Mavzu : Bug‘doyning qora kuya kasalligiga chidamliligini baholash uchun infeksiyali muhit hosil qilish



Yüklə 60,46 Kb.
səhifə7/8
tarix22.09.2023
ölçüsü60,46 Kb.
#147348
1   2   3   4   5   6   7   8
imunitet lob-4

Poya qorakuya kasalligi

  • Poya qorakuya kasalligi
  • Urocystis tritici
  • Bug‘doyning bu kasalligi Ozarbayjonda, Gruziyada, Turkmanistonda, O‘zbekistonda, Qirg‘izistonda va Qozog‘istonda uchraydi. Lekin bu kasallikni eng ko‘p tarqalgan joyi Qrim va Stavropol o‘lkasi bo‘lib hisoblanadi.
  • Kasallikni asosiy belgilaridan biri shundan iboratki, poyada, bargda va barg qo‘ltig‘ida uzunasiga ketgan bo‘rtib chiqqan chiziqlar hosil qiladi. Bu chiziqlarni rangi avvalo och-oqimtir rangda bo‘ladi, keyinchalik qoraya borib, ko‘rg‘oshinli kul rangga kiradi. Epidermisni qurishi natijasida chiziqlar yoriladi, ichidagi qora telioporalar ko‘rinib qoladi, chiziqlar bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha bo‘ladi.
  • Kasallikka chalingan o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi, boshoq o‘rnida buralgan to‘qima massasi hosil bo‘ladi.
  • Kasallik ko‘zg‘atuvchilarning teliosporalari 1-5 donagacha bir joyga to‘plangan, markazga joylashgani spora beradigan teliospora bo‘lib, uning atrofiga joylashganlari (5-20 tagacha), ko‘pincha (10 ta) spora bermaydigan teliosporalar hisoblanadi.
  • Spora beradigan teliosporalar sharsimon va ellips shaklida, jigar rang, qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi.

Makkajo‘xorini pufak qorakuya kasalligi

  • Makkajo‘xorini pufak qorakuya kasalligi
  • Ustilago zeae (Besk) Under
  • Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Uredinales- tartibi, bazidiomitsetlar sinfiga kiradi. Bu kasallik bilan makkajo‘xorining hamma yer ustki qismi, ya’ni bargi, poyasi, doni yoki so‘taning bir qismi, sultoni va tayanch ildizi kasallanadi. Kasallanish o‘simlikning hamma o‘sish davrida, asosan yosh o‘suvchi organlarida doimiy ravishda boradi. Kasallangan qismlarida shu kasallikka xos har xil shakldagi va kattalikdagi oqish kul rang, kumush rang shishlar (bo‘rtmalar) hosil bo‘ladi, keyinchalik shishlarning rangi qoramtir bo‘ladi, chunki shishlar ichidagi xlamidospora massasining rangi qoramtir - yashil rangga kiradi, shish po‘sti pishib yetilguncha yorilmaydi.
  • Bo‘rtmalar barglarda - asosiy tomirlar bo‘ylab poyalarda, ko‘proq bo‘g‘imlarda ro‘vak hamda so‘talarda - gul va don o‘rnida hosil bo‘ladi.
  • Yetilgan bo‘rtmalarning po‘sti yirtiladi va ichidagi xlamidosporalar to‘kilib shamol bilan tarqaladi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ xlamidospora stadiyasida ko‘pincha tuproq betida qishlab chiqadi. Xlamidosporalar o‘sib, bazidiosporalar beradi. Keyinchalik bazidiosporalar kurtaklanuvchi sporidiylar hosil kiladi, ular havo orqali tarqalib, makkajo‘xorining har xil organlariga tushadi.
  • Qulay sharoitda sporidiylar o‘sadi va o‘simtasi makkajo‘xorining yosh nozik to‘qimasiga kiradi.
  • Makkajo‘xori butun o‘sish davrida, ya’ni yosh to‘qimalar bor vaqtlarda yangidan zararlanishi mumkin.

Yüklə 60,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin