Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 108
w www.oriens.uz October 2022 qonunlari”ning 1-kitobini tugatgan. Bundan tashqari, mashhur falsafiy qomusiy asari
“Kitob ash-shifo”ni ham shu yerda yozishga kirishadi. Hamodonda Ibn Sino o’z
shogirdi Juzjoniy bilan birgalikda bir bemorni operasiya qilib, uning qovug’idan
toshni olib tashlaydi. Shamsuddavla vafot etgandan so’ng taxtga o’tirgan uning o’g’li
Samouddavla Ibn Sinoga unchalik hurmat bilan qaramaydi. Shu sababli u saroydan
ketadi. Juzjoniyning yozishicha, Abu G’olib al-Attor ismli kishining uyiga ko’chib
borib, o’sha joyda yashay boshlaydi. Bu yerda Ibn Sino o’z ilmiy ijodiy ishlariga
yana berilib ketadi. Xususan “Kitob ash-shifo” asarining “Tabiat” va “Ilohyot”
haqidagi boblarini yozib tugatib, “Mantiq” qismini yozishga kirishadi. Alloma “Tib
qonunlari” asarining qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi. Ammo, Ibn Sino
uchun Hamodonda xavfli vaziyat vujudga keladi. U vazirligida amalga oshirgan
tadbirlaridan norozi bo’lgan saroy amaldorlari Ibn Sinodan o’ch olish uchun unga
nisbatan dushmanlik qila boshladilar. Bunday sharoitdan qutulish maqsadida Ibn Sino
qo’shni Isfaxon viloyati amiri Alouddavlaga xat yozib, undan o’zini saroyga qabul
qilishini so’raydi. Biroq xat qandaydir yo’l bilan Samouddavlaning vazirlaridan biri
Toji-l-mulk qo’liga tushadi. U xatni Samouddavlaga yetkazadi. Ibn Sinoni tutib olib,
Fardajon qal’asiga qamab qo’yadilar. Ibn Sino qamoqda to’rt oy chamasi yotadi.
Ammo u tushkunlikka tushmaydi. U qamoqda ham o’z ijodiy faoliyatini davom
ettiradi. Abu Ubay Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino bu yerda tibga oid o’zining
mashhur “Ichki sanchiqlar” nomli asarini yozgan. Bundan tashqari, u shu yerda ikkita
falsafiy asar “Tirik o’g’li uyg’oq” va “To’g’ri yo’l haqida” kitoblarni yozdi. Shu
vaqtda Isfahon amiri Alouddavla Hamodonni bosib olib, bir qancha vaqt uni ishg’ol
qilib turadi. Buning natijasida Ibn Sino qamoqdan qutiladi.Ibn Sino qamoqdan
chiqqan bo’lsada bari bir uning Hamodonda yashashi xavfli edi. Shu sababli u
yashirincha Isfahonga jo’naydi. Isfahon amiri Alouddavla Ibn Sinoni yaxshi qabul
qiladi. Alloma uchun bu yerda juda yaxshi sharoit yaratib beradi. Ibn Sino umrining
qolgan 14 yilini Isfahonda o’tkazadi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan
mashg’ul bo’lib, bir qancha asarlar yaratadi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar,
tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. “Kitob ash-shifo”ning qismlari, fors
tilidagi “Donishnoma” va 20 jildli “Insof-adolat kitobi” shular jumlasidandir. Ibn
Sino Isfahondaligida shaharga G’azna hukumdori Sulton Ma’sud (Sulton
Mahmudning o’g’li)ning askarlari bostirib kirib, aholini talon-taroj qiladilar. Bu
to’polonda Ibn Sinoning ko’p asarlari va qo’lyozmalari yo’q bo’lib ketadi. Ibn Sino
yo’qolgan asarlarini yana yoddan tiklaydi. Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino garchi,
jismonan juda baquvvat bo’lsada, biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish,
kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor ta’qib qilinib, hatto hibsda