Mavzu : Bug‘doyning qora kuya kasalligiga chidamliligini baholash uchun infeksiyali muhit hosil qilish



Yüklə 60,46 Kb.
səhifə1/8
tarix22.09.2023
ölçüsü60,46 Kb.
#147348
  1   2   3   4   5   6   7   8
imunitet lob-4

Mavzu : Bug‘doyning qora kuya kasalligiga chidamliligini baholash uchun infeksiyali muhit hosil qilish.

Boshoqli don ekinlari kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari.

G‘alla ekinlarida uchraydigan kasalliklar, qorakuya kasalliklariga umumiy ta’rif, ularning tarqalish usullari

O‘zbekistonda boshoqli don ekinlari kasalliklarishng turlari, ularning tarqalish va rivojlanish darajalari:

Bug‘doyda 4 xil qorakuya: qattiq, chang, poya va karlik qorakuya kasalliklari uchraydi. Bu g‘allagulli va boshqa ba’zi ekinlarning eng ko‘p tarqalgan hamda eng zararli kasalligidir. Qorakuya kasalligining biror xili bilan zararlanmaydigan birorta ham madaniy yoki yovvoyi g‘allagulli o‘simlik yo‘q desa bo‘ladi. Yangi nav ekinlarini yetishtirish tarixi shuni ko‘rsatadiki, biror g‘allagulli o‘simlik ekilishi bilan uning qorakuya kasalligi ham paydo bo‘ladi. Qorakuya kasalliklarini bazidiyali zamburug‘lar sinfining Phragmobasidinae kenja sinfiga kiruvchi zamburug‘lar – parazitlar qo‘zg‘atadi. Qorakuya zamburug‘larining tanasi ko‘zga ko‘rinmay, o‘simlik ichida rivojlanadi va dastlabki davrlarda o‘simlikka u qadar zarar yetkazmaydi. Zararlangan o‘simliklar o‘sish davrining oxirida zamburug‘ xlamidosporalar hosil qiladi. Qorakuya zamburug‘larining bu stadiyasi o‘zi hosil bo‘lgan organga zararli ta’sir etadi. Xlamidosporalar ko‘pincha to‘pgullarda, ya’ni rivojlanayotgan ro‘vak va boshoqlarda paydo bo‘ladi, ularni yemiradi va changga aylanuvchi yoki qattikroq qora massa hosil qiladi, bu massa ko‘pincha qorakuya changi deyiladi. Yetkazilgan zararni tashqi ko‘rinishi, zararlanish darajasi va xlamidosporalarning hosil bo‘lish xarakteriga qarab g‘allagullilarning qorakuya kasalligi bir necha xilga bo‘linadi:

1.Chang holdagi qorakuya. Bu kasallikda g‘allagullilarning ro‘vagi yoki boshog‘i butunlay qora changga aylanib, har tomonga to‘zib ketadi.

2.Qattiq qorakuya. Bu kasalliqda donning faqat mag‘zi qora changga aylanadi, don po‘sti esa saqlanib qoladi. Shuning uchun qora chang zararlangan donning po‘sti yorilganda tashqariga chiqadi.


Yüklə 60,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin