Sharqning buyuk siymolaridan biri - qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) bo'lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan, iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o'tkir bo'lganligidan o'z davrida ma'lum bo'lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayoq mashhur tabib - hakim bo'lib tanildi va keyinchalik "Olimlar boshlig'i", "Tabiblar podshohi" kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo'ldi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, biroq bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib keigan. Uning, ayniqsa, "Tib qonunlari" asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, 800 yil davomida G'arb mamlakatlari universitetlarida asosiy qo'llanma bo'lib keigan va hozir ham bir qancha tibbiy o'quv yurtlarida o'rganiladi. Dunyoviy fan olimlari biian birga bu davrda islom ta'limoti va mafkurasining takomili vo'lida movarounnahrlik diniy ulamolarning xizmati katta bo'ldi. Zero, islom Arabistonda vujudga keigan bo'lsa hamki. u Movarounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari o'z durdona asarlari bilan o'rta asrlarda Qur'on tafsiri. hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi). kaiom (islom faisafasi) ilmlarining turli sohalari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar. Qur'on mazmunini sharhlab, tafsirini bayon qiluvchilar bo'lmish mufassirlarning aksariyati (Imom al-Moturidiy, Imom Abu Lays as-Samarqandiy, Imom az-Zamaxshariy, Imom an-Nasah'y) ushbu diyor vakillari edi.
Hadis islomda Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblanib, Muhammad alayhissalomning diniy va axloqiy ko'rsatmalari, hikmatli so'zlaridan iboratdir. Hadislar to'piami sunna deb norn olgan bo'lib. islom dunyosida eng nufuzii deb e'tirof etilgan 6 ta ishonchli hadislar to'piami mualliflarining ham aksariyati O'rta Osiyolikdir. Shular ichida "Hadis ilmida amiralmo'minin" degan sharafli nomga sazovor bo'lgan buyuk muhaddis olim Imom al-Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" to'piami eng mo'tabari hisoblanadi.
Bu davrda ushbu zaminda islom huquqi - shariat ancha rivoj topgan bo'lib. bu sohada ham movarounnahrlik allomalar boy meros qoldirganlar. Ayniqsa, bu borada Burhoniddin al-Marg'inoniyning "Hidoya" asari islorn olamida mashhur bo'ldi. Shuningdek, islom diniga asoslanuvchi musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta'limot - tasavvuf jamiyat ma'naviy hayoti rivojlanishida muhirn ahamiyat kasb etdi. Bu yerda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi turli sutiyiik tariqatlari shakllandiki, ular orqali insoniyat islorn dinining ichki va tashqi go'zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Chunki, tasavvuf ta'limotining o'zagi - inson va uni ma'naviy jihatdan kamol toptirishdir. M amlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ulug` ajdodlarimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko`rsatilib, ular qoldirgan boy madaniy va ma`naviy merosni o`rganish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etishga katta e`tibor qaratilmoqda. Istiqlol yillarida xalqimizning ko`plab buyuk farzandlari nomlari bilan bog`liq qadamjolar obod etildi, yangi yodgorlik majmualari qad rostladi. ¨sh avlodni ajdodlarga munosib vorislar sifatida tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, bu xayrli ish davom etmoqda. Ayni kunlarda diyorimizda jahon ilm-fani xazinasiga bemisl hissa qo`shgan ulug` bobomiz Abu Ali ibn Sinoning 1025 yillik yubileyini nishonlashga qizg`in hozirlik ko`rilmoqda. "Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi doirasida o`tkazilayotgan mazkur tantanalarda "Ibn Sino" xalqaro jamg`armasi ham faol ishtirok etmoqda.
Jamg`arma raisi, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Ergashev bilan O`zA muxbirining suhbati ana shu xususda bo`ldi.
- Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino Mashriqda e`zoz va ehtirom bilan Shayx ur-rais - Shayxlarning raisi deb atalsa, Mag`ribda Avitsenna nomi bilan mashhur, - deydi Sh.Ergashev. - Ul zot milodiy 980 yilning avgust oyida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida dunyoga kelgan.