Makkajo‘xorining pufak qorakuya kasalligi shu usulda tarqaladi.
Bug‘doyning qattiq qorakuya kasalligi
Tilletia tritici, Tilletia levis, Tilletia caries, Tilletia triticoides ва
Tilletia intermedia
Bug‘doyning bu kasalligi mamlakatimizning hamma joyida keng tarqalgan.
Kasallik alomatlari bug‘doy boshog‘idagi donning sutli pishish davrida ko‘rinadi, bunda kasallangan boshoq ancha yalpoqlangan bo‘ladi, doimo tikka turadi (don og‘irligidan egilmay) va kichikroq bo‘ladi. Kasallangan don ko‘kish-yashil rangli, shishgan yumalok shaklda bo‘ladi. Donning mag‘zi qobiq bilan o‘ralgan juda ko‘p sporalardan iborat bo‘ladi. Bunday donlarga «qorakuya xaltachalari» deyiladi. Har bir xaltacha ichida 2-12 mln.tagacha xlamidospora bo‘ladi Agarda don (kasallangan boshoqdagi) sutli pishish davrida ezilsa undan sarg‘ish rangli suyuqlik chiqadi - bu suyuqlik trimetilaminning hidini beradi, xuddi tuzlangan ho‘l baliqni hidi keladi.
Qorakuya xaltalari ichidagi mayda sporalar teliosporalar qora massa hosil qiladi. Bular yengil bo‘ladi, shuning uchun ham boshoq tikka turadi. Markaziy Osiyo Respublikalarida ko‘pincha Tilletia triticoides uchraydi. Donni yanchish vaqtida teliosporalar zararlangan don ichidan yengil chiqadi, tarqaladi, dala bo‘ylab ayrim teliosporalar don sirtiga o‘tadi. Bularni ko‘pchiligi don tukchalarida, chuqurchasida to‘planadi. Bunday donlar ekilganda urug‘ unib chiqishi bilan bu teliosporalar ham unadi, unib bazidiya (trubka ko‘rinishidagi naysimon poya) hosil qiladi, bularda 4 tadan 12 tagacha bazidiospora hosil bo‘ladi. Bu bazidiosporalar bir -biri bilan qo‘shilgandan keyin yuqumli gifalar hosil bo‘ladi, mana shu hosil bo‘lgan gifalar don nishiga kiradi. Zamburug‘ tanasi -diffuziya, ya’ni bir chiziq bo‘ylab rivojlanadi va o‘simlikning konusiga yetadi, bundan keyin bargga, poyaga va boshoqqa yetib boradi. O‘simlik dastlabki vaqtda sog‘lom o‘simlikdan juda ham kam farq qiladi, lekin keyinchalik don paydo bo‘lish davrida, zamburug‘ tanalari juda tez va kuchli rivojlanadi, natijada don mag‘zi o‘rniga zamburug‘ning qora massasi, ya’ni teliosporalari hosil bo‘ladi. Dondan faqat po‘stlog‘i qoladi.