Ahmad Yassaviy Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tug`ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo`lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhur. Ahmadning yoshligi ancha qiyinchilik bilan kechadi
Ahmad Yassaviy Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tug`ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo`lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhur. Ahmadning yoshligi ancha qiyinchilik bilan kechadi: juda erta yoshligida otasi vafot etadi. Ahmad Yassaviy yirik mutasavvif olim Arslonbobo qo`lida tarbiyalanadi., so`ng Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qo`lida tahsil oladi.
Hoja Ahmad
Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar chuqur egallaydiki, Xalq orasida “Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad” degan naql paydo bo`ladi.
Amir Temur e’tibori
Ahmad Yassaviy 1166-yilda vafot etadi. Uning shuhrati vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida hurmat bilan qarab , 1395-1397- yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning qabri o`rnida muhtasham maqbara qurdiradi. U hozir ham mavjud.
Yassaviyning so`nggi makoni
Alisher Navoiy ta’rifi
Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul- mashoyihidur. Maqomati oliy va mashhur, karomati matavoliy (hayratlanarli) va nomashhur (chegarasiz ) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur. (suhbatdoshi)
“Hikmatlar”
“Hikmatlar” Ahmad Yassaviyning Merosini jamlagan asardir. Unda 240ga yaqin she`r bor. Asar xalq orasida “Devoni hikmat” nomi bilan ham mashhur bo`lgan. Hikmatlarga “Qul xoja Ahmad” ,“Xoja Ahmad Yassaviy”, “Ahmad ibn Ibrohim”, “Sulton Xoja Ahmad Yassaviy” , “Yassaviy Miskin Ahmad”, “Miskin Yassaviy”, “Xoja Ahmad”, “Ahmad” “Ahmadiy”,”Qul Ahmad”, “Miskin Ahmad” kabi taxalluslar qo`yilgan.
Tasavvuf bosqichlari
Shariat
Tariqat
Ma’rifat
Haqiqat
Haqiqatni anglash-o`zlikni anglash
Haqiqatni anglash uchun kishining hidoyat yo`liga kirmog`I, butun kuch va vujudini shu yo`lga qaratmog`I kerak.