Sog‘in sigirlarni oziqlantirish. Sigirlarning tirk vazni mahsuldorligi, semizligi, fiziologik holatiga qarab me’yor asosida xo’jalikning oziqa imkoniyatlari asosida tuzilgan to’laqiymatli ratsionlar asosida boqishni tashkil qilish kerak.
Sigir tuqqanidan keyin 10-15 kungacha to’liq ratsionga chiqariladi, tuqqanidan keyin birdan to’liq ratsionga o’tkazish organizmning, ayniqsa yelinning zo’riqishiga va kasallanishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pincha bu holat sersut sigirlarda og’riqli kechadi.
Sigirlar tuqqanidan 10-15 kun keyin tug’im asoratlari ortda qoladi. Yelin shishi qaytadi, uni to’liq ratsionga o’tkazib, iydirish (razdoy) choralari ko’riladi. Iydirish sigirlarning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan. Zootexnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuasi hisoblanadi.
Sigirlarni iydirish 2-3 oy davomida o’tkaziladi, chunki sigirlar shu davrda laktasiya davomida beradigan sutini 40-50% berib, sutini ko’paytirishga moyil bo’ladi. Iydirish uchun sigirning o’rtacha sut mahsuldorligi aniqlanib, uning asosiy ratsioniga 2-3 oziqa birliga qo’shib beriladi, sigir sut bilan javob bersa, yana 2-3 oziqa birligi qo’shib beriladi, bu hol toki sigir qo’shimcha oziqaga sut bilan javob bermagancha davom ettiriladi yoki sigirning eng yuqori imkoniyat sut mahsuldorligiga erishiladi. 2000-3000 kg sut beradigan sigirlarda iydirish orqali 800-1000 kg sut mahsuldorligini oshirish mumkin. Sermahsul 5000-6000 kg sut beradigan sigirlarda bu jarayon murakkabroq kechadi yoki oziqlantirishga talab yanada ortadi.
Iydirish davomida ko’pincha sigirlarning talabini ratsion to’lig’icha qondirilmasa, sigir o’z tanasi oqsil, yog’, minerallar va vitaminlarini sarflashga majbur bo’ladi, ko’p hollarda ozib ketadi. Tug’ishga me’yorda tayyorlangan sigirlarda iydirish oson kechadi.
Sigirlarni iydirishning qo’shimcha omillari bo’lib, sigirlarni sayr qildirish (2-3 km ga), yelinini massaj qilish, mikroiqlim sharoitlarini yaratib berish hisoblanadi.
Sigirlar bog’lab boqilgan, dag’al va shirali oziqalar, lavlagi va yem har sigirga mahsuldorligiga qarab yediriladi. Sigirlarni bog’lamasdan saqlanganda, ularni oziqlantirish guruhlab o’tkaziladi, ya’ni sigirlar yoshi, tirik vazni, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab oziqa guruhlariga bo’linadi.
Sigirlar qishki ratsioni pichan, somon, senaj, silos, ildizmevalar, sanoat chiqindilari (bor joylarda), yemdan tashkil topadi.
Jadval