Turli xorijiy davlatlar olimlari bilan faol hamkorlikni yo`lga qo`yganmiz. Masalan, 2004 yilda Frantsiyada jamg`armamizning rasmiy vakolatxonasi ochildi.
Yaqinda Bel`giyaning L`ej shahri universiteti hamda Italiyaning Florentsiya shahrida Ibn Sinoning 1025 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro anjumanlar o`tkazildi. Florentsiyadagi qariyalar uylaridan biri endilikda ulug` yurtdoshimiz nomi bilan atalmoqda. Nomlari tilga olingan har ikki mamlakatda ham kelgusida Ibn Sino xalqaro jamg`armasining rasmiy vakolatxonalarini ochishga kelishib olindi.
Shu yil 21-22 noyabr` kunlari allomaning tug`ilgan yurti - Buxoro shahrida buyuk vatandoshimizning 1025 yilligi hamda Sihat-salomatlik yiliga bag`ishlab an`anaviy "V Ibn Sino xalqaro o`qishlari" ilmiy-amaliy anjumani o`tkaziladi. "Buyuk meros va millat salomatligi" mavzuida o`tadigan mazkur yirik anjumanda o`ttizdan ortiq xorijiy davlatdan kelgan olimlar bilan birga mamlakatimizning yuzdan ziyod olim va mutaxassislari ham ishtirok etadi.
Yubiley tantanalarini o`tkazish uchun qizg`in tayyorgarlik avj pallasiga kirdi. Jumladan, Afshona qishlog`idagi uning nomi bilan ataluvchi muzeyda keng ko`lamli ta`mirlash ishlari poyoniga etkazilmoqda.
Bir so`z bilan aytganda, Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati, ilm-fan va madaniyat sohasida tutgan o`rnini o`rganishga bag`ishlangan bunday anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari bundan keyin ham respublikamiz ta`lim muassasalari va boshqa tashkilotlarida tashkil etiladi. Zero, buyuk vatandoshimiz qoldirgan ulkan va bebaho ma`naviy merosni teran tadqiq va targ`ib etish zamonaviy tibbiyot rivojini yangi bosqichga ko`tarish bilan birga yosh avlodni sog`lom turmush tarziga oshno bo`lishga ham o`rgatadi.
Jahon tarixida uyg‘onish davri turli asr va bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, o‘rta asrlar uyg‘onish davri ikki bosqichga bo‘linadi: Ilk o‘rta asrlar Sharq uyg‘onish davri va yevropa uyg‘onish davri. Sharq uyg‘onish davri yevropa uyg‘onish davridan qariyb 550-600 yillar avvalroq boshlangan va jahon sivilizasiyasiga betakror ilm-fan kashfiyotlarini hadya etgan. Bu borada Xorazmdagi Ma`mun akademiyasi ham alohida o‘rin tutganligi tarixdan ma`lum.
Ibn Sinodek buyuk allomaga saboq bergan, uni bebaho, o‘lmas asarlar yozib, mag‘ribu mashriqda mash-hur bo‘lishiga sababchi ilm maskanlaridan biri Xorazm Ma`mun akademiyasi ulug‘ olim faoliyatida qanday o‘rin tutadi?
IX asr oxiri va X asrning boshlarida jahon madaniyati va ma`rifatining yirik markazlaridan biri Gurganjda (hozirgi ko‘hna Urganch) Ma`mun sulolasi (995-1017) Xorazm-ni tiklash va ravnaqini ta`minlash uchun tinimsiz harakat qildi. Xorazmshohlar somoniylar, qoraxoniylar va g‘aznaviylarning xurujlariga qaramasdan o‘z davlati qudratini ta`minlashda ma`rifatparvar olimlarning maslahati va amaliy madadidan keng foydalandi. Ularga mehr-muruvvat ko‘rsatib, homiylik qildi. Shu yo‘sinda buxorolik yosh olim ham Gurganjda faoliyatini davom ettira boshladi. Bu vaqtda u endigina 25 yoshni qarshilagan edi.
Ibn Sino tibbiyot ilmi sohiblari bilan yaqin hamkorlikda bo‘ldi va o‘zining mashhur "Al-qonun fit-tibb" ("Tib qonunlari") asarining dastlabki kitoblarini qog‘ozga tushirishni Xorazmda boshladi. Ustozi Xammor maslahati bilan "Insonning yaratilishi va a`zolarining tuzilishi", "Tutqanoq kasalligi haqida", "Qarilikda sog‘lom yashash haqida" kabi kitoblarini yozdi.
Vaqtlar o‘tishi bilan ma`lum sabablarga ko‘ra Xuroson hukmdori Sulton Mahmud Xorazmshoh saroyidagi olimlarni G‘aznaga qaytarishni ta`lab qiladi. G‘aznaviylar hukmdoriga kuyov bo‘lishiga qaramasdan Abul Abbos Ma`mun ibn Ma`mun unga rad javobini beradi. Manbalarning guvohlik berishicha, Mahmud G‘aznaviy Xorazmdagi olimlarni o‘z tomoniga ag‘darib-qaytarib olishning rasmiy va norasmiy usullarini ishga solgan: o‘z ixtiyori bilan G‘aznaga qaytib kelgan olimlarga katta in`omlar, uy-joy, boylik, mansab va`da qilgan. Bunday do‘q-po‘pisa va ta`qibdan cho‘chigan bir guruh olimlar Gurganjni tark etib, Xurosonga ketishga qaror qiladilar. Ular orasida Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masixiy va boshqalar ham bor edi. Ibn Sino Xurosonda yashagan davrda Xorazmda hamkorlik qilgan olimlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib turganligi haqida ma`lumotlar to‘la saqlanmagan. 1017 yilda Sulton Mahmud Xorazmni egallagach, "Baytul Hikma" olimlarining aksariyatini G‘aznaga olib ketgan va ular safida Ibn Sino hamda uning do‘sti Abu Rayhon Beruniy ham bor edi. Ibn Sino XI asrning buyuk allomalari jamlangan Ma`mun akademiyasida yetti yil davomida ilmiy izlanishlar olib bordi. "Tib qonunlari" kitobi uchun bebaho materiallar to‘pladi, jarrohlik operasiyalari o‘tkazdi. Kasallik va uning kelib chiqishi, diagnostika va uni davolashda determinizmni asos qilib oldi: har bir kasallik, muhit, sharoit, ovqatlanish, tananing o‘ziga xos xususiyati, organizmning tashqi ta`sirga munosabati kabi omillar bilan uzviy bog‘liqligini hamda shu orqali aniqlanishini isbotlab berdi. Bir so‘z bilan aytganda, ilk bor kasallikni davolash ilmini ishlab chiqdi. Bu tibbiyot ilmida noyob kashfiyot edi.
Abu Ali ibn Sino jismonan o‘ta baquvvat inson bo‘lsa-da, muhojirlikdagi qo‘nimsiz hayoti va tinimsiz mashaqqatli mehnati oqibatida o‘z salomatligiga yetarli darajada e`tibor bera olmagan. Natijada, u kulanj kasalligi bilan og‘rib, 1037 yilda 57 yoshida Hamadon shahrida dunyodan ko‘z yumdi.
1980 yilda YUNESKO tomonidan alloma tavalludining 1000 yilligi keng nishonlangan edi. Milliy merosimiz va yuksak qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi kunlarda ham Abu Ali ibn Sino merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga ayniqsa katta e`tibor berilmoqda. "Tib qonunlari" asarining o‘zbek tilida 10 jild-li nashr etilgan. Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi tashkil etilib, uning ma`rifiy va tashkiliy faoliyati tobora kengayib bormoqda. Ma`mun akademiyasining 1000 va Ibn Sinoning 1025 yillik yubileyini nishonlash tadbirlari doirasida olimning buyuk merosi va uning xorazmlik olimlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rganish ishlariga jiddiy e`tibor bilan qaralayotganligi ham bu ishlarning mantiqiy davomidir.
www.reFBaza.ucoz.net
Dostları ilə paylaş: |