Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 109
w www.oriens.uz October 2022 yotishlar olimning salomatligiga jiddiy ta’sir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga
chalinadi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga
qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yo’lda dardi qo’zg’ab olimning tamomila
madori quriydi va oqibatda u shu darddan 1037 yilda Hamadonda 57 (hijriy 58)
yoshida vafot etadi. Alloma Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga 1952 yil
maqbara qurilgan (me’mori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga bag’ishlangan muzey
xonalarini ham o’z ichiga olgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sino o’zining
qisqa umri davomida jahon fani va madaniyatida o’chmas iz qoldirdi. Allomaning
ilmiy merosi. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u
o’z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug’ullangan va ularga oid
asarlar yozgan. Alloma asarlarini o’sha davrda Yaqin va O’rta Sharqning ilmiy tili
bo’lgan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq
asar yozganligi qayd etilgan bo’lsa ham, zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi
yo’qalib ketganva bizgacha ularning 242 tasi yetib kelgan, shulardan 80 tasi falsafa,
ilahiyot va tasavvufga tegishli 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi
ruhshunoslikka, 23 tasi tibiyat ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi
musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa
olimlar bilan bo’lgan ilmy yozishmalarga bag’ishlangan. Allomaning asarlari keyingi
avlodlarga boy meros bo’lib qoldi. Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4
qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo’lish mumkin. U falsafa
va tibbiyotga ko’proq qiziqqan. Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi
o’zining ta’lim- tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq
holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi.
Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya’ni
nazariy va amaliy guruhlarga bo’ladi. Nazariy guruh kishilarni o’zidan tashqaridagi
borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda
nimalar qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi. U birinchi guruhga etika, iqtisod,
siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo
qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi. Ibn Sino «Avisenna» sifatida
G’arbda mashhur bo’lgan uning tibbiy merosi, xususan, “Tib qonunlari” bo’lsa,
“Shayx ar-rais” (“Donishmandlar sardori, allomalar boshlig’i”) nomli asari buyuk
faylasufligiga ishoradir. Tibbiyotga oid asarlari. Ibn Sinoning tibbiyot- ning umumiy
nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan eng yirik asari “Tib qonunlari” bo’lib u
asar 5 katta kitobdan iborat bo’lib (1956-62 yillarda Toshkentda rus va o’zbek tillarda
to’la nashr etilgan). Ularning har biri ma’lum sohani izchil va har tomonlama yoritib
beradi. 1- kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, uning predmeti va vazifalari,