Kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning xlamidosporalari tuproqda makkajo‘xorining qoldiqlarida, so‘talarida, donida qishlaydi. Agar kasallik urug‘ orqali yuqsa, o‘simlik umuman zararlanmaydi, bunda tuproqdagi urug‘ nishlari kasallanadi. Zamburug‘ tanasi g‘allagullilarning boshqa xil qorakuyalari singari, butun o‘simlik bo‘ylab tarqalib makkajo‘xorini esa faqat so‘ta va ro‘vaklarida ko‘rinadi. So‘ta va ro‘vaklari batamom zararlanadi.

O‘simlikni zararlashdan boshlab kasallik alomatlari paydo bo‘lguncha 7-12 kun o‘tadi. Qorakuya pufaklari 7-15 kun davomida rivojlanadi, inkubatsion davrining o‘tish vaqti bu zararlangan o‘simlik organiga, naviga, ob-havo sharoitiga bog‘liq.
Makkajo‘xorining pufakchasimon qorakuyasi juda zararli kasallikdir. Bunda makkajo‘xorining ko‘k poyasi 25-50 % va so‘talarining hosili 50-100 % kamayadi. Rivojlanishning erta stadiyasida zararlangan o‘simliklar butunlay nobud bo‘ladi, yosh o‘simliklar nobud bo‘ladi, so‘tada don paydo bo‘lmaydi.
Sporalar tuproq harorati 8-10 °S daraja bo‘lganda o‘sa boshlaydi, bunda 98-100 % nisbiy namlik kerak.
Bir tomchi namlikda teliosporalari bir necha soat davomida o‘sadi. Optimal harorat 23-25 °C daraja bo‘lib hisoblanadi. 12 °S darajadan past haroratda sporalar o‘smaydi. O‘sayotgan teliosporalar 15-20 soatdan keyin tez o‘suvchi o‘simta - bazidiya va bir hujayrali rangsiz, cho‘zinchoq bazidiospora hosil qiladi. Zamburug‘ fakat vegetativ organlarni zararlaydi. Teliospora (quruklari) to‘rt oygacha hayotchanligini yo‘qotmaydi.
Pufak qorakuya kasalligini rivojlanish darajasi tuproq namligiga bog‘liq.
Makkajo‘xori hosilini kamayishi katta pufakchalar paydo bo‘lsa 60 %, o‘rta pufakchalarda 25%, mayda pufaklarda esa 10-15 % ni tashkil qiladi.
Pufak qorakuya bilan kasallangan o‘simliklar bilan uy hayvonlarini oziqlantirish mumkin emas, chunki bularni tarkibida toksin (zaharli) moddalar bor.
Kollektivniy 100 TV, Dneprovskiy 247 MV, Yugoslavskiy gibrid-BS-66 va boshqa navlar kam kasallanadiю
Qarshi kurash:
Qarshi kurash:
1. Hamma agrotexnika qoidalariga to‘liq amal qilish