13 Mavzu: Sog‘in sigirlarni oziqlantirish



Yüklə 32,33 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü32,33 Kb.
#130318
13 - mavzu. Sog‘in sigirlarni oziqlantirish.


13 - Mavzu: Sog‘in sigirlarni oziqlantirish

REJA:



1. Sog‘in sigirlarning organizimida sut ishlab chiqarishdagi fiziologik jarayonlar.
2. Yangi tuqqan sigirlarni oziqlantirish.
3. Sog‘in sigirlarning sut berish davriga qarab oziqlantirishni tashkil etish.
4. Sog‘in sigirlarning to‘yimlik moddalarga bo‘lgan talabi va ratsion tarkibi.


Tayanch iboralari: sog‘in sigirlar, sut, sutdorlik, laktatsiya, sutning yog‘ligi, avans ozuqa berish, qand protein nisbati, oziqlantirish tipi.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati


Asosiy adabiyotlar:
1.Yamroqulov R., Karibayev К. Qishliq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirish. Тоshkent 1999.

  1. Петухова Е.А. и др. Практикум по кормлению сельскохозяйственных животных. М.1991.

  2. Богданов Г.А. Кормление сельскохозяйственных животных. М.1990.



Xorijiy adabiyotlar:

        1. Jurgens Marshall H , Bregendahl Kristjan , Coverdale Jozie , Hansen Stephanie L. Animal Feeding and Nutrition. Kendall Hunt Publishing; 11 edition.



Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Калашников А.П. и др. Научные основы полноценного кормления сельскoхозяйственных животных М. 2003.

  2. Durst L., Vittman M. Qishloq xo’jaligi hayvonlarni oziqlantirish. Urganch 2010.

  3. B. Yahyayev, Q. Haydarov. Ozuqalarning zootexniyaviy tahlili. Samarqand 2012. (uslubiy qo’llanma).

  4. Zooveterinariya jurnali.



Internet saytlari:
www.wikipedia;
www.cnshb.ru;
www.ya-fermer.ru


Mavzu matni. Sigirning suti tilida sut sog‘uvchining qulida (xalq maqoli).
Sog‘in sigirlarni hozirgi zamon texnologik sxyemalar asosida oziqlantirishni tashkil etish ularning sut mahsuldorligini oshirishiga ko‘yga kelishini nazorat qilishda katta ahmaiyatga ega.
Bu tipavoy sxyema 4 qismdan iborat.

  1. To‘g‘riqxonada oziqlantirish – to‘g‘riqxonada sog‘in sigirlarni oziqlantirishga alohida e’tibor beriladi tug’gandan keyin 1-2 kun 0,5 kg bug‘doy kepagini 10 l suvga atala qilib berilib qisman dukkakli va bashoqlilar pichanidan beriladi. 3-4 kunlarida esa pichanlar miqdorini oshirib 0,5 kg gacha kuchli ozuqa beriladi. 5-6 kunlari ratsionga ildiz mevalik ozuqalardan qo‘sxilsa 7 kunni silos ham qisman qo‘sxilishi mumkin. 8-9 kunlari to‘lliq ratsionga o‘tkazilib sigirning holatini nazorat qilib 10- kundan boshlab 2-ttsexga o‘tkaziladi.

  2. Sigirlarning sut berish qobiliyatini aniqlash (razdoy) va qochirish ttsex deb yuritiladi bu tttsexda 2-3 oy sog‘in sigirlar saqlanadi sigirlarning sut berish qobiliyati 1-2 oydan keyin aniqlanadi buning uchun yelinlari iliq suv bilan yuvilib (masaj) qo‘shimcha avans ozuqa beriladi. Avans ozuqa avval 2-3 ozuqa birligida keyinchalik 1 ozuqa birligida oshirilib boriladi, toki sigirlarning sut mahsuldorligi avalgi sog’im bilan bir xilda bo’lguncha agar avans ozuqa berilganda sut miqdori ko‘paymasa ratsiondagi ozuqani kamaytirish mumrin yemas, ko‘paytirish mumkin. Bu usul bilan sigirlarga qo’shimcha ozuqa berish kerakligi va kuyga klishini aniqlab ikki oy ichida qochiriladi va qochirilgandan so’ng 3-ttsexga o‘tkaziladi. Agar shu 2 oy davomida ko‘yga kenmagan bo‘lsa veterinariya tadbir choralarini qo‘llab tug’gandan keyin 3 oyga qochirishga harakat qilinadi chunki 3 oyda kuyga kelib qochirilsa 100 ta sigirdan 97 ta bo‘zoq olinadi.

  3. 3- ttsexda sut ishlab chiqarish ttsexi bunda 2-ttsexda tuzilgan dastlabki ratsion bo‘yicha oziqlantirilib sigirlarning sut berishi nazorat qilinadi.

  4. 4-tsex sigirlar bug’ozlgining 7 oyligidan boshlab ya’ni sutdan chiqqan bug‘oz sigirlar guruhiga o‘tkazilib oziqlantirilishi ham alohida tashkil etiladi.

Sut bezlarida – elinda sut hosil bo‘lishi murakkab sekretor jarayon hisoblanib, 1 kg sut hosil bo‘lishi uchun sut bezlaridan 500-600 litr qon aylanib o‘tadi. Sut bilan qonning tarkibidagi ozuqa moddalar bir-biridan tarq qilabi va miqdori jihatidan butunlay farq qiladi. Sigir sutining tarkibida qon plazmasiga qaraganda 90 barobar ko‘p qant, 18-20 barobar yog‘ va ko‘p miqdorda kaltsiy fosfor uchraydi. Bu hol qonning tarkibidagi moddalarning sut bezlarida butunlay qayta ishlanishi natijasida sut hosil bo‘lishidan darak beradi.
Tajribalarda aniqlanishicha sog‘in sigirlar ratsionida barcha to‘yimli ozuqa moddalarning etarli bo‘lishi oziqlantirish me’erida bo’lishini va talab qilingan moddalarni ratsionida yetkazib berilishi asosida ozuqlantirilmagan sigirlarning tanasida modda almashinuvini buzilishi natijasida hayvon ozuqadan samarali foydalanilmaydi, sut mahsuloti kamayadi, sutning tarkibi sifati yomonlashadi. Sigir har xil kasalliklarga duchor bo‘ladi. Ana shularni hisobga olib, sog‘in sigirlarni ozuqa me’yori asosida oziqlantirish talab etiladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra sog‘in sigirlarga ozuqa me’yori belgilashda 20 dan ortiq ko‘rsatkich hisobga olinadi. Bularga ratsion tarkibidagi quruq moda, tarkibidagi energiyaning miqdori, protein.
Sog‘in sigirlar ratsionida quruq moddaning miqdoriga e’tibor beriladi. Urta hisobda sog’in sigirning har 100 kg tirik vazniga 2,8-3,2 kg quruq modda tug‘ri kelishi lozim. bu ko‘rsatkich sersut sigirlarga 3,5-3,8 kg govmish-rekordsmen sigirlarga esa 4,0-4,5 kg ga teng bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Sigir qancha ko‘p sut bersa. Ratsionidagi 1 kg quruq moddaning tarkibida shuncha ko‘p energiya bo‘lishi kerak. O‘rta hisobiga 1 kg quruq moddada 0,65 oziqa birligi, ko‘p sut beradigan 25-30 kg sut beradigan sigirlarda esa bu ko‘rsatkich 1,05 ga teng bo‘lishi tavsiya etiladi.
Sigirlardan sog’ib olinadigan sutning miqdori ratsiondagi yuqori biologik qimmatga ega bo‘lgan proteinning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Hayvon tanasida oqsil, biosentizi uchun ratsionda proteinning miqdori yetarli darajada bo’lishi zarur, me’yordan ko’p miqdorda oshiqch bo‘lishi har xil zaharli moddalarni ko‘payib ketishiga olib kyeladi. Ratsionitda tez hazmlanuvchi karbonsuvlarining etarli bo‘lishini ta’minlash zarur. Tez hazmlanuvchi qand sigir medasida uchraydigan bakteriyalar uchun ozuqa hisoblanadi, ularni ko‘payishini va ishini yaxshilaydi. Kavsh qaytaruvchi mollar tanasida karbon suvlarni ahamiyatini hisobga olib, ulardan qand, kraxmal va kletchatkaning miqdori me’yor darajasida bo’lishini ta’minlashga keying yillarda aniqliq kiritilgan ozuqa me’erida hisobga olinadigan buldi.
Engil hazmlanuvchi uglevodlardan kraxmalning miqdori ham sog’in sigirlar ratsionida hisobga olinib 1 ozuqa birligiga 115-135 g atrofida bo‘lishi lozim, yoki kraxmalning qandga bo‘lgan nisbati 161,5 bo‘lishi kerak.
Uglevodlardan kletchatka dag’al xashaklar quruq moddasining asosiy qismini (20-40%) tashkil etib, u tsellyuloza, gyemitsellyuloza va o‘simlikni qotiruvchi qismi lignin, kutin va suberin kabilardan tashkil topadi. Kletchatka katta qorinda ozuqalarni me’yorida hazm bo‘lishida qatnashadi.
Shu sababli sog’in sigirlar ratsionida kletchatkaning miqdoriga e’tibor beriladi. Kletchatkaning miqdori sigirlarning sut mahsuldorligiga qarab belgilanadi:
10 kg gacha sut beradigan sigirlarga quruq moddaga nisbatan 28% kletchatka
11-20 kg sut olineganda 24% kletchatka
20-30 kg sut sogilganda 20%
30 kg ko‘p sut beradigan sigirga 18-16%
Ratsion quruq moddasi tarkibida berilishi kerak.
Sog’in sigirlar ratsionida 1,0 ozuqa birligiga 300-400 g atrofida kletchatka berilishi lozim. Bu ko‘rsatkich ko‘p sut beradigan sigirlarda oz miqdorda oz sut beradigoan sigirlarda esa uning teskarisi bo‘ladi.
Sigir sutining serqaymoq bo‘lishida ratsion tarkibidagi yog’ning ahamiyati birinchi urinda turadi. Anna shuni hisobga olib, sog’in sigirlar ratsionida yog’ning miqdori e’tiborga olinadi. Sut tarkibida ajralib chiqadigan yog’ning qolgan 35-40% yuqorida eslatilgan protein va uglevodlarning parchalanishi oqibatida sut bezlarida hosil bo‘ladi. Sog’in sigirlar ratsionida madan moddalarning etarli bo‘lishiga e’tibor beriladi. Sigirlar ratsionidagi har bir oziqa birligiga qo’yudagi miqdorda makroelyementlardan berilishi tavsiya etiladi. Osh tuzi – 6,5-7,5, kaltsiy – 6,5-7,4 g, fosfor -4,5-5,5 g, magniy 2,4-1,5 g, kaliy 8,1-6,7 g, oltingugurt 2,8-2,1 g.
Sog’in sigirlar ratsionida protein, yog’, karbon suvlar va madan moddalardan tashqari vitaminlarni etarli bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Vitaminlarni yetarli bo‘lishi sigir tanasida ketadigan barcha fiziologik jarayonlarni uning salomatligini me’yorida bo‘lishini ta’minlashi bilan birga servitamin sut yetishtirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sabali sigirlar ratsionida A,D,E vitaminlari hisobga olinadi.
Sog’in sigirlar ratsionidagi har bir oziqa birligiga 40-50 mg karotin, 1,0 XB (xalkaro birlikda) D vitamin va 30-40 mg E beriladi.
Sog’in sigirlar tug’gandan keyin 10 kunga yaqin tug’ruq xonada saqlanadi, sigir tuqqan zahoti 0,5-1,0 kg unsimon ozuqani (donlar yormasi, omuxta yem) 8-10 kg suvda pishirib suyuq atala qilib berish tavsiya etiladi).
Shunday qilinganda sigir tug’ish jarayonida’ tanasidagi ter bilan yo’qotgan suvni oladi va tez hazm bo‘ladigan atala uni energiya bilan ta’minlaydi. Sigirning yo’ldoshi tez tushadi. Tuqqan sigirga 2-3 kunligida xoxlaganicha yuqori sifatli pichan va 1,0-1,5 kg omuxta yem yoki donlarning yormasidan beriladi, 4-5- kundan boshlab sigirning qishgi ratsioniga shirali ozuqalar yozda esa ko’k o’tlardan oz ozdan qo’shib 10-15 kun ichida sigir tug’ruqxonadan chiqarish oziqlantira boshlanadi. Sigir tug’ruqxonadan iydirish bulimiga o‘tkazilgach, sut mahsuldorligi va har kuni sutini ko‘paytirishiga qarab 2-3 ozuqa birligi qo‘shimcha beriladi. Albatta tug’ishga yaxshi tayyorlanmagan sigirlar bundan mustasno. Ular iydirish davrida sut mahsuldorligi ko‘paytirmaydi, buning ustiga uzlari arig’lab ketadi.
Sog’in sigirlarning qishgi ratsionida asosiy ozuqa sut haydovchi shirali ozuqalar bo‘lib, ularning miqdoriga qarab, dag’al ozuqalardan qanchadan berish belgilanadi. Sog’in sigirlarning har 100 kg tirik vazniga, quyudagi miqdorda dag’al xashaklardan beriladi. Sigirga shirali ozuqalar berilmaganda uning har 100 kg tirik vazniga 2,5-3,0 kg dag’al xashak beriladi. Sigirga 10 kg gacha shirali ozuqalar berilganda 2,0-2,5 kg dag’al xashak, sigirga 15-20 kg gacha shirali ozuqalar berilganda 1,5-2,0 kg dag’al xashak, sigirga 20-25 va undan ko‘p shirali ozuqalar berilganda 1,0-1,5 kg dag’al xashak beriladi. Ozuqa me’erida sigirga berishi lozim bo‘lgan to‘yimli moddalarning etishmagan qismi yemlar hisobidlan tuldiriladi. Masalan, bir sutkada 10,0 ozuqa birligi talab qilinadi 7-8 ozuqa birligi sigir pichan somon kabi dag’al xashaklar hisobidan qondiriladi, qolgan 2,0-3,0 oziqa birligini yemlar hisobidan oladi.
Bunday xil oziqlantirish respublikamizni chul va yarim chul mintaqalari uchun, shirali ozuqalar ytishtirishni iloji bo‘lmagan taqdirda bo‘lishi mumkin, qolgan joylarda sog’in sigirlar uchun shirali ozuqalar jamg’arilishi va ratsionga kiritilishi shart, chunki shirali ozuqalar sigir sutini ko‘paytiradi, sut haydovchi ozuqa hisoblanadi. Sog’in sigirlar ratsionidagi shirali ozuqalarning miqdori sigirning sut mahsulotiga va fermadagi sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Qish davrida sigirning 1,0 kg sutiga 2-3 kg silos va 1,0 kg atrofida ildiz mevalilardan berish lozim. bu ko‘rsatkichni sigirning har 100 kg tirik vazniga hisoblaganda silos tarkibidagi quruq moda 1,5-1,8 kg ga teng yoki 4-5 kg silos berilishi lozim. Ildiz mevalilardan sigirning 1,0 kg sutiga 0,6-0,8 kg qand lavlagi. Xashaki lavlagidan. Qand lavlagiga qaraganda 2,0-2,5 barobar ko‘p beriladi. Qand va nimqand lavlagining tarkibida hayvonni zaharlovchi nitrat va nitritlar xashaki lavlagiga qaraganda qand lavlagida kuproq bo‘ladi, ayniqsa lavlagini ustirish davrida azotli ugitlar me’yoridan ortiqcha berilganda. Nitrat va nitritlar bilan zaharlangan qoramollar qusadi, ichi ketadi, hayvonni ulimga olib keladi. Shuning uchun lavlagi yetishtirishda azotli va boshqa ug’itlardan oqilona foydalanish va sigirlarga lavlagi berishda ularni asta-sekninlik bilan oz-oz dan berib 5-6 kun ichida urgatish zarur. Keyinchalik ratsionida ko‘rsatilgan miqdorda edirish mumkin.
Tarkibida nitrat va nitritlarni ortiqcha saqlaydigan lavlagidan sigirlar ko‘p miqdorda istyemol qilganda bu moddalar sutning tarkibida ko‘payib ketishi oqibatida bunday sutni ichgan kishilarda zaharlanish holatlariga yo’l qo‘ymaslik uchun 1 kg lavlagining tarkibidagi nitratning miqdori 800 mg, nitrit esa 10 mg dan oshmasligi lozim.
Sog’in sigirlar ratsiolnidagi dag’al xashaklar shirali ozuqalar berilganda qaysi ozuqa me’yoridagiga tenglashtirish uchun (ozuqa birligi bo‘yicha) qolgan qismini kantsentrat ozuqalar hisobidan to’ldiriladi.
Sog’in sigirlarga beriladigan yemlarning miqdori sigirning sut mahsuldorligiga xujaoliklda tayyorlangan dag’al xashaklar va shirali ozuqalarning sifatiga katta etibor berilishi lozim, agar ushbu ozuqalarning sifatsiz, to‘yimliligi past bo’lsa, sog’ib olinadigan 1,0 kg sutga shuncha ko‘p yem sarflanadi.
Sigir qancha ko‘p sut bersa uning 1,0 kg uchun shuncha ko‘p yem beriladi, chunki sigir 15-20 kg sutni hosil qilishi uchun shirali ozuqalardan bir qanchasini istemol qilib (silosdan 100 kg) hazm qilishi kerak, bu sigirga juda qiyin bo‘ladi, uni kuchi etmaydi, oshqozonni hazmi bunchalik ko‘p hajmdagi ozuqani sig’dirmaydi, oqibatida bir qismi hazm bo’lmaydi. Xulosa qilib aytganda 2500-3000 kg sut beradigan o’rta hisobda ratsion to‘yimliligining (ozuqa birligi bo‘yicha 25-30 % dag’al xashaklar, 40-50% shirali ozuqalar va qolgan 20-30 % kantsentrat ozuqalar tashkil etishi kerak, albatta bu raqamlar xo‘jalik sharoitini hisobga olib 5-10 % o‘zgarishi mumkin.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:
1. Sog‘in sigirlarning sut berish qobiliyati qanday aniqlanadi?

  1. Sog‘in sigirlarning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabi qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq?

  2. Sog‘in sigirlarga dag‘al, kuchli ozuqalar, silos, lavlagi qaysi ko‘rsatkichlarga qarab belgilanadi?

4. Yangi tug‘gan sigirlarni oziqlantirish usullari qanday bo‘ladi


Yüklə 32,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin