Mavzu : Bug‘doyning qora kuya kasalligiga chidamliligini baholash uchun infeksiyali muhit hosil qilish



Yüklə 60,46 Kb.
səhifə5/8
tarix22.09.2023
ölçüsü60,46 Kb.
#147348
1   2   3   4   5   6   7   8
imunitet lob-4

Ekilgan bug‘doy bundan tashqari tuproqqa tushgan (hosilni yig‘ish paytida) teliosporalar orqali ham zararlangan bo‘lishi mumkin, agarda bu yil bug‘doy ekilgan maydonlarda, o‘tgan yili ham bug‘doy ekilgan bo‘lsa. Lekin ma’lumotlarga ko‘ra teliosporalar tuproqda ko‘p vaqtgacha saqlanmasligi ma’lum, ular tuproqqa tushgandan keyin tezlikda unib chiqib tuproqdagi mikroorganizmlar ta’sirida o‘lib ketadi. Zararlanish mumkin, agarda hosilni yig‘ishtirib olish bilan, yana takror bug‘doy ekilish orasidagi muddat 2-3 haftadan oshmasa. Bulardan tashqari ekiladigan urug‘ seyalka, ekilish vaqtida qo‘llaniladigan qurollar (inventar) va moslamalar orqali xam zararlanishi mumkin.

Teliosporani unib chiqishiga harorat va namlik juda katta ta’sir ko‘rsatadi, agarda tuproq namligi 40-60 % bo‘lsa, harorat 5-10 °S daraja bo‘lsa, unib chiqayotgan don nishlari juda ko‘plab zararlanadi. Shuning uchun ham agarda kuzgi ekinlar kech ekilsa, aksincha bahorgi ekin (bug‘doy) erta ekilsa bu kasallikka ko‘p chalinadi. Kasallik ta’sirida urug‘ni unib chiqish qobiliyati pasayadi, tup soni kamayib ketadi, kasallangan o‘simliklarni qurib qolishi natijasida bu holat kuzgi bug‘doy kech ekilganda ko‘proq ko‘rinadi.

Kasallangan o‘simlikning poyasi va boshog‘i 15-20 %, boshoqdagi don soni esa 10-15 % kamayadi.

1000 urug‘ni og‘irligi xam qisman kamayadi. Ayrim olimlarni ma’lumotlariga qaraganda ko‘zga ko‘rinmaydigan zarari ko‘zga ko‘rinadigan zarariga karaganda 5-6 barobar ko‘p bo‘ladi.

Kuzgi bug‘doyning O‘zbekiston-1, O‘zbekiston-2, Knyajna va boshqa navlari kasallikka ancha chidamli.

Bug‘doyning chang qorakuya kasalligi

Ustilago tritici Jens

Bug‘doyning bu kasalligi hamma joyda keng tarqalgan. Kasallikni alomati g‘allagulli ekinlar boshoq chiqarish paytida ko‘rinadi. Bu kasallik bilan kasallangan o‘simliklarni boshog‘idan faqat o‘zagi qoladi, boshqa hamma qismi yemiriladi, ko‘plab qora rangdagi teliosporalar hosil bo‘ladi, dala bo‘ylab tarqalib ketadi. Teliosporalari mayda sharsimon, burchakli yoki uzunchoq jigar rangda (5-9 millimikron), mayda tuklar bilan qoplangan.


Yüklə 60,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin