Mavzu : Bug‘doyning qora kuya kasalligiga chidamliligini baholash uchun infeksiyali muhit hosil qilish



Yüklə 60,46 Kb.
səhifə3/8
tarix22.09.2023
ölçüsü60,46 Kb.
#147348
1   2   3   4   5   6   7   8
imunitet lob-4

8. oq jo‘xorining pufak qorakuyasi.

Ikkinchi usul. Bug‘doy o‘simligining chang holdagi qorakuya kasalligi tarqalishi. Bug‘doyda qorakuya kasalligining bu turi o‘simlik boshoq chiqarayotgan vaqtda ko‘rinadi. Zararlangan o‘simlik, odatda, sog‘lom o‘simlikdan ilgari boshoq chiqaradi, kasal o‘simlikning boshog‘i bug‘doy gullayotgan vaqtda qora changga aylanadi, va undan xlamidosporalar tarqaladi, ular sog‘lom o‘simlik gullariga tushib, qulay sharoitda unib chiqadi. Xlamidosporalar nishi gulning tumshuqchasi orqali tugunchaga o‘tadi, bu yerda zamburug‘ tanasiga aylanadi. Ammo donda taraqqiy etmaydi, balki murtak holida kelgusi yilgacha saklanadi.

Zararlangan don tashqi ko‘rinishidan sog‘lom dondan hech farq qilmaydi va ekilganda normal unib chikadi. O‘simlik bilan bir vaqtda uning ichidagi zamburug‘ tanasi ham o‘sadi va rivojlanayotgan boshoqka yetib, uni yemiradi, hamda sporalarning changlanuvchi qora massasini hosil kiladi. Demak, gallagullilarda qorakuya kasalligi tarqalishining 2 - usulida o‘simlik gullash vaqtida, don esa ichidan zararlanadi. Misol: bug‘doy va arpaning chang qorakuya kasalligi.

Uchinchi usul. Makkajo‘xorining pufak qorakuya kasalligi. Bu kasallikda makkajo‘xorining har xil organlarida qora changlar (zamburug‘ xlamidasporalari) bilan to‘lgan oqish - kul rang pufakchalar hosil bo‘ladi. Ular asta sekin quriydi, yoriladi va xlamidosporalar tuproq betiga tushib, shu joyda qishlaydi, bahorda esa unib chiqib, bazidiosporalar hosil qiladi. Bazidiosporalar o‘sib, kurtaklanuvchi sporidiylar beradi, ular esa havo orqali tarqalib, makkajo‘xori poyasining har xil qismiga tushadi va qulay sharoitda o‘sadi.

Zamburug‘ sporidiysining o‘simtasi o‘simlikning o‘suv davridagi to‘qimasiga kiradi, shunga ko‘ra zamburug‘ o‘sishining umumiy davri anchaga cho‘ziladi va makkajo‘xori butun o‘suv davrida yangidan zararlanib turadi. Ayni holda zamburug‘ xlamidosporalari tuproq betida va o‘simlik qoldiqlarida qishlab chiqqanligi uchun g‘allagulli o‘simliklarni uchinchi usulda tarqaladigan qorakuya kasalligiga qarshi kurashning asosiy tadbiri hosil yig‘ib olingandan keyingi hamma o‘simlik qoldiqlarini yaxshilab yig‘ishtirib olish va g‘alla ekiladigan yerlarni kuzda chuqur shudgor qilishdir.


Yüklə 60,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin