning tengligi;
- yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan ob’ektiv va tanqidiy yondashuv;
- hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish
qobiliyati;
- bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga
mansublikda ifodalangan fuqaroviy o‘zlikni anglash va hokazolar.
Fuqaroviylikning tugal yoki to‘kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin qilish
mumkin:
1. Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o‘z haq-huquqlari
uchunkurashish istagi to‘liq namoyon bo‘lmasa fuqaroviylikning eng quyi darajasi namoyon bo‘ladi.
2. Fuqaro o‘z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo‘lsa, u haqda o‘z bilim va
qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo‘lsa, bunda fuqaroviylikning o‘rta darajasi namoyon bo‘ladi.
3. Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to‘liq shakllangan,
o‘z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‘ladigan bo‘lsa uni yuqori
darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin.
Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo‘naltirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik
tevarak atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik jamiyat oldida ma’lum bir
maqsadning shakllanishiga xizmat qiladi. Albatta jamiyatda fuqaroviylikning rivojlanishi uchun tegishli tarbiyaviy chora-tadbirlar, qulay ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |